Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandlik, Habarlar, Fan va Ta'lim » Pazandalik, Go'zallik va Salomatlik Sirlari » Chekishdan qutilish mumkinmi?
Chekishdan qutilish mumkinmi?
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 18:05 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
Mumkin emas deganlar o‘qi(ma)sin! 
Chekish sog‘liq uchun xavfli ekanini hamma biladi. Uning qon-tomir, o‘pka, yurak, rak kabi kasalliklarga olib borishi va alaloqibat chekuvchini halok qilishi ham ko‘pchilikka ma'lum. Shuning uchun kashandalar orasida chekishga o‘rganib qolganidan afsuslanadigan, ammo uni endi tark etolmay qiynalib yurganlar ko‘p. 
Ana shunday kishilarning istalgan biridan so‘rab ko‘ring, u chekishni qanday boshlagan ekan? 
Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chekuvchilar odatda birinchi bor boshqalarga havas qilib, kimgadir qiziqib yoki shunchaki kattalar, film qahramonlariga taqlid qilgani uchun lablariga tamaki qistirishadi. Nikotin xumorini qondirish, chekkandan so‘ng badanning orom olishi kabi kashandalar istaydigan holatlar birinchi chekishda ro‘y bermaydi. Aksincha, tamakidan olingan ilk "bo‘sa" ko‘pchilikda yoqimsiz taassurot qoldiradi.Bilib-bilmay muntazam chekib yurish oqibatida chekishning yuqori bosqichlari-unga o‘rganib qolish, usiz turolmaslik kabi holatlar yuzaga keladi. Kashandalarning aksariyati endi majburliklaridan, badanlari nikotin moddasiga o‘rganib qolgani uchun chekadi. Organizmi shu zaharli og‘uni talab qilayotgani bois ular har kuni burqsitib tamaki tutatishga majbur.Kuniga 10 donadan ko‘p tamaki "tanovul" qiladigan chekuvchi rasman kashanda hisoblanadi. Bundan kam chekuvchilar esa, hali nikotin moddasiga to‘la o‘rganmagan hisoblanib, ularning chekishni tark etishlari kashandalarga qaraganda oson kechadi. Chekuvchilar kun o‘tgan sayin badanlarini zaharlab, zaiflashib, o‘limga olib boradigan dardlarga duchor bo‘layotganlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ularning aksariyati chekishga o‘rganib qolganlaridan afsuslanadi. Uni tark etishga ko‘p bor urinishadu-yu, ammo ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrab, yana chekishda davom etadi.Dunyo bo‘ylab har kuni 15 mln. inson chekishni tashlashga urinar ekan. Siz ham shu ishga qo‘l ursangiz, shu millionlab insonlarning biri bo‘lasiz.Biz bugungi maqolamizda ayni shu maqsad yo‘lida chekuvchilarga yordam berishni niyat qildik. Sizga qanday qilib chekishni butunlay tark etish mumkinligini tavsiya etmoqchimiz. Bu, shunchaki, chekishni tashlang, oqibati o‘lim bilan tugaydi, degan oddiy qo‘rqitish yoki umumiy nasihatlardangina iborat bo‘lmaydi. Balki tajribada sinalgan, foyda bergan usullar, yo‘llar haqida hikoya qilamiz. Jahondagi malakali va tajribali sog‘liqni saqlash tashkilotlari hamda maxsus chekishga qarshi kurash jamiyatlarining tibbiyot vakillari va tadqiqotchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqqan hamda sinab ko‘rgan ilmiy yo‘l-yo‘riq va dasturlarini e'tiboringizga havola qilmoqchimiz.Bular chekishni tashlashni niyat qilib, ammo undan qanday qutilishni bilmayotgan yoki eplolmayotgan hamyurtlarimiz uchun kerakli qo‘llanma va amaliy yordam bo‘ladi, deb umid qilamiz.Chekish odatidan qanday qutilish mumkinligi haqida so‘z yuritishdan oldin yana bir muhim gapni aytib o‘tmoqchimiz. Bu hali chekuvchilar safiga kirib ulgurmagan, biroq unga qiziqib, ta'mini tatib ko‘rgan, kashandalar olamiga endi kirib kelayotgan yoshlarga qaratiladi. Diqqat, ogohlantirish: Ehtiyot bo‘ling! Siz shunday bir olamga kirib kelyapsizki, ertaga bu yerdan chiqishni istab qolsangiz, ortga qaytish juda qiyin bo‘ladi. Bu ko‘chaga kirganingizdan so‘ng ko‘p pushaymon yeyishingiz aniq. Ishonmasangiz, sen chekishga o‘rganma, deb, ammo o‘zi tamaki burqsitib o‘tirgan kattalardan so‘rang. Chekma, deb nega o‘zi chekayotgani haqida bir o‘ylab ko‘ring. So‘nggi pushaymon-o‘zingga dushman bo‘lmasligi uchun, hozirdan buni tushunib yeting!Tamaki zararlari haqidaChekishning zararlarini yana bir bor esingizga solsak. Aynan chekish tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning ayrimlari quyidagilar: o‘pka raki, yurak xuruji, qon, xususan, miya tomirlarining yopilib qolishi, jinsiy ojizlik, osteoporosis (suyakning mo‘rtlashishi), ayollarda bachadon raki va hokazo. Bu dardlarning aksariyati bedavo va oxiri bemorning o‘limi bilan tugaydi. Har kuni dunyo bo‘ylab minglab odam chekish keltirib chiqargan xastaliklardan halok bo‘ladi. Masalan, birgina Angliyaning o‘zida chekishga bog‘liq dardlar qurboni bo‘layotganlar soni har yili 114 000 nafarni tashkil etadi. Muntazam chekish inson umrini o‘rtacha 13-14 yilga qisqartiradi. Tasavvur qiling, o‘lim to‘shagida yotibsiz. O‘limingizga sabab - badaningiz qarigan. Agar chekmaganingizda, o‘pkangiz, qon tomirlaringiz, yuragingiz hozirgidan ko‘ra ancha yosh bo‘lib, yana kamida 10 yil umr kechirgan bo‘lardingiz. Bu avvalgi noto‘g‘ri amallaringizga tavba-tazarru qilib qolishingiz uchun yetarli muddat. Boy berilgani uchun afsuslanishga arziydigan vaqt. Inson umrining, o‘rtacha hisoblaganda, oltidan biri. Demak, siz uchun eng aziz bo‘lgan hayot ne'matini o‘zingizda ko‘proq saqlab turmoqni istasangiz, chekmaslikka astoydil intiling.Tayyormisiz?Avvalo, chekishni tashlash uchun o‘zingizni ruhan tayyorlashingiz kerak. Men chekishni butunlay tark etmoqchiman, unga endi umuman qaytmayman, degan qat'iy ahd va ishonchga ega bo‘lish bu jarayonda juda muhim. Boshidan ogohlantirib o‘tamiz, quyida keltiriladigan usullar hammada ham samarali chiqmagan. Balki qat'iy ruhiy ishonch va matonatga ega bo‘lganlargina chekishni butunlay tark etishga erishganlar.Shuning uchun hammasini boshidan hisoblang. Qilmoqchi bo‘layotgan ishingiz sog‘lig‘ingiz uchun juda muhim va ayni paytda amalga oshirish qiyin bo‘lgan vazifa ekanini his qiling. Muvaffaqiyat qozonish hamda chekish illatidan butunlay xalos bo‘lish uchun katta sabr va matonat kerakligini yurakdan his eting. Shuni uddalay olishga ko‘zingiz yetsa (ko‘zingiz yetadi!), o‘zingizni ruhiy jihatdan shunga tayyor deb hisoblasangiz, ishga kirishish vaqti kelibdi.Demak, tayyormisiz?Unda boshladik...Chekish odatidan bir kunda qutilishning iloji yo‘q. Aksincha, asta-sekin tamaki miqdorini kamaytirib borish bilan bu xunuk odatni butunlay tark etishga erishish mumkin.Avvalo, tamakidan mutlaqo qutilishingiz kerak bo‘lgan aniq muddatni belgilab oling. Masalan, men bir oydan keyin falon kuni umuman chekmayman, degan qat'iy reja tuzing. Shundan so‘ng o‘sha belgilangan kun kelguncha kundalik chekiladigan tamakilar sonini qisqartirib boring. Masalan, siz bir kunda o‘nta tamaki chekayotgan bo‘lsangiz, bugun 9 dona cheking. Ertasiga uning miqdorini sakkiztaga tushiring. Yoki har ikki kunda uning miqdorini bittaga kamaytirib boring. Va har bir chekilayotgan tamakini oxiriga yetkazmang, yarmiga borganda chekishni to‘xtatib, qoldig‘ini tashlab yuboring. Yana tamakilarni kunning juft soatlarida chekishga odatlaning. Masalan, soat 14 da, 16 da va hokazo. Ya'ni chekiladigan har ikki tamaki orasida kamida bir soat vaqt o‘tsin.Har safar chekishdan so‘ng kuldonni tozalang va uni ko‘zdan yiroq joyda saqlang. Shuningdek, tamaki isi keladigan jihozlarni, xonani yoki mashina salonini hid ketguncha tozalang.Chekishni tark etishga o‘rgatadigan mazkur dasturni o‘zingizga o‘xshagan biror kashanda do‘stingiz bilan birga boshlashingizni maslahat beramiz. Erishilgan muvaffaqiyat va kamchiliklar haqida u bilan o‘zaro fikrlashishni yo‘lga qo‘ying. Siz do‘stingizni, do‘stingiz esa sizni nazorat qilib tursin.Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarishga odatlaning. Jismoniy mehnat bilan ko‘proq shug‘ullanish bu borada katta yordam beradi.O‘zingiz yoqtirmaydigan tamaki turini chekishingiz ham muhim ahamiyatga ega. Ta'mi yoqmaydigan boshqa navni ishlatish chekishdan ko‘nglingiz qolishiga yordam beradi.Agar odamlar bilan birga chekishni yoqtirsangiz, yolg‘iz qolganingizda cheking. Agar aksincha bo‘lsa, odamlarning yonida cheking.Yoningizdagi chekayotganlar sizga ham tamaki ilinsa, "Yo‘q, rahmat, men chekmayman", deyishga o‘rganing.Tamakini tutatganingizda, har safar nima uchun chekayotganingizni yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Chekishga olib boradigan sabablardan o‘zingizni uzoq tuting.Chekishni tark etishingizni lozim qiladigan eng asosiy beshta sababni bir qog‘ozga yozib oling va uni muntazam har kuni o‘qib turing.So‘nggi kunVa nihoyat, tamakini butunlay tark etishingiz kerak bo‘lgan kun keldi. Endi sizga chekish mutlaqo taqiqlanadi. Chekish haqida o‘ylay ham ko‘rmang. Tamaki qutilari, kuldon va olovlantirgichlarni yo‘qoting. Chekuvchilar bilan ham ko‘p gaplashib o‘tirishni tark etish lozim.Oila a'zolaringiz, do‘stlaringizdan sizni muntazam kuzatib, tergab turishlarini iltimos qiling. Ular yana chekishga qaytishingizga yo‘l qo‘yishmasin. Har bir kuningiz uchun reja tuzing. Aslo bekor qolmang. Doim foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ling.Har kuni kamida sakkiz stakandan suv iching. Bu tanadagi nikotin qoldiqlarining chiqib ketishiga yordam beradi.Og‘izni bo‘sh qoldirmaslik kerak. Doim shakarsiz saqich, konfet kabi yeguliklar bilan og‘izni band etish maqsadga muvofiq.Chekishning xumori tutganda chuqur-chuqur nafas olib, xonada bo‘lsangiz tashqariga chiqing, o‘tirgan bo‘lsangiz, turish kerak.Kundalik ovqatlarni o‘z vaqtida tanovul qilish ham muhim. Chekmasdan o‘tkazgan har bir kuningiz uchun o‘zingizni rag‘batlantiring. Rejada ko‘zda tutilgan biror vazifani bajarmaganingizda esa o‘zingizni jazolang. Bu vazifani sizga so‘zi o‘tadigan biror kishiga, masalan, ota-onangizga yoki do‘stingizga topshirganingiz ma'qul. Rag‘batlantirish va jazolash ishlarida moddiy manfaatdorlik usullarini qo‘llash yaxshi samara beradi.Bir necha kun o‘tib chekish xumori va odati sizni ilgarigidek bezovta qilmayotganini his etasiz. Lekin hali butunlay muvaffaqiyat qozonganingiz yo‘q. Shunday paytlar keladiki, tamaki chekishga nisbatan kuchli xohish paydo bo‘lib, dunyo ko‘zingizga qorong‘i va tor ko‘rinib ketadi. Sabr qiling. Xumor bir necha daqiqa ichida o‘tib ketadi. Bu orada sekinlik bilan chuqur-chuqur nafas olish lozim. Shu tarzda sekin suv sipqorib, qultumni yutishdan oldin og‘izda bir muddat tutib turish ham foyda beradi. Boshqa biror narsa haqida o‘ylab, chekishni xayoldan chiqarib tashlang. Muvaffaqiyatli o‘tayotgan har bir kunni taqvimda belgilab boring.Xullas...Chekishni tark etish oson emas. Ko‘pchilik bir necha marta harakat qilsa ham muvaffaqiyatga erisholmaganidan noliydi. Lekin bir-ikki bor uringandan keyin, men eplolmas ekanman, deb mashqlardan voz kechish yaxshi emas. Chunki chekishni butunlay tashlashga erishganlarning aksariyati aynan bir necha marta uringandan keyin muvaffaqiyat qozongan.Yuqoridagi mashqlarni bajarish davomida muvaffaqiyatli o‘tgan har bir kun, haftani sarhisob qilib boring. Haftalab, oylab chekmasdan erishib kelayotgan mashaqqatli mehnatingiz samarasini bitta tamakini burqsitish bilan chippakka chiqarish naqadar alamli ekani haqida o‘ylang. Nima uchun chekishni tashlayotganingiz sabablarini o‘zingizga bot-bot eslatib turing.Va nihoyat, agar hanuz muvaffaqiyat qozonolmayotgan bo‘lsangiz yoki yana qo‘shimcha maslahatlarga ehtiyoj sezsangiz, tushkunlikka tushmang va bizga murojaat eting. Aynan qaysi masalada qiynalayotganingizdan bizni boxabar qiling. Buning uchun tahririyatimizga maktub yo‘llashingiz yoki qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Ahvolingizni o‘rganib, mutaxassislar bilan bog‘langan holda sizga qo‘limizdan kelgan yordamni berishga harakat qilamiz.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandlik, Habarlar, Fan va Ta'lim » Pazandalik, Go'zallik va Salomatlik Sirlari » Chekishdan qutilish mumkinmi?
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:00:18

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.230.162.238
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3