Duoga qo'l ochdim, ko'zimda yoshim, Onamning gunohin kechir, Alloxim. Xizmati oldida egikdir boshim, Onamning gunohin kechir, Alloxim. Men uchun mashaqqat chekdi kechalar, Uxlamay chiqdi u uzun kechalar. Onamning gunohin kechir, Alloxim. So'zlarin, yuzlarin yurak qumsaydi, Qaniydi yonimda bir zum bo'lsaydi. Nevarasin quchib ko'ngli to'lsaydi, Onamning gunohin kechir, Alloxim. Gunohlar qilgandir bilmay yo bilib, Men uzr so'rayman ming bor egilib. Savoblar yo'llayman tilovat qilib, Onamning gunohin kechir, Alloxim. Bo'ysinar hukmingga osmonlaru yer, Jannat ham onalar poyidaman der. Ilohim, onamga jannatdan joy ber, Onamning gunohin kechir, Alloxim.
Расскажи друзьям: