Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
70. "Ma'orij"
MaRJoNaДата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:34 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
MA’ORIJ SURASI 
Bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U qirq to‘rt oyatdir. Sura kofirlarning tug‘yonga tushib, o‘zlari ogohlantirilgan oxirat azobini inkor etishlari haqida xabar berish bilan boshlanib, so‘ngra ular iymon keltirmayotgan Qiyomat kunida kofirlarga beriladigan haqli jazodan hech qanday to‘lov bilan qutulib bo‘lmasligi yana bir bor ta’kidlanadi. Bu surada yana insonning xafachilikni ham, xursandchilikni ham ko‘tara olmaydigan ojiz vujud ekanligi uqtirilib, faqat taqvo va ezgu amalgina insonni bunday ojizlikdan omon saqlay olish mumkinligi aytiladi, Sura nihoyasida kofirlarning jannatga kirish to‘g‘risida behuda-befoyda tama’ qilishlari bayon qilinib, so‘ngra payg‘ambar alayhis-salomga ularni to o‘zlariga va’da qilingan azobga yo‘liqishguncha tark qilish buyuriladi. Sura nomlangan «Maorij» kalimasi asli «pog‘onalar» ma’nosida bo‘lib, bu surada «Osmon qavatlari» ma’nosida kelgandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2-3. Bir so‘raguvchi kimsa (osmonlarning barcha) pog‘onalari-qavatlari sohibi bo‘lmish Alloh tomonidan kofirlarga tushguvchi, birov qaytara olmaydigan azobni (o‘z ustiga tushishini) so‘radi.I z o h. Bu oyatlar mushriklardan Nazr ibn Xoris haqida nozil bo‘lgan. Payg‘ambar alayhis-salom kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan Alloh taoloning azobi bor ekanligini bildirib, ularni ogohlantirganlarida, Nazr turib: «Ey Xudo, agar mana shu (Qur’on) Sening dargohingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, ustimizga samodan tosh yog‘dirgin, yoki bizlarga alamli azob keltirgin», deydi. Mana shu tilakning o‘zidan Nazr va u kabilarning kim ekanliklari ma’lumdir. Chunki ular Haq yo‘lga yurishni istagan kishilar bo‘lganlarida: «Ey Xudo, agar mana shu Qur’on Sening dargohingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, bizlarni ham uning yo‘liga hidoyat qilgin», degan bo‘lur edilar. Endi quyidagi oyatda barcha farishtalar Qiyomat kunida osmon qavatlarini bosib o‘tishib, Alloh huzuriga to‘planishlari zikr qilinadi.4. Farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil) miqdori-uzunligi ellik ming bo‘lgan bir Kunda (ya’ni Qiyomat kunida) U zotning huzuriga ko‘tarilurlar.5. Bas, (Ey Muhammad, kofirlarning ozor-aziyyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr-toqat qiling!6-7. Chunki ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!8. U Kunda osmon eritilgan mis kabi bo‘lib qolur.9. Tog‘lar yung kabi (engil) bo‘lib qolurlar.10. Va biron do‘st do‘stidan (hol-ahvol) so‘ramas.11-12-13. (Holbuki) ular (bir-birlariga) ko‘rsatilurlar! Jinoyatchi-kofir kimsa u Kunning azobidan (qutulish uchun) o‘g‘illarini, birodarini, uni o‘z panohiga oladigan qarindosh-urug‘ini va yerdagi barcha kishilarini to‘lov qilib berib yuborishni, so‘ngra (bu to‘lov) unga najot berishini istar.15-16. Yo‘q, (hech qanday to‘lov uni azobdan qutqara olmas)! Albatta (kofirlar tashlanadigan do‘zax o‘z harorati bilan bosh terilarini sidirib olguvchi bo‘lgan) bir olovdir!17-18. U (Haq yo‘lidan) yuz o‘girib, ters qarab ketgan va (pul-mol) yig‘ib to‘plangan (ya’ni uni Alloh buyurgan joylarga sarflamagan) kimsalarni (o‘ziga) chorlab turar!19. Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir.20. Qachon unga yomonlik (kambag‘allik-kulfat) yetib qolsa, u o‘ta besabrlik qilguvchidir.21. Qachon unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa u o‘ta man’ qilguvchi – baxildir.22. Faqat namoz o‘qiguvchi zotlar (ya’ni musulmonlargina undoq emasdirlar)ki,23. Ular namozlarida doim – barqaror bo‘lguvchi zotlardir.24-25. Ular (topgan) mol-mulklarida so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum kishilar uchun ma’lum haq (ya’ni zakot) bo‘lgan zotlardir.26. Ular jazo — Qiyomat kunini tasdiq etadigan zotlardir.27. Ular Parvardigorlarining azobidan qo‘rquvchi bo‘lgan zotlardir.28. Zotan Parvardigorlarining azobi (hech kim uchun) bexatar emasdir (ya’ni hech kimning «Menga Allohning azobi tushmaydi», deb xotirjam bo‘lishga haqqi yo‘qdir).29. Ular avratlarini (haromdan — zinodan pok) saqlaguvchi zotlardir.30. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar.31. Endi kim bundan o‘zgani (ya’ni, zino va shu kabi shariati Islomiyyada harom qilingan boshqa narsalarni) istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchi kimsalardir.32.Ular (ya’ni mo‘min-musulmonlar) o‘zlariga ishonilgan omonatlarga va (o‘zgalarga) bergan ahd-paymonlariga rioya qilguvchi zotlardir.33. Ular o‘z guvohliklarini to‘g‘ri-xolis ado qilguvchi zotlardir.34. Ular namozlarini (vaqtida ado etib, qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi bo‘lgan zotlardir.35. Ana o‘shalar jannatlarda hurmat izzat ko‘rguvchidirlar.I z o h. Mazkur oyatlarda haqiqiy mo‘min-musulmonlarning sifat-fazilatlari bayon qilindi va ana o‘shalar jannat ne’matlariga sazovor bo‘lguvchi zotlar ekanliklari uqtirildi. Endi quyidagi oyatlarda Payg‘ambar alayhis-salom atroflariga kelishib, to‘p-to‘p bo‘lib o‘tirishib olishib, u zot aytgan so‘zlarni masxara qiladigan va bir-birlariga sahobalarni ko‘rsatishib: «Agar mana shular Muhammad aytayotgandek, jannatga kiradigan bo‘lsalar, bizlar hech shak-shubhasiz ulardan oldinroq o‘sha joyga kiramiz», deb safsatabozlik qiladigan mushriklar haqida so‘zlanib, ularning bunday tama’lari befoyda ekanligi ta’kidlanadi va Payg‘ambar alayhis-salomni ulardan yuz o‘girishga amr etiladi.36-37. Bas, (ey Muhammad), bu kofir bo‘lgan kimsalarga nima bo‘ldiki, ular o‘ng va so‘ldan to‘da-to‘da bo‘lib, siz tomonga chopurlar?!38. Yo ulardan har bir kimsa noz-ne’mat jannatiga kiritilishni tama’ qilurmi?!39. Yo‘q, (ular hech qachon jannatga kirmaslar)! Albatta Biz ularni o‘zlari biladigan narsadan (ya’ni bir tomchi suvdan) yaratdik.40-41. Bas, (shundoq ekan) mashriqu-mag‘riblarning Parvardigoriga qasam ichurmanki, shak-shubhasiz Biz (bu kofirlarni halok qilib o‘rinlariga), ulardan yaxshiroq (insonlarni) almashtirib qo‘yishga qodirdirmiz va Biz (bu ishga) ojiz emasdirmiz.42. Bas, (ey Muhammad), siz ularni tark qiling! Ular to o‘zlariga va’da qilinayotgan kunlariga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha (o‘z botil-behuda xayollariga) sho‘ng‘ishib, o‘ynab-kulib yuraversinlar!43-44. U kunda ular go‘yo (o‘zlari sig‘inadigan) butlarga qarab chopishayotgandek shoshilgan, ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rabegallab olgan hollarida qabrlaridan chiqib kelurlar! Mana shu (hayoti dunyoda) ularga va’da qilinguvchi bo‘lgan Kundir!


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:21:09

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.128.201.71
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3