Google (Gugl) - qidiruv tizimidir Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi bo'yicha birinchi o'rinda bormoqda (u 70 % qidiruv so'rovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 mln. qidiruv so'rovlarini registratsiya qiladi va ayni vaqtda 8 mlrd.dan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google 101 tadan ortiq tillarda so'rovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq komputerlardan iborat. (2004-yil avgust oyi ma'lumotlariga asosan). Mundarija: 1. Kompaniya 2. Asoschilari 3. IPO 4. Google xizmatlari va utilitilari 5. Manbalar 6. Tashqi Linklar Google Inc. Faoliyati | Internet , Computer software Shiori | "Don't be evil"("Zolim bo`lma") Asos solingan yili | 7- sentabr 1998 Asoschilari | Sergey Brin, Larry Page Joylashuvi | Mountain View, California Muhim shaxslar | Eric E. Schmidt , BIM/Direktor, Sergey Brin , asoschi, Texnologiya Prezidenti | Larry Page , asoschi, Mahsulotlar Prezidenti | George Reyes , BMM Daromadi | US$21.79 miliard 31.3 % (2008 ) Ishchilar soni | 19 786 ( Iyun 2009 ) Veb-sahifasi | www.google.com 1. Kompaniya: Qidiruv tizimi Google Inc. sifatida Mauntin Vyuda ro'yxatdan o'tgan. 2. Asoschilari: Larri Peyj (Larry Page) Sergey Brin (Sergey Brin) 3. IPO Google 19 avgust 2004 -yilda o'z aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd. AQSh dollarilik 20 mln. aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Google ning o'zida qoldi. 2005- yil noyabr oyining ma'lumotlariga qaraganda, Google aksiyalari narxi 400 AQSh dollaridan oshib ketdi (ular birjada dastlab 83 dollardan narxlangandi) va korporatsiyaning kapitalizatsiyasi 119 mlrd. dollarga teng bo'ldi. 4. Google xizmatlari va utilitilari: IE uchun Google Toolbar - ushbu plagin(plagin) Internet Explorer brauzeri uchun qo'shimcha funksional panel qo'shadi. Unda qidiruv, veb formalarni to'ldirish, suzib chiquvchi oynalarni bekor qilish kabi imkoniyatlar mavjud. Firefox uchun Google Toolbar - Firefox brauzeri uchun funksional panel. Google Earth - Yer yuzasining 3 o'lchovli xaritasi. Google Maps - Google xarita tizimi. Picasa 2 . Picasa - Raqamli tasvirlar bilan ishlash vositasi. Google Talk - Googledan internet peyjer(pager) . Desktop Google Search - Windows OS uchun ish stolida (yani lokal komputerda) qidirish vositasi. Personalized page - Foydalanuvchilarga Google bosh sahifasini o'ziga moslashtirish imkoniyatini beradi. Google RSS aggregator - Googledan rss agregator (yig'uvchisi). Google Calendar - Vaqtni tejash va turli voqealarni sana bilan bog'lash uchun yaratilgan kalendar.