Bosh sahifa » 2011»Oktyabr»8 » Biz farzandlar bahtiga ilohim ota - onalarimizi so'g- omon umirlari uzoq bo'lsin.
13:57
Biz farzandlar bahtiga ilohim ota - onalarimizi so'g- omon umirlari uzoq bo'lsin.
Ota-Onalarimiz hamisha sog'-salomat bo'lishsin.Ular bizning bu dunyodagi eng katta boyligimizdur.Ularni qadriga etinglar.Tanu vujudingiz bilan ota- ona xizmatida hoziru- nozir turing. Ibn Mas'ud shunday rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Yo Rasululloh, amallarning qaysisi yaxshi?" dedim. Rasululloh: "O'z vaqtida o'qilgan namoz", dedilar. "Yana qaysi amal, yo Rasululloh?" dedim. Rasululloh: "Ota- onaga yaxshilik qilish", dedilar. "Yana qaysi amal?" deb so'radim. Rasululloh: "Alloh yo'lida g'azot qilmoq", dedilar". (Imom Termiziy rivoyatlari). Расскажи друзьям:
Ota-onalarimiz tirikligida ularga yahshilik qilib duolarini olaylik. Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilinishicha, u zot alayhissalom aytdilar: "Uch toifa kishining duosi mustajob bo'lur: mazlumning duosi, musofirning duosi, otaning farzandiga qilgan duosi". (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Hozir kunda ko'p uchrayotkan holatlar.Bolalar o'z ota-onalarini mensimay qoydi.Hattoki o'z ko'zim bilan bir martda shunday voqea guvohi bolganman.Bolasi otasini sokib turganini ko'rganman.Ota- onani aslo ranjitish kerak emas.... Iso ibn Talxa ibn Ubaydulloh Amr ibn Mirzo Juhaniydan naql qiladilar: "Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Yo Rasulalloh, besh vaqt namoz o'qisam, ramazon oyida ro'za tutsam, zakotimni ado etsam va haj ham qilsam, menga nima bo'ladi?" deb so'radi. Rasululloh unga: "Kim ana shu aytganlaringni qilsa, payg'ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo'ladi, ammo ota-onasini ranjitgan bo'lsa, u amallarning foydasi yo'qdir",- dedilar".
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]