MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:15 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| SHARH SURASI Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, sakkiz oyatdir. U ham o‘zidan avvalgi sura kabi boshidan oxirigacha Payg‘ambar alayhis-salomga xitob bo‘lib, Tangri taolo tomonidan u zotga ato etilgan fazl-marhamatlar zikr qilinadi va u zotni mashaqqatlarga sabr-toqat qilishga hamda Alloh taoloning ibodatiga mudom rag‘bat ko‘rsatishga da’vat etiladi. Suraning nomi bo‘lmish «Sharx» kalimasi «Ochmoq, keng qilmoq» degan ma’noni anglatadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. (Ey Muhammad), Biz sizning qalbingizni (iymon va Qur’on nuri bilan) kengmunavvar qilib qo‘ymadikmi?2-3. Va Biz sizdan yelkangizni ezib turgan og‘ir yukingizni olib qo‘ydik.I z o h . Mazkur og‘ir yukdan murod Payg‘ambar alayhis-salom yo‘l qo‘ygan va yo‘l qo‘yadigan — munofiqlarning jihodga chiqmasliklariga izn berishlari, oldilariga kelgan ko‘zi ojiz sahobaga qovoq uyganlari kabi kichik xatolar ediki, bular mudom og‘ir yuk bo‘lib Payg‘ambarimizning yelkalarini ezib turar edi. Ushbu oyatlar bilan Alloh taolo O’zining habibi va so‘nggi payg‘ambariga u kishining bu yanglig‘ kichik xatolari afv etilgani xususida xabar bermoqda. Endi quyidagi oyatda Rasulullohga ato etilgan yana bir fazli ilohiy haqida so‘z boradi.4. Va Biz sizning zikringizni (ya’ni martabangizni) baland qilib qo‘ydik.I z o h . Darhaqiqat har bir mo‘min-musulmon qaerda Allox taoloning nomini yod etib, U zotni ulug‘lasa, albatta U zot bilan birga payg‘ambari Muhammad alayhis-salomning nomlarini ham zikr qilib, u kishiga salavot va salom aytadiki, bu martabayi oliya Payg‘ambarimizdan o‘zga hech kimga nasib etgan emas.5. Bas, albatta har bir og‘irlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.6. Albatta har bir og‘irlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.I z o h. Agar muhtaram o‘quvchi e’tibor bergan bo‘lsa, yuqoridagi oyatlarda har bir mashaqqatdan keyin emas, balki ayni o‘sha mashaqqat bilan birga yengillik borligi ikki bor ta’kidlanadi. Buni ikki xil ma’noda tushunish mumkin: Birinchisi — har bir qiyinchilikdan keyin shu qadar tez osonlik keladiki, go‘yo ular ikkisi birga, yonma-yon turgandek bo‘ladi. Bas, demak, qiyinchilikka ro‘baru kelganda, noumidlikka tushishning aslo hojati yo‘q. Ikkinchi ma’no – bir kishining boshiga iymon, e’tiqodi sababli biron og‘irlik tushsa, u kishi hargiz bundan ranjimasligi lozim. Zero u oxiratdagi osonlikka — mangu saodatga ayni mana shu dunyoda tortayotgan qiyinchiligi sharofati bilan, ya’ni mana shu qiyinchilikka sabr-toqat qilgani sababli erishishi mumkin. Demak u kishi tortayotgan muvaqqat mashaqqatning o‘zida uning uchun mangu baxt-saodat bor ekan.7. Bas, (ey Muhammad), qachon siz (kishilarni Haq yo‘liga da’vat qilishdan) forig‘ bo‘lsangiz (o‘rningizdan) turing.8. Va yolg‘iz Parvardigoringizga yuzingizni buring!
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |