MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:10 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| ZALZALA SURASI Sakkiz oyatdan iborat bu sura ham Madinada nozil bo‘lgandir. «Zalzala» (Zilzila) deb nomlangan bu sura dastlab Qiyomat qoyim bo‘lgan kunda zamin zilzilaga tushib, titrabyorilib, tilga kirishi haqida hikoya qiladi. So‘ngra u Kunda hayoti-dunyoda qilib o‘tilgan bir zarra misoli yaxshilik ham, yomonlik ham bejazo qolmasligi bayon qilinadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1">1. Qachon yer o‘zining (eng dahshatli) zilzilasi bilan larzaga tushganida.2. Va yer (o‘z bag‘ridagi xazinayu-dafinalardan va inson jasadlaridan iborat) «yuk»larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida.3. Va (hayotlik paytida qayta tirilishni inkor qilguvchi bo‘lgan) inson (qayta tirilganidan dahshatga tushib: «Yerga» nima bo‘ldi o‘zi?) deb qolganida,4-5.Ana o‘sha Kunda yer, Parvardigoringiz unga vahiy qil(ib, so‘zlashga buyur)gani sababli o‘z xabarlarini so‘zlar!I z o h. Sahobalardan Abu Hurayra (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhis-salom yerning xabarlari nima ekanligi haqida so‘zlab: «Yerning xabarlari — har bir erkagu-ayol uning ustida qanday amal qilgan bo‘lsa, barchasini Alloh taolo huzurida so‘zlab, guvohlik berishidir», degan ekanlar.6. O’sha Kunda odamlar, ularga (qilib o‘tgan amallari)ning jazo yoki mukofotlari ko‘rsatilishi uchun to‘da-to‘da bo‘lib chiqib kelurlar!7. Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur.8. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |