MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 22:42 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| NAMOZNI BUZADIGAN HOLLAR
– namoz paytida gaplashish; – biror narsa yeyish yoki ichish; – o‘zi eshitadigan darajada kulish (yonidagi eshitadigan qilib kulsa, tahorat ham buziladi); – birovga salom berish yoki salomga alik olish; – qibladan boshqa tomonga burilish; – dunyoviy biror tashvish tufayli «uf» tortish, «oh-voh» deyish va yig‘lash (gunohlariga tavba qilib, Allohdan kechirishlikni so‘rab yig‘lasa bo‘ladi); – ataylab yo‘talish; — bir ruknda uch martadan ortiq begona harakat qilish (masalan: kiyimni to‘g‘rilash, qashinish va hokazo); – namozda o‘qiladigan oyatlarni ma’nosi buziladigan darajada yanglish o‘qish; – namoz o‘qilayotgan paytda tahoratning sinishi. — sajda holida ikkala oyoqni yerdan ko‘tarish.
NAMOZNING SAVOBINI KAMAYTIRADIGAN HARAKATLAR
– Barmoqlarni qisirlatish, ust-boshni o‘ynash; – ko‘zni yumish, u yoq-bu yoqqa alanglash; – rukuda «Subhana robbiyal ‘aziym»ni uch martadan kam aytish yoki umuman aytmaslik; – sajdada «Subhana robbiyal a’la»ni uch martadan kam aytish yoki hech aytmaslik; – qibla, o‘ng tomon va sajdagohda jonli narsalar suratining bo‘lishi; – yo‘l ustida egasi rozi bo‘lmagan bir joyda namoz o‘qish; — sajda holida bir oyog‘ini yerdan ko‘tarish.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |