MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:08 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| KAVSAR SURASI Uch oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil qilingandir. Qur’oni Karimdagi eng ixcham sura bo‘lgan bu surada payg‘ambar alayhis-salomga xitob qilinib, Alloh taolo u kishiga ato etgan buyuk ne’mat — jannatdagi Kavsar hovuzi zikr etiladi va bu bilan birga ana shunday ilohiy mukofotga yetishning barcha vositalari — Qur’on, payg‘ambarlik ato etilgani ta’kidlanib, hazratni bunday ilohiy marhamatning shukronasi uchun namoz o‘qishga va qurbonliq qilishga da’vat etiladi. So‘nggi oyatda esa kimda-kim payg‘ambar alayhis-salomni yomon ko‘rib, dushmanlik qilsa, ana o‘sha kimsa benomu nishon yo‘q bo‘lib ketishi haqida bashorat beriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey Muhammad), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik.
2. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonlik) so‘yib-qurbonliq qiling!
3. Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni benomubenishon bo‘lib ketguvchidir)!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |