Qahratonday jon jonimdan o’tdingizku, Bahor edim boshginamga yetdingizku, Sekin sekin ko’ngil uzib ketdingizku, Mendan ketmoqlikka biror sabab bo’ldimi.? Yuragimning, ey qadrdon begonasi, Ko ’zlarimku ko’zlaringiz devonasi, Sochlarimning shamolidan uyg ’onasiz, Sochim qo’msab kiprigingiz ho’l bo’ldimi? Tunlarimni yoritmagan yorug’ shamim, Ko’nglingizda ko’rinmadi zarra g’amim. Beqasamdan to’nlar kiygan beqasamim, O’ng deb yurgan yo’llarimiz so’l bo’ldimi.? Ko’ksingizga ishqdan tumor taqqan edim, Ko ’zingizga olov bo’lib boqqan edim, Ko ’nglingizda o’tlar yoqqan edim, Biz yoqqan ul o’tlar bugun kul bo’ldimi.? Gullaringiz hazon bo’ldi, bo’zladingz, Qaysi gulning poylarida tizladingiz? Gulzor kezib qandoq gulni izladingiz? O ’zga gullar mendek gul bo’ldimi? Guliston ham endi cho’l bo’ldimi? Yuragimning ey, qadrdon begonasi..
Расскажи друзьям: