MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:12 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| FIL SURASI Bu sura besh oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir. U Ka’batullohni vayron qilish g‘arazida kelganlari sababli Alloh taoloning g‘azabiga uchrab halok bo‘lgan «Ashobi fil — Fil mingan lashkarlar» haqida so‘zlaydi. Bu voqea Tangri taoloning eng so‘nggi va eng suyukli payg‘ambari Muhammad alayhis-salom tavallud topgan milodiy 570 yilda ro‘y bergan bo‘lib, sanoqsiz lashkar bilan, qudratli fillarga minib, Allohning uyini buzish uchun Yaman hokimi Abraxa boshchiligida bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo O’zining ojiz maxluqlari bo‘lmish qushlar tumshuqlarida keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va Ka’batullohni yaqinda tug‘ilajak payg‘ambar Muhammad alayhis-salom uchun, kelajak yangi din, yangi ummat uchun saqlab qoladi. Keyin, hazrat dunyoga kelib, voyaga yetgach va u kishiga Qur’on oyatlari nozil bo‘la boshlagach, o‘sha ilohiy mo‘‘jiza to Qiyomatgacha Ka’batulloh tomon yuzlanib ibodat qilguvchi mo‘minlarga ibrat, Allohning diniga qarshi turguvchi kofirlarga esa bir achchiq saboq bo‘lishi uchun u haqda mana shu surai karima nozil qilindi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini ko‘rmadingizmi?
2. U zot ularning (Ka’batullohni vayron qilish uchun qo‘llagan barcha) hiylanayranglarini barobod qilmadimi?
3-4. U zot ularning ustiga sopoldan bo‘lgan toshlarni otadigan to‘p-to‘p qushlarni yuborib,
5. Ularni (qurt-qumursqalar tomonidan) chaynab tashlangan somon kabi (ilmateshik) qilib yubordi!
I z o h. Rivoyat qilinishicha, qushlar tomonidan otilgan har bir tosh bir kofirning boshidan teshib kirib, ostidan chiqib ketgan ekan.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |