Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 71. "Nuh"
71. "Nuh"
MaRJoNaДата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:34 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
NUH SURASI 
Makkada nozil qilgan bu sura yigirma sakkiz oyatdan tashkil topgandir. Bu surada payg‘ambarlar oqsoqoli Nuh alayhis-salomning qissalari u zotning payg‘ambar qilib yuborishlaridan tortib to qavmlarining orasidagi kofir bo‘lgan kimsalar to‘fon balosiga duchor qilinishlarigacha batafsil hikoya qilinadi. Shuning uchun bu sura «Nuh» surasi deb ataladi. Bu sura Alloh taoloning O’z payg‘ambarlari orqali yuborgan diniga qarshilik qiladigan kimsalar barcha zamon va makonlarda bo‘lgani va bo‘lajagi haqida xabar berilishi bilan birga insoniyat tarixida Yaratgan buyurgan dindan chiqqan barcha millatlarning oqibatlari halokat bo‘lgani ham uqtiriladi. Sura Nuh alayhis-salom o‘z qavmlari orasida to‘qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohning diniga da’vat qilganlaridan keyin ham ular pand-nasihat olishib, hidoyat yo‘liga yurishmagach, u zot Tangri taologa iltijo qilib bu kofirlarga O’z balosini yuborishshsh so‘raganlari haqidagi oyatlar bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Darhaqiqat Biz Nuhni: «Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogoxlantirgin», deb o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yubordik.2. U dedi: «Ey qavmim, albatta men sizlarga (yuborilgan) ochiq ogoxlantirguvchidirman.3. Allohga ibodat qilinglar va U zotdan qo‘rqinglar hamda menga itoat etinglar,4. (Shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan mag‘firat qilur va sizlarni belgilangan muddatgacha (ya’ni ajallaringiz bitgunicha tirik) qoldirur. Agar bilguvchi bo‘lsangizlar, Allohning (o‘lim uchun belgilab qo‘ygan) muddati kelgan vaqtida aslo ortga surilmas.5. (Nuhning bu da’vatlari ularga kor qilmagach), u dedi: «Parvardigorim, albatta men qavmimni kechayu kunduz (iymon-e’tiqodga) da’vat etdim.6. (Ammo) mening da’vatim ularga faqat (iymondan) qochishni ziyoda qildi, xolos.7. Darvoqe, har qachon men ularni Sening mag‘firatingga (sabab bo‘ladigan din yo‘liga) da’vat qilsam, ular (mening so‘zlarimni eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib, (meni ko‘rmaslik uchun yuzu ko‘zlariga) oyoq tirab turdilar hamda (menga itoat etishdan bosh tortib) kibr-havo qildilar.I z o h. Muhtaram o‘quvchi e’tibor bergan bo‘lsa, Nuh payg‘ambarning qavmlari orasidagi kofir kimsalar Muhammad alayhis-salom zamonlaridagi va undan keyingi davrlardagi kofirlarga o‘xshab Allohning dinidan yuz o‘girib, ters qarab ketmaydilar, balki ular xuddi yosh bolalarga o‘xshab barmoqlarini quloqlariga tiqib, yuzu ko‘zlarini ro‘mollar bilan o‘rab olishib, Haq yo‘lidan qaysarlik bilan bosh tortadilar. Bunga sabab, Qur’oni Karim bizlarga ushbu surada necha o‘ng ming yillar ilgari o‘tgan, ikkinchi Odam Ato hisoblanmish Nuh alayhis-salom zamonlaridan, ya’ni bashariyatning ayni go‘daklik pallasidan hikoya qilmoqda. Qur’onning bu ajib uslubi, ya’ni, har bir davr haqida ayni o‘sha davrning ruhi – tili bilan so‘zlashi – tasvirlashi ham uning ilohiy mo‘‘jiza ekanligiga yana bir dalolatdir. Zero Muhammad alayhis-salomdek xat-savodi bo‘lmagan bir kishi o‘zining insoniy ong – shuuri bilan uzoq o‘tmish qa’riga singib ketgan qavm-qabilalarning har birini «o‘z tili» bilan so‘zlata olishi mumkin bo‘lmagan bir ishdirki, bunga faqat barcha zamonlarda hayot va barcha narsadan ogoh bo‘lgan azaliy va abadiy zot — Alloh taologina qodirdir.8. So‘ngra, men ularni oshkora (ya’ni, odamlar to‘plangan joylarda baland ovozda) da’vat etdim. So‘ngra men ularga (o‘z da’vatimni) ochiq e’lon ham qildim, pinhona sir qilib ham aytdim.10. Men dedimki: «Parvardigoringiz (Alloh)dan mag‘firat so‘ranglar, albatta U o‘ta mag‘firatli bo‘lgan zotdir.11. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg‘ir quydirur.12. Va sizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berur hamda sizlarga bog‘u bo‘stonlar (ato) qilur va sizlarga oqar daryolar (ato) qilur.13. Nega sizlar Allohni ulug‘lashni (ya’ni Unga ibodat qilishni) o‘ylamaysizlar?!14. Holbuki U zot sizlarni bosqichma-bosqich yaratdi-ku!I z o h. Ushbu va quyidagi oyatlarda nima sababdan bandalar Alloh taologa ibodat qilishlari zarur ekanligiga dalillar keltirilgandir. Tangri taolo insonlarning diqqate’tiborlarini avvalo o‘zlarining qanday yaratilganlariga qaratadi. Darhaqiqat har bir inson ona qornida dastavval bir tomchi suv bo‘lib, so‘ngra quyuq qonga aylanib, keyin bir parcha go‘sht bo‘lib, so‘ngra unga jon ato etilib yorug‘ dunyoga kelishi haqida o‘ylagan har bir sog‘lom aql va toza dil egasi beixtiyor Yaratganning qudratiga-ulug‘ligiga tasannolar aytib, U zotga sajda qilmay tura olmas. Endi quyidagi oyatlarda Alloh taoloning qudrati naqadar cheksiz-chegarasiz ekanligiga ochiq dalolat qilib turgan samovot va undagi sayyoralar haqida so‘z yuritiladi.15-16. Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratganini va oyni ulardagi nur-yorug‘lik qilib, quyoshni esa (nur sochguvchi) chiroq qilib qo‘yganini ko‘rmadinglarmi?!17. Alloh sizlarning (otangiz Odamni) yerdan undirib-o‘stirdi (ya’ni paydo qildi).18. So‘ngra (vafot qilganlaringizda) U zot sizlarni yana (erga) qaytarur va (Qiyomat qoyim bo‘lganida) sizlarni chiqarib olur!19-20. Alloh yerni sizlar uchun — sizlar undagi keng yo‘llarda yurishlaringiz uchun yoyiq-tekis qilib qo‘ydi».21. Nuh aytdi: «Parvardigorim, darhaqiqat ular menga itoatsizlik qildilar hamda (topgan) mol-dunyosi va bola-chaqasi o‘ziga faqat ziyonni (ya’ni kufr va tug‘yonni) ziyoda qilgan kimsalarga (o‘zlarining boy-badavlat boshliqlariga) ergashib ketdilar».22. U (boshliqlari Nuhga qarshi) juda katta makr-hiylalar qildilar.23. Va (o‘zlariga ergashgan tuban-pastkash kimsalarga): «Sizlar hargiz o‘z xudolaringizni tark qilmanglar!» Vadni ham, Suvo’ni ham, Yag‘usni ham, Ya’uqni va Nasrni ham hargiz tark qilmanglar!» dedilar.I z o h. Bu oyatda zikr qilingan beshta nom Nuh payg‘ambar zamonlaridagi kofirlar sig‘inadigan but sanamlarning nomidir. Ular Nuh alayhis-salomning da’vatlariga quloq solmay o‘sha butlarga sig‘inganliklari uchun ham to‘fon balosiga giriftor qilinib, halok bo‘lganlar.24. «Darhaqiqat ular (ya’ni Nuh qavmining boy-badavlat boshliqlari) ko‘p (kishilar)ni yo‘ldan ozdirdilar. (Parvardigorim), bu zolim kimsalarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin», (dedi Nuh).25. Ular o‘z xato-gunohlari sababli g‘arq qilinib, do‘zaxga kiritildilar. Bas, o‘zlari uchun Allohdan o‘zga yordam berguvchilarni topmadilar (ya’ni sig‘ingan but-sanamlari ularni Allohning azobidan qutqara olmadilar).26. Nuh aytdi: «Parvardigorim, yer yuzida kofirlardan biron hovli-joy egasini qoldirmagin.27. Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar.
28. Parvardigorim, O’zing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgan, zolim kimsalarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin»!


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 71. "Nuh"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:19:49

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:18.191.88.249
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3