MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:11 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| BAYYINA SURASI Bu sura Madinada nozil qilingan. U sakkiz oyatdir. Bu surada so‘z ahli kitoblardan bo‘lgan yahudiy va nasroniylarning hamda mushriklarning kirdikorlari haqida; yolg‘iz Alloh taoloning O’ziga ixlos bilan ibodat qilish lozimligi to‘g‘risida va oxiratda kofirlar duchor bo‘ladigan azob hamda iymon va yaxshi amal bilan o‘tgan zotlarga muyassar qilinadigan mangu baxt xususida boradi. Suradan Payg‘ambar alayhis-salom Alloh taolo tomonidan yuborilgan aniq hujjat ekanliklari haqidagi oyatlar ham o‘rin olgani sababli bu sura «Bayyina — Aniq hujjat», deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Axli kitobdan va mushriklardan bo‘lgan kofir kimsalar to ularga ochiq hujjat kelgunicha (kufrdan) ajraguvchi bo‘lmadilar.2-3. (U ochiq hujjat) Alloh tomonidan (yuborilgan) bir payg‘ambar (ya’ni Muhammad alayhis-salom bo‘lib, ularga) ichida eng to‘g‘ri yozuvlar – hukmlar bo‘lgan pokiza sahifalarni (ya’ni Qur’onni) tilovat qilur.I z o h. Alloh taoloning so‘nggi, mukammal dini bo‘lmish Islom dini kelishi arafasida Tavrot, Injil kabi avval nozil qilingan kitoblar berilgan yahudiy va nasroniylar ham, butparast mushriklar ham kufr botqog‘iga botib qolishgan, ahli kitoblar Tavrot va Injilda kelishi aytilgan bir payg‘ambarga ko‘z tutayotgan edilar. Qachonki ular kutgan hujjat — payg‘ambar alayhis-salom tillarida Allohning kalomi Qur’on bilan kelganlarida esa...4. Kitob ato etilgan kimsalar faqat ularga ochiq hujjat — payg‘ambar kelganidan keyingina bo‘linib ketdilar (ya’ni ayrimlari o‘sha o‘zlari kutgan payg‘ambarga iymon keltirdilar, ayrimlari esa unga kofir bo‘ldilar)!5. Holbuki ular faqat yagona Allohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, To‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (millatning) dinidir.6. Albatta ahli kitobdan va mushriklardan bo‘lgan kofir kimsalar jahannam o‘tida bo‘lib, o‘sha joyda mangu qolurlar! Ana o‘shalar eng yomon maxluqdirlar.7. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar — ana o‘shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidirlar.8. Parvardigorlari huzuridagi ularning jazo-mukofotlari – ostidan daryolar oqib turadigan mangu jannatlardir. Ular o‘sha joyda abadul-abad qolguvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo‘ldi, ular xam (Allohdan) rozi bo‘ldilar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo‘rqqan kishi uchundir.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |