AUZU BILLAHIMINA SHAYTONIR ROJIM BISSMILLAHI RAHMONIR ROHIMДобавлено (17.01.2012, 14:57)
---------------------------------------------
FOTIHA SURASI
Yetti oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U «Fotiha», ya’ni «Ochuvchi sura» deb ataladi. Qur’ondagi suralarning joylashish tartibida avvalgi o‘rinda turgani va qisqa bo‘lishiga qaramasdan Qur’onning asosiy ma’no-mohiyatini o‘zida mujassam etgani uchun ham u Qur’on mazmunini «Ochuvchi» deb nomlangan.
Bu surada yagona Allohga bo‘lgan e’tiqod, Uning o‘zigagina ibodat qilish, oxirat kuni borligiga ishonish, yolgiz Allohniig o‘zidan madad-yordam so‘rash, haq din va to‘g‘ri yo‘lni Uning o‘zigina ko‘rsata olishiga iymon keltirish kabi Islom dinining asosiy talablari o‘z aksini topgan. Shuning uchun bu surani «Ummul-Qur’on» — «Qur’onning onasi — asli» deb ham ataydilar.
1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
2-3-4. Hamdu sano butun olamlar Xojasi, Mehribon va Rahmli, jazo (qiyomat) kunining Egasi — Podshohi bo‘lmish Alloh uchundir.
I z o h. Maqtov-olqishga haqdor bo‘lish uchun bashar olamiga podshoh bo‘lishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Balki koinotdagi barcha sayyoralar va ulardagi bor jonli-jonsiz mavjudotning hammasi ustidan ilmu hikmat va rahm-shafqat bilan egalik qiladigan, bundan tashqari, oxiratdagi hisob-kitob kunida ham yagona podshoh bo‘lgan Alloh taolonig O’zigina hamdu sanoga loyiq zotdir.
5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so‘raymiz.
I z o h. Ya’ni, Sendan o‘zganing oldida boshimizni egmaymiz va Sendan o‘zgaga yordam so‘rab iltijo ham qilmaymiz.
6-7. Bizlarni, g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish — To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan.
I z o h. Mazkur zotlar — barcha payg‘ambarlar, haqiqiy iymon-e’tiqod egalari va o‘z aqidalari yo‘lida jonlarini fido qilgan kishilardir.
Добавлено (17.01.2012, 14:58)
---------------------------------------------
BAQARA SURASI
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, ikki yuz sakson olti oyatdan iborat. U Qur’ondagi eng uzun suradir.
Bu surada e’tiqod, ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq, idda va boshqa shariat hukmlari borasida so‘z ketadi. Bu suraning avvalida mo‘minlar, kofirlar, munofiqlar va iymonning haqiqati, kufr va nifoqning mohiyati bayon qilinadi. So‘ngra bashariyat otasi Odam alayhissalom qissasi zikr qilinib, u zot yaratilgan vaqtda bo‘lib o‘tgan ibratli voqea-hodisalardan xabar beriladi.
«Baqara» oyatlarining qariyb uchdan bir qismini «ahli kitoblar» (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi. Keyin sudxo‘rlik jinoyati to‘g‘risida ma’lumot berilib, Alloh va payg‘ambar bu jinoyatga qarshi urush e’lon qilganliklari uqtiriladi.
Suraning xotimasida esa mo‘minlarni Alloh taologa tavba-tazarru qilishga va uning O’zidangina madad tilashga chaqiriladi.
Bu sura nima uchun «Baqara» – «Sigir» surasi deb atalgan? Qadimda Bani Isroil qavmidan bo‘lgan bir kishi o‘ldiriladi. Ammo uning qotilini topa olmaydilar. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Qavmingga aytgin, bir sigir so‘yib, uning bir bo‘lagi bilan o‘likni ursinlar», deb buyuradi. Allohning buyrug‘ini bajo qilganlarida, haligi o‘likka jon kirib, qotili kimligini aytadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Alif, lom, mim.
I z o h. Qur’ondagi bir necha sura mana shunday yolg‘iz-yolg‘iz harflar bilan boshlanadi. Ko‘pchilik Islom ulamolari nazdida mazkur harflar «Xurufi muqattaot», ya’ni ma’nodan uzilgan harflar sanalib, ularning ma’nosi yagona Allohgagina ma’lum. Ulamolarning aytishlaricha, ilohiy mo‘‘jiza bo‘lgan bu Kitob odamlar oson o‘qib-anglab amal qilishlari uchun ular yaxshi taniydigan harflar bilan oson tushuniladigan qilib yuborilgan.
Lekin olimlar orasida «Alif — Alloh, Lom — Jabroil (Alloh bilan payg‘ambar o‘rtasidagi vositachi farishta), Mim – Muhammad alayhissalom», deb bu harflarga ma’no beruvchilar ham bor.
2-3. (Haq ekanligiga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu Kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado etadigan va biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan taqvoli kishilar uchun rahbar – yo‘lboshchidir.
4. Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushirilgan narsalarga (dinlarga) iymon keltiradilar va oxirat kuniga aniq ishonadilar.
5. Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana o‘shalardir va najot topguvchilar ham ularning o‘zidir.
I z o h. Bu oyatlarda Alloh taolo mo‘minlarniig sifatlarini bayon qildi. Endi o‘rtadagi farq aniq bo‘lishi uchun kofirlarni sifatlashga o‘tiladi.
Добавлено (17.01.2012, 15:00)
---------------------------------------------
6. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar esa xoh (Alloh azobidan) qo‘rqiting, xoh qo‘rqitmang, ularga barobardir — iymon keltirmaydilar.
7. Alloh ularning dillarini va quloqlarini muhrlab qo‘ygan. Ko‘zlarini esa parda qoplab olgan. Ular uchun buyuk azob bordir.
8. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o‘zlari mo‘min bo‘lmaganlari holda «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar.
9. Ular Allohni va iymonli kishilarni aldamoqchi bo‘ladilar va o‘zlari sezmaganlari holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.
10. Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir.
11. Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar.
12. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari buni sezmaydilar.
13. Ularga: «Mana bu kishilardek iymon keltiringlar», deyilsa, «Shu pastkashlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» — deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ularning o‘zlari tuban kimsalardir, lekin buni bilmaydilar.
I z o h . Islomni qabul qilgan zotlarning ko‘pchiligi kambag‘al-faqir kishilar va hatto Suhayb, Bilol kabi qullar edilar. Munofiqlar o‘zlaricha: «Mana shu zoti pastlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» — deyishar edi.
14. Iymon keltirgan zotlarga yo‘liqqanlarida: «Biz ham iymon keltirdik», deydilar. O’zlarining shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganda esa: «Biz albatta sizlar bilan birgamiz, faqat (ularning ustidan) kulmoqdamiz, xolos», deyishadi.
15. Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib yurishlarini davomli qiladi.
16. Ular haq yo‘lning o‘rniga zalolatni sotib olgan kimsalar bo‘lib, bu savdolarida foyda qilmadilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchilardan bo‘lmadilar.
Sarlavha: Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
Jo'natildi: Muhammad dan 08 Avgust 2006, 07:29:29
(http://quran.muslim-web.com/pages/p004.gif)
17. Ular misoli bir o‘t (mash’ala) yoquvchiga o‘xshaydilar. Endi olov atrofini yoritganida Alloh yorug‘likni ketkazib, ularni hech narsani ko‘rolmaydigan holda zulmatlarda qoldiradi.
18. (Ular) kar, soqov, ko‘rdurlar, demak (yo‘llaridan) qaytmaydilar.
19. Yoki ular chaqmoq, momoguldurak, qorong‘uliklar bilan osmondan quyayotgan yomg‘ir ostida yashindan qo‘rqqanlaridan panjalarini quloqlariga tiqib olgan hollarida o‘lim — halokatdan qochmoqchi bo‘lib turgan kimsalar kabidirlar. Alloh esa kofirlarni o‘rab olguvchidir.
20. Yashin ko‘zlarini ko‘r qilgudek bo‘ladi. U (atrofini) yoritganida yurib oladilar, o‘chganida turib qoladilar. Agar Alloh xohlasa quloq va ko‘zlarini yo‘q qilgan bo‘lur edi. Shubhasiz, Alloh har narsaga qodirdir.
21. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o‘tganlarni taqvo egalari bo‘lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.
22. U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo‘ydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo‘lsin, deb mevalar chiqardi. Bas, bilib turib o‘zgalarni Allohga tenglashtirmang.
23. Agar biz bandamizga tushirgan narsadan (Qur’ondan) shak-shubhada bo‘lsangiz, u holda shunga o‘xshagan birgina sura keltiring va Allohdan o‘zga guvohlaringizni chaqiring – agar rostgo‘y bo‘lsangiz.
24. Endi agar bunday qilolmasangiz — hargiz qilolmaysiz ham — u holda odamlar va toshlar o‘tin bo‘ladigan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing.
I z o h. Kufr ahli uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zax zikr qilingandan keyin ahli iymon uchun mukofot qilib beriladigan jannat ta’riflanadi. Zotan Qur’onning uslubi shunday: yomon bilan yaxshi, do‘zax bilan jannat, rohat bilan azob, xitob bilan itob (tanbeh) aksari hollarda yonma-yon zikr etiladi.
Добавлено (17.01.2012, 15:01)
---------------------------------------------
25. Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga xushxabar beringki, ular uchun ostlaridan daryolar oqib turuvchi bog‘lar bor. Qachon o‘sha bog‘larning biror mevasidan bahramand bo‘lsalar, «Ilgari tatib ko‘rgan narsamiz-ku», deyishadi. Zero ularga surati bir-biriga o‘xshash mevalar beriladi. Va ular uchun jannatda pokiza juftlar bordir. U zotlar jannatda abadiy qolajaklar.
I z o h. Bu oyatda dunyo baxt-saodati bilan oxiratdagi jannatning farqi ifodalangan: ehtimol, bu dunyoda ham jannatdek bog‘larda turli noz-ne’matlardan bahramand bo‘lib, pokiza umr yo‘ldoshlari bilan baxtiyor umr kechirayotgan kishilar kam emasdir. Lekin bu baxtli hayotning birgina nuqsoni borki, u ham bo‘lsa bir kuni tugab qolishidir. Jannatning fazilatlaridan biri uning boqiyligidir. Faqat bu boqiy hayotga yetish uchun foniy dunyoda iymon-e’tiqod bilan yaxshi amallar qilib yashash shartdir.
26-27. Alloh chivin yoki undan-da haqir narsalar haqida masal aytishdan hech tortinmaydi. Iymonli kishilar uning (masalning) haqiqatan Parvardigorlari tarafidan ekanini biladilar. Kofirlar esa: «Buni misol qilish bilan Alloh nima demoqchi?» — deydilar. Bu masal sabab (Alloh) ko‘plarni adashtiradi va ko‘plarni haq yo‘lga hidoyat qiladi. Bu masal sabab faqat Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, U bog‘lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan fosiq kimsalarnigina adashtiradi. Ular, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardir.
I z o h. Qur’onda asalari, chivin, o‘rgimchak, chumoli kabi mayda jonivorlarning ibratli tomonlarini ko‘rsatib beradigan masallar kelganida, ba’zi birovlar: «Bu kitob ilohiy kitob bo‘lganida bunday mayda-chuyda hasharotlar haqida gapirilmagan bo‘lardi», deyishdi. Shunda Tangri taolo o‘sha hasharotlarni yaratishga uyalmagani, binobarin ularni misol qilishdan ham hech qachon or qilmasligini bayon etib, mazkur oyatlarni nozil qildi.
«Allohning aniq ko‘rsatmalari» — Muhammad payg‘ambarning kelishi va unga iymon keltirish lozimligi Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblarda ham aniq ko‘rsatilgan edi.
«U bog‘lanishiga buyurgan narsalar» — ota-onaga oq bo‘lmasdan ularning rizoligini olish, qarindosh-urug‘chilik rishtalarini mahkam tutish va boshqa mo‘min-musulmonlar bilan mehr-oqibatli bo‘lish kabilardir. «Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurish» - odamlar orasida fitna-fasod qo‘zg‘ash, iymon-e’tiqod yo‘llariga to‘sqinlik qilish va boshqa buzuq ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish, degan ma’noni anglatadi.
28. O’lik tanangizga jon bergan, keyin o‘lim beradigan, so‘ngra yana tiriltirganidan keyin O’ziga qaytajagingiz — Allohni qanday inkor qilasiz-a?
29. U shunday zotki, siz uchun Yerdagi barcha narsani yaratdi. So‘ngra samoga yuzlandi-da, ularni yetti osmon qilib tikladi. U hamma narsani bilguvchidir.
Добавлено (17.01.2012, 15:01)
---------------------------------------------
30. Eslang, (ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman», deganida ular aytdilar: «U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman».
31. Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!»
32. Ular aytdilar: «Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan».
33. (Alloh); «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru-osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?»
34. Eslang, (ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib — kofirlardan bo‘ldi.
35. Va aytdik: «Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va undan xohlagan joylaringizda bemalol taomlaning. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmangki, u holda zolimlardan bo‘lib qolasiz».
36. Bas, ularni shayton yo‘ldan ozdirib, maskanlaridan chiqardi va aytdik: «Tushingiz (jannatdan yerga)! (Sizlar) bir-biringizga dushmansiz. Endi ma’lum vaqtgacha (ajallaringiz yetguncha) Yerda maskan tutib yashaysiz».
37. Keyin, Odam Parvardigor tarafidan bir necha so‘zlar (farmonlar) qabul qilib olganidan so‘ng Alloh uning tavbasini qabul qildi. Albatta U tavbalarni qabul qilguvchi mehribon zotdir.
Sarlavha: Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
Jo'natildi: Muhammad dan 08 Avgust 2006, 07:31:25
(http://quran.muslim-web.com/pages/p007.gif)
38. «U joydan (jannatdan) hammangiz tushing», dedik. «Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida, shu haq yo‘lga ergashgan kishilarga xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar».
39. Oyatlarimizni inkor qilib, yolg‘on degan kimsalar esa do‘zax egalari bo‘lib, unda abadiy qolajaklar.
I z o h . Yuqoridagi oyatlardan bizga Odamzod Tangrining Yerdagi sir-asrorini biladigan xalifasi ekani va hatto begunoh farishtalar ham unga ta’zim qilishlari ma’lum bo‘lgani kabi Shaytonning so‘ziga kirish uni jannatdan mahrum qilgani, endi Yerda tinch, osoyishta yashash uchun shaytoni la’inning vasvasalariga uchmaslik zarurligi uqtiriladi.
Endi, Odamzodning koinotdagi eng aziz va mukarram zot ekani bayon qilinganidan keyin so‘z bani Isroil (Isroil — Ya’qub payg‘ambarning nomlaridan biri, bani Isroil — Isroil bolalari deyilganda yahudiylar tushuniladi) haqida ketadi. Ularning kim ekanliklari, qilmishlari va topajak oqibatlari haqidagi batafsil hikoyada (40-141- oyatlar) aql egalari uchun ibratlar bordir.
40. Ey bani Isroil, sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan va’da — ahdga vafo qiling. Shunda Men ham ahdga vafo qilaman. Va mendangina qo‘rqinglar.
41. Sizlardagi narsani (Tavrotni) tasdiq etgan holda nozil qilgan narsam (Qur’onga) iymon keltiringiz. Uni birinchi inkor qiluvchilardan bo‘lmangiz. Va oyatlarimni qiymati oz narsalarga almashtirmanglar va Mendangina ehtiyot bo‘linglar.
42. Haqni botilga aralashtirmanglar va bilgan holingizda haqni berkitmanglar.
43. Namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering va ruku qilguvchilar bilan birga ruku qiling.
44. Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki, o‘zlaringiz kitob (Tavrot) tilovat qilasizlar. Aqlingizni yurgizmaysizlarmi?
45-46. Sabr va salot (namoz o‘qish) bilan madad so‘ranglar. Albatta u (namoz o‘qish) og‘ir ishdir. Magar o‘zlarining Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishlarini va shubhasiz, unga qaytajaklarini biladigan shikastanafs zotlarga (og‘ir emasdir).
47. Ey bani Isroil, sizlarga in’om qilgan ne’matimni va sizlarni butun olamdan afzal qilgan paytimni eslanglar!
48. Birov birov tomonidan hech narsa o‘tay olmaydigan, hech kimdan oqlov qabul qilinmaydigan va (gunohlari uchun) evaz ham olinmaydigan – yordam berilmaydigan Kundan qo‘rqinglar!
Sarlavha: Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
Jo'natildi: Muhammad dan 08 Avgust 2006, 07:31:44
(http://quran.muslim-web.com/pages/p008.gif)
49. Sizlarni og‘ir azoblar bilan qiynagan, o‘g‘illaringizni so‘yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir’avn odamlaridan qutqarganimizni eslanglar. Ana o‘sha ishlarda Parvardigoringiz tomonidan buyuk sinov bordir.
50. Dengizni o‘rtasidan bo‘lib sizlarni qutqarib, ko‘z o‘ngingizda Fir’avn odamlarini g‘arq qilganimizni eslanglar.
51. Muso bilan qirq kechaga va’dalashganimiz, u (bizning huzurimizga) ketganidan keyin sizlar o‘zingizga zulm qilgan holingizda buzoqqa ibodat qilganingizni eslanglar.
52. So‘ngra, o‘sha ishlardan keyin ham shukr qilishingiz uchun sizlarni afv etgandik.
53. Sizlar haq yo‘lni topishingiz uchun Musoga kitob va Furqonni (ya’ni Tavrotni) berganimizni eslanglar.
54. Musoning o‘z qavmiga aytgan gaplarini eslang: «Qavmim, sizlar buzoqqa ibodat qilish bilan o‘zingizga zulm qildingiz. Endi o‘zingizni (bir-biringizni) o‘ldirish bilan sizni bor qilguvchi zotga tavba qilasiz. Bor qilguvchi zot nazdida mana shu (qatl) sizlar uchun xayrliroqdir». Bas, Alloh taolo tavbangizni qabul qildi, albatta U kechirimli, mehribondir.
Добавлено (17.01.2012, 15:01)
---------------------------------------------
55. Ey bani Isroil, eslang: «Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan ko‘rmagunimizcha hargiz senga ishonmaymiz», deyishingiz bilan qarab turgan holingizda sizlarni chaqmoq urdi.
56. So‘ngra shukr qilishingiz uchun o‘lganingizdan keyin tiriltirdik.
57. Va bulutni ustingizga soyabon qildik va osmondan shirinlik va bedanalar yog‘dirib, «Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar», (dedik). (Bani Isroil) Bizga zulm qilmadilar, balki o‘zlariga zulm qilguvchi bo‘ldilar.
Добавлено (17.01.2012, 15:02)
---------------------------------------------
58. «Ushbu qishloqqa (Quddusga) kiringlar-da, undan xohlagan joylaringizda yeb-ichinglar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kiringlar va «afv et» denglar, biz xatolaringizni mag‘firat qilamiz va yaxshilik egalariga ziyoda ne’matlar ato qilamiz», deganimiznn eslanglar.
59. Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so‘zdan boshqa so‘zni almashtirib aytdilar. Bas, qilgan isyonlari oqibatida bu zolimlar ustiga Biz osmondan balo yog‘dirdik.
60. Eslang (ey bani Isroil), Muso o‘z qavmi uchun suv tilaganida: «Asoingni toshga urgin», dedik. Bas, undan o‘n ikki chashma otilib chiqdi — har bir qabilaga (ular o‘n ikki urug‘ edilar) o‘z suvi ma’lum bo‘ldi. «Alloh bergan rizqdan yeb-ichinglar, Yer yuzida buzg‘unchilik jinoyatlarini qilmanglar».
61. Eslang: «Ey Muso, bir xil taomga hech qanoat qila olmayapmiz. Parvardigoringga duo qil, bizga yerda unib-o‘sadigan sabzavotlardan, bodring, sarimsoq, mosh, piyozga o‘xshagan o‘simliklardan chiqarib bersin», deganingizda, u: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni istaysizlarmi? Qaysi shaharga tushsangizlar so‘ragan narsalaringiz turibdi-ku?» — dedi. (Noshukrliklari sabab) ularga xorlik va miskinlik yozib qo‘yildi va Allohning g‘azabiga duchor bo‘ldilar. Bunga sabab ularning Alloh oyatlarini inkor qilganlari va Payg‘ambarlarni nohaq qatl qilganlaridir. Bunga sabab itoat qilmay tajovuzkor bo‘lganlaridir.
Добавлено (17.01.2012, 15:03)
---------------------------------------------
62. Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar (farishtalarga sig‘inuvchilar) — (ulardan) qaysilari (avval qaysi dinda bo‘lganlaridan qat’i nazar, iymonga kelib, yolg‘iz) Allohga, oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavfu xatar, g‘am-anduh yo‘qdir.
63. Eslang (ey bani Isroil), biz ahdu paymoningizni olgandik va ustingizda Tur tog‘ini ko‘tarib turib, «Keltirgan narsamizni (Tavrotni) mahkam ushlang va undagi bor narsani yodingizda tuting — shoyad taqvo egalaridan bo‘lsangiz», degandik.
64. Keyin o‘sha ahdu paymondan keyin yuz o‘girdingiz. Agar sizlarga Allohning fazlu karami bo‘lmaganda edi, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib qolar edingiz.
65. Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz ularga: «Badbaxt maymunlarga aylaningiz», dedik.
66. Biz bu uqubatni o‘sha vaqt va keyingi davrlar uchun ibrat, taqvoli kishilar uchun mav’iza (nasihat) qildik.
I z o h . Yahudiylarga shanba kuni baliq ovlash man qilingan edi. Ulardan ba’zilari shanba kunlari baliqlarni qamab, qorong‘i tushishi bilan tutib oladigan bo‘ldilar. Mana shu jinoyatlari — o‘zlari uchun ulug‘ kun hisoblangan shanba kunida haddan oshganlari sababli mazkur jazoga mustahiq bo‘ldilar.
67. Eslang! Muso o‘z qavmiga: «Alloh bir sigir so‘yishlaringni buyurdi», deganida, ular: «Ustimizdan kulyapsanmi?» — dedilar. (Muso) dedi: «Unday johillardan bo‘lib qolishdan Alloh panoh berishini so‘rayman».
68. Ular dedilar: «Parvardigoringga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin». (Muso) dedi: «U zotning aytishicha, u qari ham, yosh g‘unajin ham bo‘lmagan o‘rta bir sigirdir. Endi farmonni ado etinglar».
69. Ular dedilar: «Parvardigoringga duo qil. Uning rangini bayon qilsin». (Muso) aytdi: «U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir bo‘lib, ko‘rganlarning ko‘ngli chog‘ bo‘ladi».
Добавлено (17.01.2012, 15:03)
---------------------------------------------
70. Ular aytdilar: «Parvardigoringga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin, bu mol bizga ishtibohli bo‘lib holdi. InshoAlloh, endi yo‘limizni topib olamiz».
71. (Muso) aytdi: «U zotning aytishicha, u shunday sigirki, xor bo‘lib yer haydamaydi, u bilan (suv tashib) ekin sug‘ormaydilar, aybu nuqsonsiz, unda o‘z rangidan boshqa rang-bo‘yoq ham yo‘q». Ular: «Endi haqiqatni aytding», dedilar-da, uzoq mashaqqatlar chekib (o‘sha aytilgan sifatlarga ega bo‘lgan sigirni topib) so‘ydilar.
I z o h . Mazkur oyatlar mazmunidan bir hikmatni anglash mumkin: odam birovga ishonib e’tiqod qo‘yganidan keyin uning amr-farmonini darhol bajarishi lozim. Aks holda uning o‘ziga zarar bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan kishilar ketma-ket bergan savollari natijasida shunday sifatli sigir so‘yshi lozim bo‘ldiki, ular bunday sigirni izlab topish uchun ozmuncha qiynalmadilar. Oxiri topganlarida uning egasi bo‘lgan kampir sigiri uchun juda qimmat narx — o‘sha sigirning terisi to‘la tilla talab qildi va ular bu narxga ko‘nishga majbur bo‘ldilar. Agar farmon bo‘lishi bilan darhol bir sigirni olib qurbon qilganlarida o‘zlariga oson bo‘lar edi.
72—73. Eslang (ey bani Isroil), bir jonni o‘ldirib qo‘yib, uning qotili kim ekani haqida janjallashib qolganingizda — holbuki, Alloh yashirgan narsalaringizni yuzaga chiqarguvchidir — «uni (maqtulni) so‘yilgan sigirning bir bo‘lagi bilan uringlar», degandik. Alloh o‘liklarni shu tariqa tiriltiradi va sizlarga fikr qilishingiz uchun o‘z oyatlarini ko‘rsatadi.
I z o h . Darhaqiqat, shunday qilishgach, haligi jasadga jon kirib, o‘zining qotili kim ekanligini aytadi.
74. So‘ngra — shunday mo‘‘jizalarni ko‘rgandan keyin ham dillaringiz qotdi. Bas, u dillar tosh kabidir yoki undan-da qattiqroqdir. Zero, shunday toshlar borki, ulardan daryolar otilib chiqadi, yana shundaylari borki, yorilib, ichidan suv chiqadi, yana shundaylari ham borki, Allohdan qo‘rqqanidan pastga qulaydi. Alloh qilayotgan amallaringdan g‘ofil emasdir.
75. Ularning iymonga kelishlariga orzumand bo‘lasizmi (ey mo‘minlar)? Holbuki ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitadilar, so‘ngra, uni anglab yetganlaridan keyin bilib turib o‘zgartiradilar.
76. Ular iymonli kishilarga yo‘liqqanlarida: «Iymon keltirdik», deydilar. Bir-birovlari bilan yolg‘iz qolganlarida esa: «Ularga (musulmonlarga) Alloh sizlarga ochgan narsa haqida gapiryapsizlarmi? O’sha hujjat bilan Parvardigoringizning huzurida hujjatlashishlari uchun-a? Aqlingizni ishlatmaysizmi?» — deyishadi.
I z o h. Ya’ni, musulmonlarga «Tavrot kitobida kelgan Muhammad payg‘ambar haqidagi gaplarni gapiryapsizmi? Bu axir oxiratda o‘zingizning zararingizga hujjat bo‘ladi-ku?» — deyishdi.
Добавлено (17.01.2012, 15:04)
---------------------------------------------
77. Alloh, shubxasiz, ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilguvchi ekanini bilmaydilarmi?
78. Ularning ichida kitobdan bexabar, faqat xom xayollarnigina biladigan omiylari ham borki, ular faqat gumon qiladilar, xolos.
79. O’z qo‘llari bilan kitob yozib, so‘ngra ozgina qiymatga sotish uchun: «Bu kitob Alloh huzuridan keldi», deydigan kimsalarga halokat bo‘lg‘ay, bas, yozgan narsalari ularga xalokat bo‘lg‘ay, topgan foydalari ularga halokat bo‘lg‘ay.
80. Yahudiylar: «Bizlarga do‘zax o‘ti sanoqli kunlardagina tegadi», dedilar. Ularga ayting: «(Ey Muhammad), Allohdan ahdu paymon oldingizmi — zotan, Alloh hargiz ahdiga xilof kilmaydi — yoki Alloh haqida bilmagan narsalaringizni aytyapsizmi?»
81. Yo‘q! Kimda-kim yomonlik kasb qilsa va gunohga o‘ralib qolsa, ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar.
82. Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar esa jannat egalari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolguvchilardir.
83. «Faqat Allohgagina ibodat qilasizlar, ota-ona, qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga yaxshilik qilasizlar. Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlangiz va namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering», deb bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslanglar. Keyin esa (ey bani Isroil) ozgina kishidan tashqari hammangiz yuz o‘girgan holda ketdingiz.
Добавлено (17.01.2012, 15:05)
---------------------------------------------
84. Eslang, «Bir-biringizning qoningizni to‘kmaysiz, bir-birovlaringizni diyorlaringizdan haydamaysiz», deb ahdu paymoningizni olgandik, so‘ngra (Islom kelgan davrda) o‘zingiz guvoh bo‘lganingiz holda bunga iqror bo‘lgandingiz.
85. Keyin esa sizlarning o‘zingiz bir-biringizni o‘ldirmoqdasiz, o‘z toifangizdan bo‘lgan bir guruhni diyorlaridan haydab, ularning ustida gunox va zulm bilan bir-biringizga hamkorlik qilmoqdasiz. Agar ular sizlarga asir holda kelishsa, tovon to‘lab qutqarib ham olasiz. Holbuki, ularni xaydash sizlarga harom qilingan edi. Yo kitobning (Tavrotning) bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Oralaringdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo bo‘lish, qiyomat kunidan esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringdan g‘ofil emasdir.
86. Ana o‘shalar oxirat o‘rniga dunyo hayotini sotib olgan kimsalardir. Bas, azoblari yengillatilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi.
I z o h . Yahudiy qabilalaridan Banu Qurayza Avs nomli arab qabilasi bilan, Banu Nazr degan yahudiy qabilasi esa Avsning dushmani bo‘lgan Hazraj deb ataladigan arab qabilasi bilan ittifoqdosh edi. Qachon Avs bilan Hazraj o‘rtasida urush bo‘lsa, yahudiylar ham ittifoqdoshlari bilan birga urushga chiqib, o‘z dindoshlarining qonini to‘kib, mol-mulklarini talashar edi. Holbuki, dindoshlar bir-biri bilan urushib, qon to‘kishlari Tavrotda harom qilingandir. Endi, urush to‘xtaganidan keyin esa bir qabilaga ittifoqdosh bo‘lgan yahudiylar ikkinchi qabilaga ittifoqdosh bo‘lgan yahudiylardan asir tushganlar bo‘lsa tovon to‘lab qutqarib ham olardilar. Shuning uchun yuqoridagi oyatda: «Yo kitobning (Tavrotning) bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi?» — deyildi.
87. Albatta Biz Musoga kitob ato etdik. Undan keyin ham payg‘ambarlar yubordik. Iyso binni Maryamga hujjatlar berdik va uni Ruhul-quds (Jabroil) ila quvvatlantirdik. Har qachon bir Payg‘ambar sizlarga yoqmaydigan narsa (oyatlar) bilan kelsa, birovini yolg‘onchi deb, birovini o‘ldiraverasizlarmi?
88. «Dilimiz berk», dedilar. Yo‘q, aksincha, kufrlari sababli ularni Alloh la’natlagan. Bas, kamdan-kamlari iymon keltiradilar.
Добавлено (17.01.2012, 15:10)
---------------------------------------------
Ularning jazosi — ustlariga tushajak Allohning, farishtalarning va barcha
odamlarning la’natidir. Ular azoblari yengillatilmagan holda do‘zaxda abadiy
qolguvchilardir va ularga (bu azob biron lahza) kechiktirilmaydi.
89. Magar shundan (ya’ni kufrlaridan) keyin tavba qilib, o‘zlarini o‘nglasalar
(Alloh gunohlarini mag‘firat qilur). Chunki Alloh mag‘firat qilguvchi,
mehribondir.
90. Albatta iymon keltirganlaridan keyin kofir bo‘lgan, so‘ngra kufrlari yanada
ziyoda bo‘lgan kimsalarning qilgan tavbalari hargiz qabul qilinmaydi. Ana
o‘shalar haq yo‘ldan toyilguvchilardir.
91. Albatta kofir bo‘lgan va kofir holda o‘lgan kimsalar, agar ulardan birontasi
yer yuzi to‘la oltinni to‘lov qilib bersa ham hargiz qabul qilinmas. Unday
kimsalar uchun alamli azob bordir. Va ular uchun hech qanday yordamchi
bo‘lmas.
Добавлено (17.01.2012, 15:11)
---------------------------------------------
TO’RTINCHI JUZ’
*************************
92. Suygan narsalaringizdats infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz
yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz,
albatta Alloh uni bilur.
93. Tavrot tushirilishidan ilgari Isroil (Ya’qub) o‘ziga harom qilgan narsa
(tuyaning go‘shti bilan suti) dan boshqa barcha taomlar bani Isroil qavmiga
halol edi. (Ey, Muhammad), «Agar rosto‘y bo‘lsangizlar Tavrotni keltirib o‘qib
ko‘ringlar», deb ayting.
I z o h . Ma’lumki, yahudiylar zulm va tajovuzkorlik yo‘lini tutganlaridan keyin Tangri
taolo ularga bir necha xil noz-ne’matlarni harom qildi. Lekin ular buni tan olmay,
«Mazkur narsalar asli Ibrohim zamonida ham harom edi», der edilar. Shuning uchun
musulmonlarga: «O’zinglar Ibrohimning dinidamiz deysizlar-u, u harom qilgan tuya
go‘shtini iste’mol qilasizlar», deb ta’na qilishganda yuqoridagi oyat iozil bo‘ldi. Aytishlaricha,
shundan keyin birorta yahudiy Tavrotni olib kelib, undan Ibrohim payg‘ambarga
tuya go‘shti harom qilingani haqidagi oyatni topib bera olmagan.
94. Bas, kim mana shundan keyin ham Allohga bo‘hton qilsa, ana o‘shalar zulm
qilguvchilardir.
95. (Ey Muhammad), «Allohning so‘zi rostdir. Bas, haq yo‘ldan toymagan va
mushriklardan bo‘lmagin Ibrohimning diniga ergashinglar!» — deb ayting!
96-97. Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi
muborak va butun olamlar uchun hidoyat (myayogi) bo‘lgan Ka’badurki, unda
maqomi Ibrohim (ya’ni Ka’bani qurishda Ibrohim alayhis-salom oyoqlari ostida
bo‘lgan xarsang tosh, u toshdan hanuzgacha Ibrohim payg‘ambarning oyoq
izlari ketmagan) va unga kirgan odam har qanday xavf-xatardan omon bo‘lishi
(kabi) ochiq oyat-alomatlar bordir. Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida
Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir
bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh
butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir.
Добавлено (17.01.2012, 15:13)
---------------------------------------------
98. (Ey Muhammad), ayting: «Ey ahli kitob, nima uchun Allohning oyatlarini
inkor qilmoqdasiz? Axir Alloh qilayotgan amallaringizga guvoh-ku!»
99. Ayting: «Ey axli kitob, nima uchun iymon keltirgan kishilarni Allohning
yo‘lidan to‘sasizlar va o‘zingiz guvoh bo‘lgan holingizda undan (ya’ni Alohning
yo‘lidan) qiyiq axtarasizlar? Axir Alloh qilayotgan amallaringizdan g‘ofil emasku!
»
100. Ey mo‘minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba’zi bir guruxlariga
bo‘yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka
qaytaradilar.
101. Allohning oyatlari sizlarga tilovat qilinayotgan, Uning payg‘ambari
Добавлено (17.01.2012, 15:14)
---------------------------------------------
orangizda bo‘lgan bir paytda qanday qilib dindan qaytasiz?! Kim Allohga
bog‘lansa (ya’ni Uning dinini mahkam ushlasa) bas, muhaqqaqki, to‘g‘ri yo‘lga
hidoyat qilinibdi.
102. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat
musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!
103. Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va
bo‘linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne’matini eslang: bir-biringizga
dushman bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo‘ydi-yu, sizlar Uning
ne’mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do‘zax chohining yoqasida turgan
edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo‘lni topishingiz uchun Alloh sizlarga
o‘z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.
104. Oralaringizdan yaxshilikka (islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga
buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar
najot topguvchilardir.
105. Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo‘linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof
qilib, talashib-tortishgan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana undaylar uchun ulug‘
azob bordir.
106. (Qiyomat) kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari
qora bo‘lur. Endi yuzlari qora bo‘lgan kimsalarga: «Iymon keltirgandan keyin
yana dindan chiqdingizmi? Bas, kofir bo‘lganingiz kasofatiga mana bu azobni
totib ko‘ringiz», deyilur.
107. Yuzlari oq bo‘lgan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)da bo‘lib, o‘sha
joyda abadiy qolajaklar.
108. Bular Allohning oyatlaridir. Sizga ularni xaq-rost tilovat qilmoqdamiz.
Alloh barcha olamlarga (ya’ni xech kimga) zulm qilishni istamas.
109. Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Va barcha ishlar yolg‘iz
Allohga qaytarilajak.
110. (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng
yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan
qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitob ham iymon keltirganda
edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin)
ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir.
Добавлено (17.01.2012, 15:16)
---------------------------------------------
111. Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza
olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra
ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi.
112. Agar Allohning va odamlarning (ya’ni musulmonlarning) axdi panohida
bo‘lmasalar, albatta ularga qaerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi. Ular
Allohning g‘azabi bilan ketdilar va ularga bechoraxollik yozib qo‘yildi. Bunga
Добавлено (17.01.2012, 15:17)
---------------------------------------------
orangizda bo‘lgan bir paytda qanday qilib dindan qaytasiz?! Kim Allohga
bog‘lansa (ya’ni Uning dinini mahkam ushlasa) bas, muhaqqaqki, to‘g‘ri yo‘lga
hidoyat qilinibdi.
102. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat
musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!
103. Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va
bo‘linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne’matini eslang: bir-biringizga
dushman bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo‘ydi-yu, sizlar Uning
ne’mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do‘zax chohining yoqasida turgan
edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo‘lni topishingiz uchun Alloh sizlarga
o‘z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.
104. Oralaringizdan yaxshilikka (islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga
buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar
najot topguvchilardir.
105. Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo‘linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof
qilib, talashib-tortishgan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana undaylar uchun ulug‘
azob bordir.
106. (Qiyomat) kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari
qora bo‘lur. Endi yuzlari qora bo‘lgan kimsalarga: «Iymon keltirgandan keyin
yana dindan chiqdingizmi? Bas, kofir bo‘lganingiz kasofatiga mana bu azobni
totib ko‘ringiz», deyilur.
107. Yuzlari oq bo‘lgan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)da bo‘lib, o‘sha
joyda abadiy qolajaklar.
108. Bular Allohning oyatlaridir. Sizga ularni xaq-rost tilovat qilmoqdamiz.
Alloh barcha olamlarga (ya’ni xech kimga) zulm qilishni istamas.
109. Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Va barcha ishlar yolg‘iz
Allohga qaytarilajak.
Добавлено (17.01.2012, 15:18)
---------------------------------------------
110. (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng
yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan
qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitob ham iymon keltirganda
edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin)
ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir.
111. Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza
olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra
ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi.
112. Agar Allohning va odamlarning (ya’ni musulmonlarning) axdi panohida
bo‘lmasalar, albatta ularga qaerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi. Ular
Allohning g‘azabi bilan ketdilar va ularga bechoraxollik yozib qo‘yildi. Bunga
Добавлено (17.01.2012, 15:20)
---------------------------------------------
sabab ularning Alloh oyatlarini inkor qilishlari va payg‘ambarlarni noxaq
o‘ldirishlaridir. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor
bo‘lganlaridir.
113. (Ahli kitobning hammasi xam) barobar emas. Axli kitob orasida sajda
qilgan hollarida tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri yo‘ldagi
kishilar ham bor.
114. (O’sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi
amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga
shoshiladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandirlar.
115. Ular qilgan biron yaxshilik berkitilmaydi (ya’ni zoe bo‘lmaydi). Alloh
taqvodorlarni bilguvchidir.
116. Kufr yo‘lini tutgan kimsalarni na mollari va na bolalari Alloh tomonidan
bo‘ladigan (azobdan) qutqara olmaydi. Ana o‘shalar jahannam egalari bo‘lib,
o‘sha joyda abadiy qolajaklar.
117. Ular bu dunyoda (xo‘jako‘rsinga) qilgan infoq-ehsonlarining misoli xuddi
dinsizlik bilan o‘zlariga zulm qilgan qavmning ekiniga tegib, uni halok qilgan
sovuq shamolga o‘xshaydi. Ularga Alloh zulm qilmadi. Balki ular o‘zlariga zulm
qildilar.
I z o h . Ya’ni xuddi egalari kofir bo‘lganlari kasofati bilan ekinlarni sovuq urib
ketganidek, riyo bilan qilingan yaxshilikdan ham hech qanday foyda yo‘qdir. Har qanday
yaxshilik Alloh yo‘lida, xolis niyat bilan qilinsagina undan ajr, savob kutish mumkin.
118. Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh do‘st
tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon
holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari
og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar
aql yurgazsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik.
119. Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni
suymaydilar. Sizlar hamma kitoblarga iymon keltirasizlar-u (ular sizlarning
kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizlarga yo‘liqqanlarida: «iymon keltirdik»,
deyishadi. Uzlari xoli qolishganda esa sizlarni qattiq yomon ko‘rganlari sababli
barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muxammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan
o‘lib ketinglar!» — deb ayting! Albatta Alloh dillarni egallagan sirlarni
bilguvchidir.
Добавлено (17.01.2012, 15:21)
---------------------------------------------
119. Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni
suymaydilar. Sizlar hamma kitoblarga iymon keltirasizlar-u (ular sizlarning
kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizlarga yo‘liqqanlarida: «iymon keltirdik»,
deyishadi. Uzlari xoli qolishganda esa sizlarni qattiq yomon ko‘rganlari sababli
barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muxammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan
o‘lib ketinglar!» — deb ayting! Albatta Alloh dillarni egallagan sirlarni
bilguvchidir.
120. Agar sizlarga biron yaxshilik tegsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sabr-toqat
qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz, ularning nayranglari sizlarga hech qanday
zarar qila olmaydi. Albatta Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota
qilguvchidir.
121. (Ey Muhammad), ahli oilangiz xuzuridan chiqib, mo‘minlarni urushadigan
joylariga taxt qilib qo‘ygan paytingizni eslang! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.
Добавлено (17.01.2012, 15:23)
---------------------------------------------
I z o h . Mana shu oyatdan boshlab g‘azotlar haqida so‘z ketadi. Yuqoridagi oyatlarda
kofir, munofiqlar bilan so‘z maydonida jangu jadal borgan bo‘lsa, endi bu jangu jadal
urush maydoniga ko‘chadi. Bu oyatlarda Uxud urushi haqida batafsil so‘z yuritilib, ba’zi
o‘rinlarda Allohning mo‘minlarga qilgan marhamatini yodga solish uchun Badr jangi ham
eslab o‘tiladi. Yuqoridagi oyat Uxud urushi haqidagi qissaning boshlanishidir.
122. O’sha payt sizlarning orangizdan ikki guruh umidsizlikka tusha boshladi.
Holbuki, Alloh ularga yor edi. Bas, mo‘minlar yolg‘iz Allohgagina suyansinlar!
I z o h . Payg‘ambar alayhis-salom Uxud jangiga ming kishilik lashkar bilan chiqdilar.
Dushman qarorgohiga yaqinlashganlarida (ularning sanog‘i uch mingta edi) musulmonlar
orasiga kirib olgan Abdulloh ibn Ubay otli munofiq uch yuz nafar askar bilan jang
maydonidan qochib keta boshladi. Buni ko‘rgan Banu Salama va Banu Xorisa qabilasidan
bo‘lgan musulmonlar ham qaytmoqchi bo‘ldilar, lekin Tangrining inoyati bilan bu
qasdlaridan voz kechdilar.
123. Axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo‘lsangiz-da, sizlarni g‘olib qildi-ku. Bas,
Allohdan qo‘rqingiz! Shunda shoyad (uning ne’matlariga) shukr qilgaysiz.
124. Mo‘minlarga:«Parvardigoringiz sizlarga uch ming ko‘kdan tushirilgan
farishta bilan madad berishi kifoya qilmaydimi?» degan paytingizni eslang!
125. Yo‘q (kifoya qilur). Agar sabr qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar va
ular (kofirlar) shu onda sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoringiz sizlarga besh
ming belgili farishta bilan madad berur.
126. Bu (madadni) Alloh faqat sizlarga xushxabar bo‘lsin, deb va dillaringiz
taskin topishligi uchun qildi. Aslida g‘alaba faqat qudrat va hikmat egasi
bo‘lgan Alloh huzuridan kelur.
127. Kofirlarning bir qismini halok qilish yoki mag‘lub qilib, noumid holda
qaytarish uchun (Alloh sizlarni g‘olib qildi).
I z o h . Badr jangida nomdor pahlavonlardan yetmish kishi o‘ldirilib, yetmishtasi asir
olindi va musulmonlar g‘alaba bilan qaytdilar.
128. (Ey Muhammad), Siz uchun bu ishda (ya’ni bandalarga najot berish yoki
ularni halok qilish ishida) hech bir narsa (yani inon-ixtiyor) yo‘qdir. (Allohning
o‘zi) yo ularning tavbalarini qabul qilar yoki zolimliklari sababli azoblar.
I z o h . Bu oyat Uxud jangida payg‘ambar alayhis-salomning tishlari sinib, yuzlari
yorilganida u zot, «o‘z payg‘ambarlarining yuzini qonga bo‘yagan qavm qanday najot
topsin?» deya umidsizlikka tushganlarida nozil bo‘lgan.
129. Osmonlar va yerdagi bor narsa Allohnikidir. O’zi istagan kishining
gunohlarini mag‘firat qilur. Uzi istagan kimsani azoblar. Alloh mag‘firatli,
mehribondir.
Добавлено (17.01.2012, 15:24)
---------------------------------------------
130. Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan
sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz.
131. Va kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqingiz!
132. Alloh va payg‘ambarga itoat qilingiz. Shoyad Allohning rahmatiga
musharraf bo‘lsangiz.
133. Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lguvchi mag‘firatga hamda taqvodorlar
uchun tayyorlab qo‘yilgan (eni osmonlar va yer barobarida bo‘lgan) jannatga
shoshilingiz!
134. (U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan,
g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini)
afvetadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
135. (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki
(qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab,
gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan. — Har qanday gunohni yolg‘iz
Allohgina mag‘firat qilur, — bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom
etmaydigan kishilardir.
136. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan
daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar.
Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!
137. Sizlardan ilgari ham ko‘p yo‘llar – tajribalar o‘tgandir. Bas, yerda aylanib
yurib, Allohning dinini yolgon deganlarning oqibatlari qanday bo‘lganini bir
ko‘ringlar.
138. Bu (Qur’on) odamlar uchun to‘g‘ri yo‘lni bayon qilguvchi va taqvo egalari
uchun hidoyat va pand-nasihatdir.
139. Kufrga qarshi kurashda (sustlashmangiz) va (Uxud jangidagi mag‘lubiyat
sababli) g‘amgin bo‘lmangiz! Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar
ustun bo‘lguvchidirsizlar.
140. Agar (bugun — Uxudda) sizlarga jarohat yetgan bo‘lsa, (Badr jangida) u
qavmga ham xuddi shunday jarohat yetgan. (Toki ibrat bo‘lsin deb) va Alloh
haqiqiy iymon keltirgan kishilarni bilishi hamda oralaringdan shahidlarni
saralab olishi uchun bu kunlarni (ya’ni g‘alaba va mag‘lubiyat kunlarini)
odamlar orasida aylantirib turamiz. Alloh zolim kimsalarni sevmaydi.
141. Va toki Alloh iymon keltirgan zotlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni
halok kilish uchun (bu kunlarni odamlar orasida aylantirib turadi).
142. (Ey mo‘minlar), yoki Alloh sizlarning ichingizdan kim haq yo‘lda
kurashgan-u, kim sabr-toqat qilganini mutlaqo bilmay turib jannatga kiramiz,
deb o‘yladingizmi?!
Добавлено (17.01.2012, 15:26)
---------------------------------------------
143. O’limga ro‘baru bo‘lishingizdan ilgari uni orzu qilar edingiz. Mana endi
(ya’ni Uxudda) uni ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsiz.
144. Muhammad faqat bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar
o‘tgandir. Bas, agar u (ya’ni Muhammad alayhis-salom) vafot qilsa yoki
o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?! Kimda-kim ketiga qaytib
ketsa, Allohga biron ziyon yetkaza olmas, (balki faqat o‘ziga zarar qiladi,
xolos). Alloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib
mukofotlaydi.
145. Har bir jon faqat Allohning izni bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda
o‘ladi.
I z o h. Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: qo‘rqoqlik umrni uzaytirmaydi, shijoat
esa uni qisqartirmaydi. Har qanday tadbir-ehtiyotkorlik Tangrining qazo va qadarini
o‘zgartirmaydi. Bas, nima sababdan haq yo‘lidagi kurashdan qochmoqchi bo‘lasiz?
Kim dunyo savobini istasa (ya’ni faqat o‘lja istab jangga kirsa) unga o‘sha
istagan narsasini berurmiz. Kim oxirat savobini istasa, unga-da, istagan
narsasini berurmiz. Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz.
146. Qanchadan-qancha payg‘ambarlar o‘tganki, ular bilan birgalikda ko‘pdanko‘
p xudojo‘ylar jang qilganlar. Hamda Alloh yo‘lida o‘zlariga yetgan
mashaqqatlar sababli sustkashlik — zaiflik qilmaganlar va (dushmanlariga)
bo‘yin egmaganlar. Alloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi.
147. Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: «Parvardigoro,
gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni mag‘firat ayla, qadamlarimizni
(jang maydonida) sobit qil va bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!»
148. Bas, Alloh ularga ham bu dunyo savobini (g‘alaba va mol-davlatni) va ham
oxiratdagi go‘zal ajrni (jannatni) ato qildi. Alloh chiroyli amal qilguvchilarni
sevadi.
149. Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ortingizga (kufrga)
qaytaradilar. Bas, ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolasizlar.
150. Yo‘q, (ular sizlarning do‘stingiz emas, balki) Alloh xojangizdir. Va U zot
eng yaxshi yordamchidir.
151. (Tangri ekanligiga) hech qanday hujjat-dalil kelmagan narsani (ya’ni
jonsiz butlarni) Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning dillariga qo‘rquv
solajakmiz. Ularning borar joylari jahannamdir, zulm qilguvchilarning joylari
naqadar yomon joy!
152. Alloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira
boshladingiz. To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru
farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani
Добавлено (17.01.2012, 15:27)
---------------------------------------------
(ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning
amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi).
Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi.
So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘alaba qilish o‘rniga
mag‘lubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon
egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir.
I z o h. Rivoyat qilishlaricha, Uxud jangi boshlanishidan oldin payg‘ambar alayhis-salom
ellikta merganni tog‘ ustiga qo‘yib ularga o‘rinlaridan jilmay musulmonlarni mudofaa
qilib turishni tayinladilar. Urush boshlanishi bilanoq musulmonlarning qo‘li baland kela
boshlab, g‘alaba ko‘zlariga ko‘rinib qoldi. Shunda u merganlardan ayrimlari o‘ljasi qolib
ketmaslik uchun, ayrimlari g‘olib bo‘ldik, deb o‘ylab payg‘ambar buyurgan o‘rinlaridan
tog‘dan tushib ketishlari bilan shu tog‘ning orqasidagi pistirmada turgan dushman
askarlari orqa tarafdan to‘satdan hujum qildilar va kutilmagan hujumdan tahlikaga
tushib qolgan musulmonlar ustidan g‘alaba qildilar. Musulmonlarning payg‘ambar
farmonlarini bajarmaganlari ularni aniq bo‘lib qolgan g‘alabadan mahrum qildi. Oyatning
so‘ngida Alloh ularning bu gunohini afv etganini bayon qildi va ularni Tangriniig fazlu
marhamatidan noumid bo‘lmaslikka buyurdi.
153. (Ey mo‘minlar), hech kimga boqmay (jang maydonidan) chiqib ketgan
paytingizni eslang! Holbuki payg‘ambar ortingizda sizlarni chorlamoqda edi.
Bas (g‘alaba, o‘ljalar yanglig‘) sizlardan ketgan narsalarga va (mag‘lubiyat,
qurbonlar kabi) sizlarga yetgan narsalarga xafa — g‘amgin bo‘lmasliklaringiz
uchun Alloh sizlarga g‘am ustiga g‘am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan
xabardordir.
154. So‘ngra bu g‘amning ketidan sizlarga bir orom uyqusini tushirdiki, u
sizlardan bo‘lgan bir toifa kishilarni (ya’ni haqiqiy mo‘minlarni) qamrab oldi.
Boshqa bir toifa (ya’ni munofiqlar) esa Alloh haqida noto‘g‘ri, dinsizlarcha
badgumon qilib, o‘z jonlarining g‘amiga tushib qoldilar. Ular: «Endi biz uchun
hech qanday g‘alaba bo‘lmaydi», deyishadi. Ayting (ey Muhammad): «Butun
ish Allohning (qo‘lida)!» Ular sizga oshkor qilmaydigan narsani
(munofiqliklarini) yashiradilar. Aytadilarki, «Agar ixtiyorimiz o‘zimizda
bo‘lganida edi, bu yerlarda o‘lib ketmagan bo‘lar edik». Ayting (ey
Muhammad): «Agar uylaringizning ichiga berkinib olganingizda ham o‘ldirilishi
Alloh tomonidan hukm qilingan kishilar shubhasiz halokat joyiga kelgan bo‘lar
edilar». (Alloh bu mag‘lubiyatni) ko‘ngillaringizdagi narsani (iymon yoki
nifoqni) imtihon qilish va dillaringizdagi narsa (iymon)ni poklash uchun qildi.
Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.
155. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarning ichingizdan bo‘lgan (urush
maydonidan) qochgan kishilarni faqat shaytonning o‘zi qilgan ayrim gunohlari
sababli yo‘ldan ozdirdi. Endi Alloh ularning gunohlarini afv etdi. Albatta Alloh
mag‘firatli, haliym zotdir.
156. Ey mo‘minlar, kufr yo‘lini tutgan va boshqa yerlarga safar qilib yoki
g‘azotga chiqib ketgan do‘stlari haqida: «Agar biz bilan birga qolganlarida
o‘lmagan va o‘ldirilmagan bo‘lar edilar», deydigan kimsalarga o‘xshamangiz!
(Bu gaplarini) Alloh ularning dillaridagi hasrat qilib qo‘yadi. Axir tiriltiradigan
Добавлено (17.01.2012, 15:29)
---------------------------------------------
ham, o‘ldiradigan ham Alloh-ku?! Alloh qilayotgan amalaringizni ko‘rguvchidir.
157. Qasamki, agar Alloh yo‘lida o‘ldirilsangizlar yoki o‘lsangizlar, albatta Alloh
tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firat va rahmat ular (ya’ni munofiq, kofirlar) to‘plagan
dunyodan yaxshiroqdir.
158. Qasamki, agar o‘lsangiz ham, o‘ldirilsangiz ham, albatta Alloh xuzuriga
to‘planajaksiz.
159. (Ey Muhammad) Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga
(sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz. Agar qo‘pol, qattiq dil
bulganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar. Bas,
ularni afv eting, ular uchun Allohdan mag‘firat so‘rang va ishlaringizda ularga
maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga
suyaning — tavakkal qiling! Albatta Alloh O’ziga suyanib (ish qilguvchilarni)
sevadi.
160. Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar
sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Iymon
keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!
161. Hech bir payg‘ambar uchun (urushdan tushgan o‘ljalarga) xiyonat qilish
joiz emas. Kim xiyonat qilsa, qiyomat kunida (Allohning huzuriga) qilgan
xiyonati bilan birga kelur. So‘ngra har bir jon mazlum bo‘lmagan holida qilgan
amaliga komil jazo olgay.
162. Allohning rizoligini istagan kishi, Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan,
borar joyi jahannam bo‘lgan kimsa kabi bo‘ladimi?! Naqadar yomon oqibat bu!
163. Ular Allohning huzurida har xil daraja — manzilatlarda bo‘lurlar. Alloh ular
qilayotgan amallarni ko‘rguvchidir.
164. Albatta Alloh mo‘minlarga o‘zlaridan bo‘lgan (ya’ni odam jinsidan
bo‘lgan), ularga Allohning oyatlarini tilovat qiladigan, (gunoxlaridan)
poklaydigan hamda ularga Kitob va Hikmatni o‘rgatadigan payg‘ambarni
yuborish bilan yaxshilik qildi. Zero ular ilgari ochiq xato — zalolatda edilar.
165. (Ey mo‘minlar), agar sizlarga (Uxudda dushman tomonidan) bir musibat
yetsa — holbuki, sizlar (Badr jangida) unga ikki barobar musibat yetkazgan
edingiz — Bu balo qaydan keldi? — deysizmi?! (Ey Muhammad), ularga: «Bu
musibat — mag‘lubiyat o‘z qilmishlaringizdan», deb ayting! Albatta Alloh
hamma narsaga qodirdir.
166-167. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat Allohning izniirodasi
bilan va haqiqiy mo‘minlarni bilish uchun hamda nifoq yo‘liga kirgan
kimsalarni aniqlash uchun bo‘ldi. Ularga: «Kelinglar, Alloh yo‘lida jang qilinglar
yoki (hech bo‘lmasa bizning sanog‘imizni ko‘paytirish bilan dushmanni) daf
qilinglar», deyilsa, «Agar jang bo‘lishini aniq bilganimizda-ku sizlarning
ortingizdan borgan bo‘lar edik», deyishadi. O’sha kuni ular iymondan ko‘ra
Добавлено (17.01.2012, 15:31)
---------------------------------------------
kufrga yaqinroq edilar. Ular og‘izda ko‘ngillarida bo‘lmagan narsalarni
gapirmoqdalar. Alloh esa ularning yashirgan sirlarini juda yaxshi bilguvchidir.
168. (Ey Muhammad), o‘sha o‘zlari o‘tirib olib do‘stlari haqida: «Agar bizning
gapimizga kirib (jang qilishdan bosh tortganlarida) o‘ldirilmagan bo‘lar edilar»,
deydigan kimsalarga: «Agar aytgan gaplaringiz rost bo‘lsa, o‘zlaringdan o‘limni
daf qilinglar-chi», deb ayting!
169-170. Alloh yo‘lidagi jangda o‘ldirilgan zotlarni hargiz o‘liklar deb
o‘ylamang! Yo‘q, ular tiriklardir! U zotlar Alloh o‘z fazlu karami bilan bergan
ne’matlardan xushnud hollarida bahramand bo‘lmoqdalar va hali ortlaridan
yetib kelmagan birodarlariga hech qanday xavfu xatar yo‘qligi va g‘amgin
bo‘lmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.
171-172. Ular Alloh tomonidan bo‘lgan ne’mat va fazlu karam haqida hamda
o‘zlariga jarohat yetganidan keyin ham Alloh va rasuliga bo‘yinsungan
mo‘minlarning ajri — mukofotini Alloh zoe qilmasligi haqida xushxabar
beradilar. Ularning orasidagi chiroyli itoat qilgan va Allohdan qo‘rqqan zotlar
uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.
173. Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi
(sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida bu gap ularning
iymonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng
yaxshi ishonchli vakildir!» — dedilar.
174. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay Allohning ne’mat va fazli bilan
qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat
sohibidir.
I z o h . Yuqoridagi oyatlarda musulmonlarning Uxud jangidan keyingi ahvoli bayon
qilindi. Rivoyat qilishlaricha, mushriklar Uxudda musulmonlar ustidan g‘alaba qilib,
uylariga qaytgach, yo‘lda: «Nega ularni butunlay qirib tashlamadik?» — deb nadomat
qildilar. Bu gap rasulullohga yetib kelganida u zot mushriklarning diliga qo‘rquv solish va
ularga o‘zlarini hali kuch-kuvvatga ega ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yish uchun
musulmonlarni ularning ortidan yurishga chaqiradilar. Musulmonlar Uxud jangida ko‘p
talofot va jarohatlar olganlariga qaramay, payg‘ambarning da’vatlariga «Labbay!» deb
javob berdilar va ba’zi bir «shayton»larning «qurayshlik mushriklarning son-sanoqsiz
lashkari bor», degan vasvasalari ham ularni qo‘rqita olmadi, balki iymonlarini ziyoda
qildi, xolos. Ular payg‘ambar alayhis-salom bilan birga mushriklarning ortidan borib
Hamro al-Asad degan joyda ularga yetib oldilar. Shunda Tangri taolo mushriklarning
dillariga bir qo‘rquv soldi va ular musulmonlarga qarshi jang qilishga jur’at qila olmadilar
va musulmonlar eson-omon Madinaga qaytib keldilar.
175. Albatta o‘sha (sizlarni vasvasaga solmoqchi bo‘lgan) shaytonning o‘zidir.
U sizlarni o‘zining do‘stlaridan (kofirlardan) qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Bas, agar
mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan qo‘rqmangiz, Mendan qo‘rqingiz!
176. (Ey Muhammad), kufr — dinsizlikka shoshayotgan kimsalar Sizni g‘amgin
qilmasin! Albatta ular Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. (Faqat)
Добавлено (17.01.2012, 15:32)
---------------------------------------------
Alloh ular uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmasligini istaydi. Ular uchun ulug‘
azob bor (xolos).
177. Albatta kufrni iymonga almashtiradigan kimsalar Allohga hech qanday
zarar yetkaza olmaydilar. Ular uchun alamli azob bordir.
178. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muxlatimizni zinhor o‘zlari
uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunoxlarini ziyoda
qilishlari uchungina muxlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir.
179. Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda (ya’ni kim mo‘min-u,
kim munofiqligi ma’lum bo‘lmagan holatda) tashlab qo‘yuvchi emas. Hali u
(Uxudda munofiqlarni mo‘minlardan ajratib qo‘ygani kabi) nopokni pokdan
ajratadi. Alloh sizlarni g‘ayb ilmidan xabardor qilmadi. Lekin Alloh
payg‘ambarlaridan O’zi istagan zotlarni saylab olur (va uni g‘oyibdan xabardor)
ogoh qilur. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! Agar iymon
keltirib, Allohdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.
180. Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga
baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb
hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib
bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! (Barcha jonli-jonsiz
narsalar ketar va) osmonlaru yer meros bo‘lib Allohning o‘ziga qolur. Alloh
qila-yotgan amallaringizdan xabardordir.
181. Albatta Alloh: «Alloh kambag‘al, bizlar boymiz», degan kimsalarning
so‘zini eshitdi. Ularning aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq
o‘ldirganlarini yozib qo‘yurmiz va (qiyomat kuni) ularga: «Jahannam azobini
totib ko‘ringiz!» — deb ayturmiz.
182. Bu (azob) o‘zlaringiz qilgan gunohlaringiz sabablidir. Albatta Alloh
bandalariga zulm qilguvchi