MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:07 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| KOFIRUN SURASI Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, olti oyatdir. Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini ko‘rib, xavotirga tushib qolgan kofirlar payg‘ambar alayhis-salomni ham, sahobalarni ham bu To‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish g‘arazida u kishining oldilariga kelib: «Ey Muhammad, kel, bizlar sening xudoyingni tan olib, unga ham ibodat qilaylik, sen ham o‘z xudoyingga qo‘shib, bizlarning butlarimizga ham sig‘ingin», deyishganida nozil bo‘lgandir. Bu suradan ko‘zda tutilgan maqsad – Payg‘ambar alayhis-salomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolg‘iz Alloh taologagina ibodat qilishga da’vat etishdir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey Muhammad), ayting: «Ey kofirlar!
2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.
3. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.
5. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
6. Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinim o‘zim uchundir!»
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |