Sog'inmayman sog'inchim sen
bilan qolgan
qo'llaring taftini qo'lim unutgan,
ko'zlarim qa'ridan siyrating
ketgan
baribir lablarim isming pichirlar...
O'ylamayman o'ylarimdan o'chib
ketgansan,
kuylamayman kuylarimdan uchib
ketgansan,
kutmagayman hayolimdan qochib
ketgansan,
baribir lablarim isming pichirlar...
Bugungi kun kechagidan bahtli
bo'lsa ham
hayotim quvonchlarga chunon
to'lsa ham
yuragim urishdan to'htab qolsa
ham
baribir lablarim isming pichirlar....
Расскажи друзьям: