Mana o'tdi qancha oylaru yil ham. Sog'inch olovi so'ndi tugadi iwq ham. Vaqt har narsaga davo vaqt oliy hakam. Axiyri sizsizlikka o'rganib qoldim. Men o'ylardimki sizni unutolmayman. Qalbimni mehrimni o'zgaga bera olmayman. Bu dunyoda sizsiz yaway olmayman. Mana sizsizlikka o'rganib qoldim. Sizsiz tonglarim otmaydi derdim. Sizsiz quyow nurin sochmaydi derdim. Sizsizam tong otar quyow chiqar ko'rdim. Va oxiri sizsizlika o'rganib qoldim. Endi qalbimga butkul begona yorsiz. Sizsiz ham baxtli bo'laman hali ko'rasiz. Bir kun tiz cho'kib puwaymonman kechirgin deysiz. Ammo men sizsizlikka o'rganib bo'ldim. Расскажи друзьям: