Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.Добавлено (31.01.2012, 19:48)
---------------------------------------------
Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.