MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:15 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| QORIA SURASI Makkada nozil qilingan bu sura ham o‘n bir oyatdan tashkil topgandir. Bu surada ham Qiyomat dahshatlari tasvirlanib, u Kunda har bir inson o‘z qilmishiga qarab mukofot yoki jazoga mustahiq bo‘lishi haqida xabar beriladi. Suraning nomi bo‘lmish «Al-qori’a» kalimasi «Qalblarni qattiq qoqquvchi (Qiyomat)» degan ma’noni anglatadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (O’z dahshatlari bilan kishilar qalbini) qattiq qoqquvchi (Qiyomat)!
2. U qattiq qoqquvchi nedur?!
3. (Ey inson), qattiq qoqquvchi (Qiyomat) nima ekanligini sen qaerdan bilar eding?!
4. U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qolurlar! (Ya’ni qabrlaridan chiqishib, Qiyomat dahshatidan o‘zlarini har yonga urib-to‘zib ketadilar)!
5. Tog‘lar esa titilgan jun kabi (osmonda uchib yuradigan) bo‘lib qolur!
6-7. Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana o‘sha (har bir inson) rozi bo‘ladigan - orzu qiladigan hayotda bo‘lur.
8-9. Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir!
10. Uning nima ekanini qaerdan ham bilar eding?!
11. (U) qizigan do‘zaxdir!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |