MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:14 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| TIYN SURASI Bu sura sakkiz oyatdan tashkil topgan bo‘lib, Makkada nozil qilingan. Unda Alloh taolo yaratgan eng go‘zal va mukammal xilqat inson ekanligi, lekin ayrim kimsalar kufru-isyon botqog‘iga botib, pastlarning pastiga aylanib qolishlari, bu hayotidunyodan iymon va ezgu amallar bilan yashab o‘tgan insonlar esa beadoq ajrmukofotlarga ega bo‘lishlari haqida so‘z boradi. Sura o‘zining ilk oyati bilan «Va-t-Tiyn — Anjir mevasiga qasam», deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Anjirga qasam, zaytunga qasam.2. (Alloh taolo Muso payg‘ambar bilan bevosita so‘zlashgan) Sino tog‘iga qasam.3. Mana shu tinch-osoyishta shahar (Makkai mukarrama)ga qasamki.4. Darhaqiqat Biz insonni eng go‘zal shaklu shamoyilda yaratdik.5. So‘ngra (u Biz ato etgan shunday go‘zal surat va mukammal xilqatning shukrini qilmasdan, kufru tug‘yon yo‘liga ketgach), uni asfala-sofilinga (ya’ni eng tuban do‘zaxga) qaytardik.6. Faqat (qay) bir zotlar iymon keltirsalar va yaxshi amallar qilsalar, ana o‘shalar uchun bitmas-tuganmas ajr-mukofot bordir.7. Bas, (ey inson), endi (ya’ni Alloh taoloning barcha narsaga qodir zot ekanligini bilganingdan so‘ng) nima seni (Qiyomat kunida bandalarning qilib o‘tgan amallariga beriladigan) jazoni yolg‘on deyishga majbur qilur?!8. Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?! (Darhaqiqat Alloh taolo Qiyomat kunida eng odil hukm qilguvchidir).
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |