MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:27 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| TAKVIR SURASI Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, yigirma to‘qqiz oyatdir. U Qiyomat qoyim bo‘lganida butun Koinotda ro‘y beradigan dahshatli inqilob — o‘zgarishlar tasviri bilan boshlanib, ana o‘sha Kunda har bir jon o‘z hayotida qanday amallar qilib o‘tganini bilib, iqror bo‘lishi haqida xabar beriladi. So‘ngra Alloh taolo O’zi yaratgan bir necha mavjudot nomiga qasam bilan Qur’oni Karim farishta Jabroil keltirgan Ilohiy so‘z ekanini va ushbu Kalomullohning biron oyatini qoldirmasdan insonlarga yetkazib berayotgan Muhammad alayhis-salom majnun emasliklarini ta’kidlaydi. Sura davomida insonlarga xitob qilinib, ulardan qo‘llarida Haq yo‘lini ko‘rsatib turgan shunday buyuk Kitob mavjud bo‘la turib, o‘zlari uchun yana qanday yo‘l axtarib ketayotganlari so‘raladi. Sura Qiyomat kunida butun yer yuzini yoritib va isitib turadigan quyosh ham o‘ralib, nursizlanib qolishi xususidagi oyat bilan boshlangani sababli «Takvir — O’ralish» deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Quyosh o‘ralib (nursizlanib) qolganida.2. Yulduzlar ham (o‘z falaklaridan) to‘kilganida.3. Tog‘lar ham (o‘z joylaridan) jildirilganida.4. (Qornidagi bolasi) o‘n oylik bo‘lgan bo‘g‘oz tuyalar ham bo‘sh qo‘yib yuborilganida.5. Vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to‘planib qolganida.6. Dengizlar (tandir kabi) qizitilganida (va suv o‘rniga olov bilan to‘lganida).7. Jonlar (qaytadan badanlarga) juftlanganida.8-9. Tiriklay ko‘milgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli o‘ldirilgani so‘ralganida.10. (Nomai a’mol) sahifalari ochilganida.11. Osmon (erning ustidan) sidirib olinganida.12. Do‘zax (kofirlar uchun) lovullatib yoqilganida.13. Jannat (taqvodor zotlarga) yaqin qilinganida.14. (ana o‘sha Kunda har bir) jon o‘zi (mana shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) bilur!I z o h . Mazkur oyatlarda Qiyomat kunida ro‘y beradigan o‘n ikki hodisa haqida xabar berildi. Demak, u Kunda kechayotgan dahshatning ziyodaligidan quyoshning nuri so‘nib, yulduzlar har yoqqa sochilib ketadi va tog‘lar ham joylaridan jildirilib, xuddi bulutlar kabi osmonda suzib yuradi. Sahro ahli juda avaylaydigan va ularning boy-badavlatliklari ramzi bo‘lgan — tug‘ish soati yaqinlashib qolgan bo‘g‘oz tuyalar ham egalarining yodidan ko‘tarilib, har kim o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi (ya’ni kishilar o‘zlarining eng ardoqli narsalarini ham unutadilar). Doimo bir-birlarining go‘shtlarini yeb tirikchilik o‘tkazadigan vahshiy hayvonlar ham qanday qilib bir joyga to‘planganlarini bilmay qoladilar, dengizlar esa suvlari qurib, xuddi tagidan olov yoqilayotgan qozonga aylanadilar (ming-ming yillik dengizlarning bugunga kelib quriy boshlagani o‘sha Kun yaqin qolganining alomati emasmikan?), insonlar o‘lishi bilan chiqib ketgan jonlari qayta o‘z badanlariga kiradi, shuningdek, u Kunda tiriklay ko‘mib yuborilgan mazluma qizlarning ham dodiga yetiladi (bu haqda «Nahl» surasining 59-oyatida batafsil izoh berilgan) va inson o‘lishi bilan yopilgan nomai a’moli qayta ochilib, hisob-kitob qilinadi, u Kunda yerning tomi bo‘lgan osmon ham ochib yuboriladi va nihoyat kofirlarga lovullab yonayotgan do‘zax, mo‘minlarga esa jannat yaqin qilinadi — mana shu voqea-hodisalar sodir bo‘ladigan Qiyomat kunida har bir jonning hayoti-dunyoda qilib o‘tgan yaxshi amallari o‘ng yoniga, yomon amallari chap yoniga keltirib qo‘yiladi va hech kim o‘z amalidan tona olmaydi! Demak o‘sha Kunning qiynoq-azobidan xalos bo‘lishni istagan har bir inson bugunini Islomiy e’tiqod va ezgu amal bilan o‘tkazmog‘i vojibdir!15-16-17-18. Bas, Men (kunduzlari ko‘zdan) g‘oyib bo‘lguvchi, (kechalari ham) tez o‘tib (o‘z «uya»lari — burjlariga) yashiringuvchi (yulduz)larga, o‘z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va otayotgan tongga qasam ichurmanki,19-20-21. Shak-shubhasiz u (Qur’on) bir ulug‘, quvvatli, Arshning sohibi (bo‘lmish Alloh) nazdida makon-martabali, u joyda (ya’ni osmonlarda farishtalar tomonidan) itoat etilguvchi, ishonchli elchining (ya’ni Jabroil farishtaning Alloh taolo tomonidan keltirgan) so‘zidir.22. Va sizlarning sohibingiz (Muhammad alayhis-salom) majnun emasdir.23. Darhaqiqat, u (Jabroilni) ochiq ufqda ko‘rdi.24. U (Muhammad alayhis-salom) g‘aybga (ya’ni g‘aybdan kelgan vahiyga) baxil ham emasdir (U Alloh taolo tomonidan o‘ziga keladigan vahiylarni buzmasdan, to‘la-to‘kis holda sizlarga yetkazur).25. Va u (Qur’on) quvilgan — mal’un shaytonning so‘zi emasdir.26. Bas, sizlar (mana shu Qur’oni Karim ko‘rsatgan Haq yo‘lni inkor etib) qayon ketmoqdasizlar?!27-28. U (Qur’on) hech shak-shubhasiz butun olamlar uchun — sizlarning orangizdagi To‘g‘ri yo‘lda bo‘lmoqni xoxlagan kishilar uchun bir eslatmadir.29. Sizlar faqat butun olamlar Parvardigori bo‘lmish Alloh xoxlasagina (To‘g‘ri yo‘lda bo‘lishni) xoxlarsizlar.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |