MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:03 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| FALAQ SURASI Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir. Ushbu va bundan keyingi sura «Al-Muavvazatayn», ya’ni «ikki panoh so‘ralguvchi sura» deb ham ataladi. Chunki har ikki surada Alloh taolo payg‘ambar alayhis-salomga va barcha mo‘minlarga yeru osmondagi barcha yomon narsa va hodisalardan yolg‘iz O’ziga iltijo qilib panoh so‘rashlarini ta’lim beradi. Bu sura o‘zining ilk oyatidagi so‘z bilan «Falaq — Tong» deb nomlangandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1-2-3-4-5. (Ey Muhammad), ayting: «Men tong Parvardigoridan (menga) O’zi yaratgan narsalarning yomonligidan; zulmatga cho‘mgan kechaning yomonligidan, tugunlarga dam solguvchi (jodugar)larning yomonligidan va hasad qilayotgan hasadgo‘yning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman».
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |