MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:13 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| HUMAZA SURASI To‘qqiz oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil bo‘lgandir. Unda to‘plagan mol-dunyolari bilan quvonishib, o‘sha mollari o‘zlarini har qanday baloofatdan saqlaydi, deb o‘ylaydigan va hadlaridan oshib birovlarning obro‘larini to‘kib yuradigan g‘iybatchi-bo‘htonchi kimsalar albatta do‘zax azobiga duchor qilinishlari haqida so‘z yuritiladi, Suraning nomi bo‘lmish «Humaza» so‘zi «Bo‘htonchi» degan ma’noni anglatadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay.
2-3. Ki, u (topgan) mol-dunyosi o‘zini mangu (o‘lmaydigan) qilib qo‘ygan, deb o‘ylagan holida (faqat) mol to‘plagan va o‘sha (mol-dunyo)ni hisob-kitob qilib (biron savobli ishga sarflamasdan) yurgan kimsadir.
4. Yo‘q, (uning bu hisob-kitobi bekordir)! Qasamki, albatta u chilparchin qilguvchi (do‘zax)ga tashlanur!
5. (Ey inson), chilparchin qilguvchi nima ekanligini sen qaerdan bilar eding?!
6-7. (U) Allohning yoqib qo‘yilgan bir olovidirki, (o‘z alangasi bilan badanlarni teshib o‘tib) yuraklarga qadar yetur!
8-9. Albatta (u kofirlar) uzundan-uzun ustunlarga (zanjirlar bilan) bog‘lab qo‘yilgan hollarida olov ularning ustida qoplanib qolguvchidir (ya’ni, na ular jahannam qa’ridan qutulib chiqa olurlar va na ular nafas olishlari uchun bir yutum toza havo qilur)!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |