Дата: Chorshanba, 28.09.2011, 18:54 | Сообщение # 2
Nice_life+Farangiz
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 582
Статус: Saytda emas
Farq yo’qolsa ne xarom halol, Yig’lar ko’kda holingga hilol. Bomdod qazo bo’lsa bemalol, Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb. Hayolingni shahvat band qilsa, Bundan vujud zavq- shavqqa to’lsa, Sunnat ishga gar qalbing kulsa, Yig’la, fosiq bo’lib qoldim, deb. Mol-dunyo deb uxlay olmasang, Din deb yurak tig’lay olmasang. Qur’on o’qib yig’lay olmasang, Yig’la, fosiq bo;lib qoldim, deb. Jaholatni qolsang sog’inib, Xayolingda beyo’l yo’g’rinib, Zakotingni bersang og’rinib, Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb. Ramazonda ro’zani tutsang, Ammo anda nadomat yutsang, Tamaki deb iftorni kutsang, Yig’la fosiq bo’lib qoldim, deb. Chin o’rnida bilib hazilni, Ishlatib ko’r har xil usulni, Ko’rolmasang tushda Rasulni, Yig’la, fosiq bo;lib qoldim, deb. Osiqlikka tutinsang sarmast, Bilki qadim darding tuzalmas, Yolg’on so’zga yuzing qizarmas, Yig’la,fosiq bo’lib qoldim, deb. Yurmasang Rob muddaosiga, Talpinmasang ishq sadosiga, Seskanmasang Haq nidosiga, Yig’la fosiq bo’lib qoldim,deb. Do’stingga gar Islomni ravo, Ko’rmayotgan bo’lsang, bil, also Mo’minlikni qilmagin da’vo, Yig’la, fosiq bo;lib qoldim,deb. Gar qalbingdan da’vatdan g’urur, Yo’llaringni yoritmagay nur, Ey Hayrulloh, shodlanmayin tur, Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb.