Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
69. "Al-Haaqqa"
MaRJoNaДата: Seshanba, 19.02.2013, 16:15 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
AL-HAAQQA SURASI 
Bu sura ellik ikki oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir. «Al-Haaqqa» — «Aniq ro‘y berguvchi», deb nomlangan bu surada asosan Qiyomat Kunida sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bu surada o‘tmishdagi kufr yo‘lini tutgan millatlarning topgan oqibatlari, Sur chalinadigan Kunda osmonu-zaminda ro‘y beradigan dahshatli hodisalar va shundan keyin har bir banda hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallari to‘g‘risida hisob berishi, o‘sha hisob-kitob Kunida nomai a’moli o‘ng qo‘lidan keladigan kishilarga ato etiladigan ulug‘ mukofotlar va nomai a’moli chap tomonidan keladigan badbaxt kimsalar duchor bo‘ladigan mudhish azob-uqubatlar xususida xabar berguvchi oyatlar ham mavjuddir. Sura Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarini va Qur’oni Karimning chin ilohiy Kitob ekanini ta’kidlaydigan oyatlar bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Aniq ro‘y berguvchi (Qiyomat)...2. O’sha aniq ro‘y berguvchi nimadir?3. (Ey Muhammad), siz Aniq ro‘y berguvchining nima ekanligini qaerdan bilursiz?I z o h . Ushbu oyatlarda «Al-Haaqqa» (Qiyomat kunining nomlaridan biri) ya’ni Aniq ro‘y berguvchi Qiyomat iborasi ketma-ket uch bor takrorlandi. Bunga sabab, u Kunning Alloh taolo nazdida naqadar ulug‘ maqom tutishini ta’kidlashdir. Shuning uchun ham so‘nggi oyatda Payg‘ambar alayhis-salomga xitob qilinib, u kunning qanday kun ekanini, mohiyat-haqiqatini siz bilmassiz, deyildi. Endi quyidagi oyatlarda o‘sha Qiyomat Kuni haq ekanligini inkor etib, halokatga duchor bo‘lgan qavmlar haqida xabarlar beriladi.4. Samud va Od (qabilalari o‘z dahshatlari bilan qalblarni) qattiq qoquvchi (Qiyomat kuni)ni yolg‘on, dedilar.5. Endi Samud (qabilasi)ga kelsak, bas, ular haddan tashqari qattiq narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.6. Endi Od (qabilasi)ga kelsak, bas, ular bir dahshatli, quturgan buron bilan halok qilindilar.7. U (bo‘ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hokim qilib qo‘ydiki, endi u joydagi qavmni xuddi chirib – ichi bo‘shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab, halok bo‘lib yotganlarini ko‘rursiz.8. Bas, ulardan biron (omon) qolguvchini ko‘rarmisiz? (Aslo, ularning barchalari halok bo‘lib bitdilar).9. Fir’avn ham, undan avval (o‘tgan dinsiz) kimsalar ham, zeru zabar bo‘lgan qishloqlar (ya’ni Lut payg‘ambar qavmining qishloqlari) ham xato ishlar qildilar.10-11. Ular Parvardigorlarining Payg‘ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni ortiqcha qattiq ushlash bilan ushladi (ya’ni mislsiz qattiq azob bilan azobladi). Darvoqe, Biz suv tug‘yonga tushgan vaqtida sizlarni (Nuh payg‘ambar yasagan) kemada ko‘tardik.12. Biz u (ishni, ya’ni mo‘minlarga najot berib, kofirlarni suvga g‘arq qilib yuborish)ni sizlar uchun eslatma-ibrat qilish uchun va anglaguvchi quloqlar anglab-eshitib olishlari uchun (qildik).13. Bas, qachon Sur bir bor chalinganida.14. Va yeru tog‘lar (o‘z joylaridan) ko‘tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilib (chilparchin bo‘lganida).15. Ana o‘sha Kunda voqea voqe’ bo‘lur! (Ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lur!)16. Va osmon yorilur! Chunki (osmon) u Kunda zaif bo‘lib qolur!17. Va farishtalar (osmonning) chor-atrofida (Allohning amriga muntazir bo‘lib) tururlar. Ularning ustida Parvardigoringizning arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko‘tarib turur.18. O’sha Kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ko‘ndalang qilinursizlar — sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas.19-20. Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas, u: «Mana mening kitobimni o‘qinglar. Darhaqiqat men hisob-kitobimga (ya’ni oxiratdagi ajr-mukofotga) ro‘baro‘ bo‘lishimni bilgan edim», der.21-22-23. So‘ng u ko‘ngilli hayotda, mevalari (ahli jannat uchun) yaqin bo‘lgan yuksak jannatda bo‘lur.24. (Jannat ahliga) «O’tgan kunlarda (ya’ni hayoti dunyoda) qilib o‘tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz-ne’matlarni) pok bilib yebichaveringlar », (deyilur).25. Endi o‘z kitobi chap qo‘lidan berilgan kimsaga kelsak, bas, u der: «Ex qaniydi, menga kitobim berilmasa edi!26. Va men hisob-kitobim (ya’ni oladigan jazoyim) nima ekanligini bilmasam edi!27. Eh qaniydi, o‘sha (birinchi o‘lim barcha narsani) tugatguvchi-uzguvchi bo‘lsa (va Qiyomatdagi mana bu qayta tirilish bo‘lmasa) edi!28. Menga (ne mashaqqatlar bilan topgan) mol-dunyoyim asqotmadi-ya!29. Mulku saltanatim ham halok bo‘lib ketdi-ya!»30. (Bas, Alloh jahannam qo‘riqchilariga der): «Uni ushlab, kishanlanglar!31. So‘ngra do‘zaxga tashlanglar!32. So‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib bog‘langlar!»33. Chunki (hayoti dunyodalik paytida) Ulug‘ Allohga iymon keltirmas edi.34. Va miskin-bechoraga taom berishga (o‘zini ham, o‘zgalarni ham) targ‘ib qilmas edi.35. Bas, Bugun, bu yerda uning uchun biron do‘st-madadkor yo‘qdir!36. Va biron taom ham yo‘qdir! Faqat yiringdan bo‘lgan (bir «taom» borki),37. Uni faqat (yo‘ldan adashgan (kofir)largina yerlar!38-39-40. Bas, Men sizlar ko‘radigan narsalarga ham, sizlar ko‘ra olmaydigan narsalarga qasam ichurmanki, u (Qur’on) shak-shubhasiz ulug‘ Payg‘ambarning (Alloh dargohidan keltirgan) so‘zidir!41. U biron shoirning so‘zi emasdir! Sizlar (ushbu Qur’on Allohning salomi ekanligiga) kamdan-kam iymon keltirursizlar!42. Va biron kohin-folbinning so‘zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam pandnasihat olursizlar!43. (U) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil (Kitobdir).44. Agar (Payg‘ambar) Bizning sha’nimizga (Biz aytmagan) ayrim so‘zlarni to‘qib olganida.45-46. Albatta, Biz uning o‘ng qo‘lidan ushlagan, so‘ngra albatta uning shohtomirini uzib tashlagan bo‘lur edik.47. U holda sizlardan biron kishi undan (ya’ni payg‘ambardan halokatni) to‘sa olguvchi bo‘lmas edi. (Bas, Muhammad alayhis-salom Allohning kalomiga o‘z tomonidan biron so‘z qo‘shmagani, balki zimmasidagi omonat-payg‘ambarlikni halol ado qilib kelayotgani uchun ham sizlarning orangizda sog‘-omon hayot kechirmoqda, aks holda Alloh uni halok qilgan bo‘lur edi. Bu Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarining yana bir yorqin dalilidir).48. Albatta u (Qur’on) taqvodor zotlar uchun pand-nasihatdir.49. Shak-shubhasiz Biz sizlarning orangizda (Qur’onni) yolg‘on deguvchilar ham bor ekanini aniq bilurmiz.50. Albatta u (Qur’on) kofirlarga (ular Qiyomat kunida Qur’onga iymon keltirgan kishilarning savobga ega bo‘lganlarini ko‘rgan vaqtlarida) hasratnadomat bo‘lur.51. Albatta u (Qur’on) aniq Haqiqatdir!52. Bas, ulug‘ Parvardigoringizning nomini (mudom, barcha ayb-nuqsonlardan) pok tuting!


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:20:22

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.133.122.31
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3