MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:10 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| MOUVN SURASI Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U yetti oyatdir. Bu surada dinning mohiyati haqida so‘z yuritilib, ayrim o‘zlarini dindor hisoblab yurgan, lekin atroflaridagi yetim-g‘ariblarga dilozorlik qiladigan, bechora-miskinlarning holidan xabar olmaydigan kimsalarni dinni (ya’ni qilingan har bir ish-amal uchun oxiratda hisobkitob, jazo bor ekanini) inkor qilguvchilar deb ataladi. Shuningdek, bu surada o‘zlari yolg‘iz bo‘lganlarida namoz o‘qishni «unutib» qo‘yadigan va faqat el ko‘rsinga namozxon bo‘lgan hamda qo‘ni-qo‘shni, hamsoyalardan odatda o‘rtada ishlatiladigan eng arzimas ro‘zg‘or buyumlarini ham ayaydigan riyokor va xasis kimsalar haqiga duoyi bad qilinadi va bu bilan yetim bechoralarga mudom yordam qo‘lini cho‘zadigan, toat-ibodatini yolg‘iz Yaratganning rizoligini ko‘zlab, beriyo qiladigan xayrsaxovatli zotlargina haqiqiy mo‘min-musulmonlar ekanligi ta’kidlanadi. Suraning nomi bo‘lmish «Mo’un» kalimasi — idish-tovoq, bolta-tesha kabi mayda ro‘zg‘or buyumlari degan ma’nolarda keladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Dinni (oxiratdagi jazoni) yolg‘on, deydigan kimsani(ng qanday kimsa ekanligini) ko‘rdingizmi — bildingizmi?
2-3. Bas, bu yetim-esirni (qo‘pollik bilan) haydab soladigan va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir.
I z o h. Ya’ni kimki “iymon keltirganman” desa-yu, ammo yetim-esirning haqqidan qo‘rqmasa; bechora-miskinlarning boshini silab mehribonlik qilmasa, u dinni inkor qilguvchi kimsalar bilan barobardir.
4-5. Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki.
6-7. Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |