MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:17 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| SHAMS SURASI Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U o‘n besh oyatdir. Bu surada Alloh taolo O’zi yaratgan bir qancha mavjudotga va O’z zotiga qasam bilan o‘z jonini iymon bilan pok tutgan kishi najot topishi, uni kufr bilan xor qilgan kimsa esa nomurod bo‘lishi haqida xabar beradi. So‘ngra ana shunday halokatga uchragan qavmlardan Samud qabilasi misol qilib keltiriladi. Sura o‘zining ilk oyati bilap «Vash-Shams — Quyoshga qasam», deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Quyosh va uning yog‘dusiga qasam.2. U (quyosh)ning ortidan kelgan oyga qasam.3. U (quyoshni olamga) oshkor qilgan kunduzga qasam.4. U (quyoshni o‘z zulmati bilan) o‘rab-yashirgan kechaga qasam.5. Osmonga va uni bino qilgan zotga qasam.6. Yerga va uni yoyib-tekis qilib qo‘ygan zotga qasam.7-8. Jonga va uni raso qilib-yaratib unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib - o‘rgatib qo‘ygan zotga qasamki.9. Darhaqiqat uni (ya’ni o‘z nafsini - jonini iymon va taqvo bilan) poklagan kishi najot topdi.10. Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko‘mib xorlagan kimsa nomurod bo‘ldi.I z o h . Sahobalardan Abdulloh ibn Abbos tomonidan (Alloh u kishilardan rozi bo‘lsin) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar alayhis-salom qachon yuqoridagi oyatlarni tilovat qilsalar, bir to‘xtab Tangri taologa bunday duo qilar ekanlar: «Allohim, O’zing nafsimga — jonimga taqvo ato etgin, o‘zing uning egasi — hojasisan va O’zing uni eng yaxshi poklaguvchisan». Endi quyidagi oyatlarda Samud qabilasining kirdikorlari bayon qilinadi. Ular o‘zlariga yuborilgan Payg‘ambar Solih alayhis-salomni yolg‘onchi qilishib, u zotdan mo‘‘jiza talab qilganlarida Solih alayhis-salom Alloh taoloning qudrati bilan bir xarsang toshni tirik tuyaga aylantirib qo‘yadilar va Samud qabilasining odamlariga u tuyaga biron ziyonQur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi zahmat yetkazmasdan, navbati kelganda, sug‘orib turishni buyuradilar va aks holda halokatga uchrashlari haqida ogohlantiradilar. Lekin u kofirlar Payg‘ambarning ustidan kulishib, tuyani so‘yib tashlaydilar va oqibatda barchalari halok bo‘ladilar. (Biz bu hodisa haqida avvalgi suralarning izohlarida ham aytib o‘tgan edik).11. Samud (qabilasi) haddan oshganlari sababli (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilishdi.12. Eslang, ularning eng badbaxtlari (tuyani so‘yish uchun) qo‘zg‘alganlarida,13. Allohning payg‘ambari (Solih alayhis-salom) ularga: «Allohning tuyasi(ni so‘yib yuborish)dan va uni sug‘orish(ga to‘siq bo‘lish)dan saqlaninglar!» dedi.14. Bas, ular (Payg‘ambarni) yolg‘onchi qilishib, u (tuya)ni so‘yib yuborgan edilar, Parvardigorlari o‘zlarining gunoxlari sababli ustlariga qirg‘in yuborib, uni (qirg‘inni barchalariga) barobar qildi.15. (Zotan Alloh taolo bu ishining) oqibatidan qo‘rqmas!I z o h. Ya’ni yeru osmonlardagi barcha mavjudot Alloh taoloning O’z mulki bo‘lgani sababli U zot O’z mulkini o‘zi xohlagandek tasarruf qiladi va bu tasarrufi xususida hech kimning oldida hisob-kitob bermaydi. Aksincha, butun borliq U zotning huzurida hisobkitob beradi.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |