0
Dardingizni olay onajonginam, Bergan oq sutingiz oqlay olmadim. Juda ham sog'indim, mehribonginam, Og'ir kuningizda yo'qlay olmadim. Ming bora uzrlar so'rayman sizdan, Nega dardingizni sezmadim zarra. Mening dardim olmoq bo'libsiz, Dardli bo'la turib mendan ming karra. Onajon baxtliman tunlari bedor, Sizni o'ylab uyqum qochib ketmoqda. Men sizni sog'inib ushbuni bitdim, Qarang yana bir go'zal tong ham otmoqda.
|