MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:15 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| ODIYOT SURASI Makkada nozil qilingan bu sura o‘n bir oyatdan iboratdir. Bu surada Alloh taolo yo‘lida jihod qilguvchi zotlar jangga minib boradigan uchqur otlarga qasamyod qilish bilan dinsiz-e’tiqodsiz insonlar albatta Yaratgan o‘zlariga ato etgan ne’matlarga noshukurlik qilguvchi, ashaddiy dunyoparast bo‘lishlari ta’kidlanadi va Tangri taolo barcha ishlardan xabardor bo‘lib turishi, demak biron yomonlikni bejazo qoldirmasligi uqtiriladi. Sura o‘zining ilk oyati bilan «Val-Odiyat — Chopqir otlarga qasam», deb nomlangandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1-2-3-4-5. (Alloh yo‘lida) xarsillab chopadigan, (chopgan paytida tuyoqlaridan) chaqmoqlar chaqadigan, tong paytida (yov ustiga) bostirib boradigan, bas, o‘shanda chang-to‘zon ko‘tarib, shu (chang-to‘zon) bilan (dushman) jamoasining o‘rtasiga kirib keladigan (ot)larga qasamki.
6. Shak-shubhasiz (kofir) inson Parvardigori (unga ato etgan ne’matlar)ga ko‘rnamaklik qilguvchidir.
7. Va shak-shubhasiz u bunga (o‘zining bu noshukurligiga) guvohdir.
8. Va shak-shubhasiz u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (berilguvchi)dir.
9. Axir u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo‘lib), qabrlarning ichidagi narsalar (jasadlarga qayta jon ato etilib, tashqariga) chiqarilganida,
10. Va dillardagi sirlar oshkor qilinganida,
11. Ana o‘sha Kunda shak-shubhasiz Parvardigorlari ulardan (ya’ni barcha xaloyiqning hayoti dunyoda qilib o‘tgan ishlaridan) ogoh-xabardor-ku!
I z o h. Bu oyatlarda Qiyomat kunida barcha sirlar oshkor bo‘lishini eslatish bilan har bir inson o‘z hayotini o‘sha Kunda sharmanda bo‘lib qolmaydigan tarzda o‘tkazishi lozim ekanligi uqtirilmoqda.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |