Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 72. "Jin"
72. "Jin"
MaRJoNaДата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:33 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
JIN SURASI 
Bu sura yigirma sakkiz oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir. U Alloh taolo olovdan yaratgan ko‘zga ko‘rinmas maxluqlar — jinlar olami haqida hikoya qiladi. Ma’lumki, Muhammad alayhis-salom insu-jinga barobar payg‘ambar qilib yuborilganlar, xuddi insonlar orasida bo‘lgani kabi jinlar orasida ham u zotning payg‘ambar ekanliklariga iymon keltirganlar ham, iymon keltirmaydiganlar ham bordir. Bu sura avvalida Qur’on oyatlarini eshitishlari bilan u Kitobga darhol iymon keltirgan bir guruh jinlar haqida xabar berilib, so‘ngra umuman jinlar qanday maxluqot ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Va ular ayrim kishilar o‘ylaganidek, insonlarga biron foyda yoki ziyon yetkazishga yo g‘ayb sirlarini bilishga qodir emasliklari, shuningdek, ularning ichida yaxshilari ham, yomonlari ham, musulmonlari ham, Iblisi lain kabi kofirlari ham bor ekanligi ochiq-ravshan bayon qilinadi. Sura Payg‘ambar alayhis-salomni o‘zlarining zimmalarida qanday vazifalar borligini, Alloh O’z payg‘ambariga nimalarni ma’lum qilishi va nimalarni bildirmasligini, Tangri va Uning payg‘ambariga osiylik qilgan kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lishini aytishga buyurish bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2. (Ey Muhammad), ayting: «Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (mening Qur’on tilovat qilganimni) eshitishib, (o‘z qavmlariga qaytib borishgach, dedilar: «Darhaqiqat bizlar Haq yo‘lga hidoyat qiladigan bir ajib Qur’onni eshitdik va darhol unga iymon keltirdik. Bizlar (endi) Parvardigorimizga hargiz biron kimsani sherik qilmasmiz».I z o h. Sahobalardan Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo‘lsin) guvoxlik berishlaricha, Payg‘ambar alayhis-salom Bomdod namozini o‘qiyotgan chog‘larida bir guruh jinlar hozir bo‘lishib, Qur’on oyatlarini tinglaganlar va darhol Unga iymon keltirganlar. Lekin rasululloh ularning kelishganidan ham, Kalomullohga quloq tutishganidan ham bexabar edilar. Qachonki ushbu sura nozil qilinganidan keyingina u zot bu voqeadan voqif bo‘ldilar. Yuqoridagi oyatlarda jinlarning Qur’onni eshitishlari bilan “bu bashar so‘zi emas, balki ilohiy mo‘jiza” deb iymon keltirganlari to‘g‘risida xabar berilishidan ko‘zlangan maqsad, mufassirlarning aytishlaricha, birinchidan, barcha insoniyatga Kalomulloh faqat insonlar uchungina emas, balki jinlar olami uchun ham ilohiy ko‘rsatma bo‘lib nozil qilinganini e’lon qilish bo‘lsa, ikkinchidan, Muhammad alayhis-salomni shaxsan taniydigan va u kishining xat-savodlari yo‘q ekanligini ham juda yaxshi biladigan Makka ahliga — arablarga, o‘zlarining tillarida nozil bo‘lgan, fasohatbalog‘ atining benazirligidan savodsiz odam emas, balki dunyodagi eng yetuk adiblar birlashib ham yoza olishlari imkonsiz bo‘lgan bir Kitobga — hatto jinlar ham eshitiboq iymon keltirgan Kalomullohga ular (Makka ahli) iymon keltirmaganlari uchun tanbehdashnom berishdir. Endi quyidagi oyatlarda Alloh taolo mo‘min jinlar tilidan hikoya qilishda davom etadi.3. «Albatta buyukligi yuksak bo‘lgan Parvardigorimiz biron juft va yo farzand tutgan emasdir.4. Albatta bizlarning ichimizdagi ahmoq (Iblis) Alloh sha’niga («U zotning xotini va bolasi bor», deb) nohaq so‘z aytar edi.5. Albatta bizlar ins ham, jin ham Alloh sha’niga hargiz yolg‘on so‘zlamas, deb o‘ylar edik».I z o h. Bu so‘zlar jinlar tomonidan Alloh taologa aytilgan uzrdir. Ya’ni, ular insonlar ham, jinlar ham Alloh sha’niga yolg‘on so‘zni ayta olmaydi, deb o‘ylaganlari uchun jinlardan bo‘lgan Iblis ularga «Allohning xotini, bolasi bor», deb ig‘vo qilganida uning so‘zlariga ishonganlari va qachonki Qur’on oyatlarini eshitganlaridan keyingina Alloh taoloning biron sherigi yo‘q yakkayu yagona zot ekanini bilishib, «Bizlar (endi) Parvardigorimizga hargiz biron kimsani sherik qilmasmiz», deb ont ichganlarini aytishib uzr so‘ramoqdalar.6. Albatta insdan bo‘lgan (ayrim) kishilar jindan bo‘lgan kimsalardan panoh tilashib, ularga yanada haddan oshishni – muttahamlikni ziyoda qilur edilar».I z o h. Ya’ni, qadimda (hozir ham) ayrim kimsalar biron xilvatroq yerga borib qo‘nmoqchi bo‘lsalar, o‘sha yerning «egalari» bo‘lgan jinlarning kattalaridan panoh so‘rar edilar va buni bilgan jinlarning muttahamligi yanada ziyoda bo‘lib, «Mana bizlar faqat jinlarga emas, balki inslarga ham hojamiz», deyishib g‘ururlanar edilar. Ushbu oyatda Qur’on bunday aqidaning botil ekanligini aytib, jinlar ham xuddi insonlar kabi Allohning bandalari ekanliklarini, binobarin Alloh taoloning izni-irodasisiz hech kimga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmasliklarini bildiradi. Quyidagi oyatlarda yana jinlar tilidan hikoya qilinadi. Dastlabki oyatda mo‘min jinlar kofirlariga xitob qilib, dedilar:7. «Albatta ular (ya’ni insonlarning kofirlari) ham xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh hargiz biron kimsani qayta tiriltirmas, deb gumon qildilar. (Ya’ni, sizlarning gumonlaringiz ham, ularning gumonlari ham noto‘g‘ridir. Chunki Qur’onda qayta tirilish va hisob-kitob bo‘lishi haq ekani to‘g‘risida aytildi va bizlar bunga iymon keltirdik).8. Albatta bizlar (farishtalarning so‘zlarini o‘g‘rincha eshitib olish uchun) osmonga taqilgan edik, uning kuchli qo‘riqchi (farishta)lar va (o‘g‘ri jinlarga otilguvchi uchar) yulduzlar bilan to‘la ekanligini ko‘rdik.9. Albatta bizlar (ilgari osmondan ayrim) joylarga (farishtalarning so‘zlarini o‘g‘rincha) eshitib olish uchun o‘tirib olar edik. Endi hozir (ya’ni Muxammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilganlaridan keyin) esa kim (ya’ni, qaysi jin o‘g‘rincha) eshitar bo‘lsa, o‘zini kuzatib turgan bir (uchar) yulduzni ko‘rar.10. Albatta bizlar yerdagi kishilarga (Alloh tomonidan) yomonlik iroda qilinganmi yoki Parvardigorlari ularga to‘g‘rilib yaxshilikni iroda qilganmi, bilmasmiz».I z o h. Mazkur oyatlardan ma’lum bo‘ladiki, Muhammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilishlaridan ilgari, johiliyyat davrida jinlar osmon xabarlarini o‘g‘irlab, ayrim kohinfolbinlarga yetkazish bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar. (Bu haqda «Hijr» surasining 18- oyatiga berilgan izohda batafsil aytilgan edi). Ammo Islom dini kelib, Qur’on nozil bo‘la boshlagach esa jinlar uchun osmonning barcha yo‘llari berkilgan va yuqoridagi oyatda jinlarning o‘zlari e’tirof etishlaricha, ular Alloh yerdagi bandalari bo‘lmish insonlarga nimani, ya’ni, yaxshilik yo yomonlikni iroda qilishidan mutlaqo bexabardirlar. Bas, jinlardan panoh tilash yoki ulardan najot kutish nodonlikdan o‘zga narsa emasdir. Panoh ham, najot ham yolg‘iz Alloh taoloning O’zidangina so‘ralishi lozimdir. Qur’on ushbu oyatlari bilan mo‘min-musulmonlarni har qanday vahmu gumondan xalos etadi. Quyidagi oyatlarda jinlar tilidan hikoya qilish davom etiladi.11. «Albatta bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek») oramizda undoq emaslar (ya’ni yomonlar) xam bordir. Bizlar (Qur’onni eshitishdan ilgari) bo‘lak-bo‘lak yo‘llarda edik.12. Albatta bizlar (Qur’onni eshitganimizdan so‘ng) bildikki, yer yuzida hargiz Allohni ojiz qila olmasmiz (ya’ni faqat Alloh iroda qilgan ishgina bo‘lur) va U zotdan (ya’ni, Uning jazosidan) qochib ham qutula olmasmiz.13. Albatta bizlar qachonki Hidoyatni — Qur’onni eshitdik, unga iymon keltirdik. Bas, kimki Parvardigoriga iymon keltirsa, demak u (yaxshiliklarining) kamayib qolishidan ham, (yomonliklarining) haddan ortib ketishidan ham qo‘rqmas (ya’ni Parvardigori unga hargiz zulm qilmas, balki qilgan har bir amali uchun munosib jazo-mukofot ato utur).14. Albatta bizlarning oramizda musulmonlar ham bordir va (shuningdek) oramizda (yo‘ldan) ozganlar ham bordir. Bas, kimki musulmon bo‘lsa, demak ana o‘shalar to‘g‘ri yo‘lni maqsad qilib olibdilar.15. Endi (yo‘ldan) ozganlarga kelsak, bas, ular jahannam uchun o‘tin bo‘lgan kimsalardir».I z o h. Mana shu oyatga kelib, iymon keltirgan jinlar tilidan qilingan hikoya nihoyasiga yetdi.16-17. Albatta, agar ular (To‘g‘ri) yo‘lda ustivor turganlarida, albatta Biz ularni imtihon qilish uchun mo‘l yomg‘ir bilan sug‘organ bo‘lur edik (ya’ni ularga mo‘l-ko‘l rizq ato etgan bo‘lur edik). Kimki Parvardigorining zikridan — Qur’ondan yuz o‘girsa, U zot uni qattiq azobga yo‘llar.18. Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron kimsaga duo-iltijo qilmanglar!19. Albatta, qachonki Allohning bandasi (ya’ni, Muhammad alayhis-salom) U zotga duo-iltijo qilgan holda turganida, ular (ya’ni jinlar Qur’on eshitish ishtiyoqida) uning ustiga g‘uj-g‘uj bo‘lib yopirilishga yaqin bo‘ldilar.20. (Ey Muhammad, diningizdan qaytishingizni talab qilayotgan kofirlarga) ayting: «Men yolg‘iz Parvardigorimgagina duo-iltijo qilurman va U zotga biron kimsani sherik qilmasman».21. Ayting: «Albatta men sizlarga na bir ziyon va na bir to‘g‘ri yo‘l berishga ega emasdirman, (to‘g‘ri yo‘lga solguvchi ham, ziyon yetkaza olguvchi ham yolg‘iz Allohdir)».22. Ayting: «Albatta meni Alloh(ning azobi)dan (agar U zotga osiylik qilsam), biron kimsa himoya qila olmas va men U zotdan o‘zga panoh ham topa olmasman.23. (Men) faqat Alloh tomonidan yetkazishga va U zotning elchilik vazifalarigagina (egadirman). Kimki Alloh va Uning Payg‘ambariga osiy bo‘lsa, bas, albatta uning uchun jahannam olovi bordir. (Unday kimsalar) o‘sha joyda mangu qolurlar.24. Endi qachon ular o‘zlariga va’da qilinayotgan azobni ko‘rganlarida, bas, (o‘sha paytda) kimning (ya’ni ularningmi yoki mo‘minlarningmi) yordamchisi ojizroq va sanog‘i ham ozroq ekanini bilajaklar!»25. (Ey Muhammad, u kofirlarga) ayting: «Men sizlarga va’da qilinayotgan azob yaqinmi yoki Parvardigorim uning uchun (uzoqroq) muxlat qilganmi, bilmasman.26. (U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O’z g‘aybidan biron kimsani ogoh qilmas.27-28. Faqat O’zi rozi bo‘lgan payg‘ambarnigina (O’zining g‘aybidan sirasrorining ayrimlaridan ogoh etar). Bas, albatta U (Alloh) toki (payg‘ambarlar) Parvardigorlarining elchilik vazifalarini (o‘z ummatlariga) to‘la yetkazganlarini bilish uchun (O’zining g‘aybidan ogoh qilib qo‘ygan har bir payg‘ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatguvchi (farishta) yo‘llar. U zot (payg‘ambarlar) huzuridagi bor narsani (ya’ni ularning ilmu amallarini) ihota qilib olgandir va (koinotdagi) har bir narsaning sanog‘ini hisob-kitob qilib qo‘ygandir».


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 72. "Jin"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:22:24

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:18.116.42.208
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3