MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:20 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| Bismillahir rohmanir rohiym! Alloh taolo marhamat qiladi: Sizga Rasul nimani bersa oling va sizni U zot nimadan qaytarsa, qayting. Ulug' Alloh rost so'zlaydi
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra ado etgan odamni Alloh ne'matlantirsin" Imom Ahmad rivoyat qilgan.
Assalamu alaykum wr wb! Mana siz azizlarni duolaringiz bilan yana bir hayrli ishga qo'l urish arafasidamiz. Bu bo'limda Rosululloh sollalohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan Hadisi Shariflarni roviylari va sharhlari hamda undan olinadigan foydalar haqida Alloh taolo qodir qilganicha yoritib borishga harakat qilamiz. Bu borada ham ko'ngillarda shubha qolmasligi uchun, ishonchli manbaalarga suyangan holda harakat qilishimizni ham ta'kidlab o'tishimiz lozim. Siz o'quvchilardan istagimiz esa, ortiqcha va keraksiz gap so'zlar qoldirilmasa, mavzuga halaqit beradigan qo'shimcha mavzular joylanmasa deymiz. Siz bu bilan Hodimlarga emas, Islomga nisbatan o'z ehtiromingizni ko'rsatgan bo'lasiz. Va eng asosiysi esa, doimgidek siz azizlarni duolarizga judayam judayam muhtojmiz! Alloh taolo bu ishimizni ham hayrli va bardavom aylasin! Savobini esa barchamizga barobar ziyodasi bilan bersin! Zero faqat Ugina Shakur bo'lgan Zotdir!
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: Hikmatli kalima huddi mo’minni yo’qotgan narsasidek, mo’min uni qayerda topsa ham haqliroqdir”, deganlar. Boshqa bir rivoyatda: “Kim talabi ilm qilsa o’tgan narsalariga kafforot bo’lur” deyilgan.
Sharh: Bu hadisi sharif ham Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda. Hadisi sharifdagi “hikmatli kalima”dan murod foydali ilmdir. Hikmat- ilm ekani hammaga ma’lum. O’sha hikmat bir kalima bo’lsa ham mo’min kishi uni olishga urinishi lozim. “Hikmatli kalima huddi mo’minni yo’qotgan narsasidek” Ya’ni, foydali ilm bir kalima bo’lsa ham mo’min uni huddi yo’qotib qo’ygan narsasini izlab yurgandek izlashi kerak. “Mo’min uni qayerda topsa ham haqliroqdir” Ya’ni, bir kalima bo’lsa ham ilmni mo’min qayerdan topishidan qati’y nazar olishi zarur. Bu hadisi sharifda mo’min inson ilmga doimo talabgor bo’lishi, qayerdan topsa ham uni olishga harakat etishi lozimligi bayon qilinmoqda. Shuning uchun ham ulamolarimiz aqida va din ilmidan boshqa ilmlarni g’ayridinlardan ham bo’lsa olish mumkinligini qattiq tayinlaydilar. Musulmon inson o’z aqidasi va dinini mahkam tutgan holida o’zi uchun, jamiyat va elu-yurti uchun foydali ilmlarni g’ayridin kishilardan, g’ayridin yurtlarda ham olishi mumkin. Ilmni qayerdan olishning farqi yo’q. Albatta, musulmon yurtida, musulmon olimlardan ilm olish yahshi. Ammo musulmonlar uchun, el-yurt uchun kerakli g’ayridindan olmayman , deb o’rganmay yurish mutlaqo noto’g’ri ekani ushbu hadisi sharifdan ham ko’rinib turibdi.
Ming afsuslar bo’lsinkim, boshqa islomiy ta’limotlar qatori, ushbu hadisi sharifga bugungi hayotimizda kam amal qilmoqdamiz. Boshqalar ilm sohasida g’oyat katta yutuqlarga erishgan bo’lishlariga qaramay, bizning yurtlarimizga kelib, tarihimizni, asori-atiqalarimizni, ilmiy me’roslarimizni va boshqa narsalarimizni o’rganayotgan bir paytda hayotimizning ko’plab sohalarida o’zimizdan yetarli mutahassislar tayyorlashga urinmayotirmiz. Yurtimizda ko’pchilik muhim sohalar ilmga rag’batsizligimiz oqibatida o’zgalarga topshirib qo’yilgan. Ba’zi bir ilmga uringanlarimiz esa, dindan behabar bo’lganlaridan, kimni oldida ilm o’rgangan bo’lsalar, o’shaning e’tiqodi, urf-odati va hayot tarzidan ta’sirlanib, o’shalar izmiga tushib qolganlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kalima ilmni ham huddi yo’qotgan narsamizni izlaganimizdek izlashimizni amr qilgan bo’lsalar ham, bizda umuman ilmga qiziqish yo’q. Butun boshli ilmlar bo’yicha yetarli mutahassislarga ega emasmiz.
Taraqqiyotdan orqada qolishimizning sababi ham shunda! Ilm-ma’rifatdan, madaniyatdan orqada qolishimizning sababi ham shunda!
Mantiqan qaraganda ilm sohasidagi qoloqligimiz boshqalardan ko’ra ko’proq ilmga urinishimiz lozimligini taqozo qiladi. Voqe’likda esa buni teskarisi bo’lmoqda. Boshqa taraqqiy etgan halqlar yil sayin, oy sayin ilmga ko’proq mablag’ sarflab, ilmdan yana ham ko’proq foyda olishga urinayotgan bir paytda biz musulmonlar befoyda narsalarga keragidan ortiq mablag’ va kuch sarflab, ilmga esa kerakli narsani ham ajratmayapmiz. Ilm uchun qilinayotgan hamma ishlar ho’jako’rsingadir.
Islom yurtlarida ilmiy saviyani o’quv yurtlarini soni va nomiga, talabalarning adadiga qarab o’lchash odat bo’lib qolmoqda. Bu esa ojizlik alomatidir. “Bizda faloncha dorilfunun bor, aholini falon foizi talaba”, deyish bilan nima foyda topiladi? Aslida esa, limning saviyasi uning jamiyatga keltirayotgan foydasiga qarab belgilanadi. Boshqalar har bir ilmdan inson uchun, insonning yahshi yashashi uchun foyda olish bilan band bo’lib turgan bir paytda biz savodhonlikni ilm deb yuribmiz. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qayerda bo’lsa ham ilm olishimiz zarurligini qattiq tayinlaganlariga qaramay, biz o’zimizda bor ilmlarni ham yo’qotib, buyuk bobolarimiz qoldirgan ilmiy me’rosni boshqalar qo’liga topshirib qo’ymoqdamiz.
Agar biz haqiqiy taraqqiyotga erishmoqchi, dunyoning peshqadam halqlari safiga qo’shilmoqchi bo’lsak, ilmga munosabatimizni Islom ta’limotlari asosida tamoman o’zgartirishimiz lozim. Foydali bo’lgan bir kalima ilmni ham o’zimiz yo’qotib qo’yib, izlab yurgan narsamizdek, deb bilishimiz kerak. Uni qayerda topsak ham boshqalardan ko’ra o’zimiz haqli ekanimizni bilishimiz kerak. Ana o’shandagina ushbu hadisda vasf qilingan mo’minlik sifatiga ega bo’lamiz.
Endi boshqa bir rivoyatda kelgan ma’noni diqqat bilan o’rganaylik. Unda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim talabi ilm qilsa, o’tgan narsalarga kafforot bo’lur”, demoqdalar. Talabi ilm ibodat ekanini bilar edik. Talabi ilm savob ish ekanini bilar edik. Endi esa, talabi ilm ba’zi o’tgan gunohlarni yuvilishiga ham sabab ekanini bilib olmoqdamiz. Bu narsa Islom dini talabi ilmga qanchalik ahamiyat berishini yana bir bor ko’rsatadi. Gunohga yo’l qo’ymagan banda yo’q. Demak, har bir banda o’z gunohini yuvilishiga muhtoj. Tavba bilan, boshqa ibodatlar bilan gunohlar yuvilib turadi, ammo ba’zi birlari talabi ilm bilan yuviladi. Ana o’sha gunohlarimizni yuvilishi uchun ham talabi ilm qilishimiz kerak. Bundan hechkimga emas, faqat o’zimizga foyda keltiramiz holos. Ha, ilm talabida bo’lsak gunohlarimiz albatta yuvilajak!
Davomi bor InshaAlloh...
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |