Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 60. "Mumtahana"
60. "Mumtahana"
MaRJoNaДата: Seshanba, 19.02.2013, 16:21 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
MUMTAHANA SURASI 
Bu sura ham Madinada nozil qilingan bo‘lib, o‘n uch oyatdir. U mo‘minlarga Allohning ham, o‘zlarining ham dushmanlari bo‘lgan mushriklar bilan do‘stlashmaslikni buyurish bilan boshlanib, so‘ngra bu haqda Ibrohim alayhis-salom, u zotning tobe’lari tarixida ibrat olsa arziydigan go‘zal namuna borligi ta’kidlanadi va shu bilan birga sura davomida musulmonlarga qarshi urushmayotgan hamda ularning ziyonlariga o‘zgalar bilan til biriktirmayotgan g‘ayridinlar bilan yaxshi aloqa-muomala tuzish durust ekanligi ham ma’lum qilinadi. Bu surada mo‘minlarga mushriklarning qo‘llaridan qochib, Madinaga hijrat qilib kelgan va o‘zlarining mo‘mina ekanliklarini bildirgan ayollarning iymonlarini imtihon qilib ko‘rish buyuriladi. Suraning «Mumtahana» - «Imtihon qilinguvchi ayol», deb nomlanishining boisi shudir. Sura mo‘minlarni Alloh taoloning g‘azabiga duchor bo‘lgan mushriklar bilan do‘st bo‘lmaslikka takroran da’vat qilish bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Ey mo‘minlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmanlaringiz (bo‘lgan mushriklar)ni do‘st tutmanglar! Sizlar ularga do‘stlik (haqida xat-xabar) yuborursizlar, holbuki ular sizlarga kelgan Haq (din va Qur’on)ga kofir bo‘lgandirlar! Ular payg‘ambarni ham, sizlarni ham Parvardigorlaringiz bo‘lmish Allohga iymon keltirganlaringiz sababli (o‘z diyorlaringizdan) haydab chiqarmoqdalar-ku! Agar sizlar Mening yo‘limda jihod qilish uchun va Mening roziligimni istab chiqqan bo‘lsangizlar (u holda mushrik-kofir kimsalarni do‘st tutmanglar)! Sizlar ularga pinhona do‘stlik qilmokdasizlar. Holbuki Men sizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham juda yaxshi bilguvchidirman! Sizlardan kim shu (ish)ni qilsa, bas, aniqki, u to‘g‘ri yo‘ldan ozibdi!I z o h. Ushbu oyatning nozil qilinishiga quyidagi voqea sabab bo‘lgan. Payg‘ambar alayhis-salom Makkani fath etish uchun tayyorgarlik ko‘rib yurgan kezlarida muhojir sahobalardan Xotib ibn abi-Bultaa bu haqida Makka zodagonlariga xat yozib ularga qarshi urushga hozirlik ko‘rilayotganining xabarini beradi va uni o‘sha tarafga ketayotgan bir ayoldan berib yuboradi. Shunda Jabroil farishta keltirgan vahiy orqali bu xufyona harakat rasulullohga ma’lum bo‘ladi va u zot ikki sahoba bilan hazrati Alini o‘sha ayolning izidan yuboradilar. Ular ayolni payg‘ambarimiz aytgan Madina yaqinidagi Ravzihoh degan joydan topib, undan xatni berishni talab qilganlarida u avval tonadi, lekin keyin elchilarning do‘q-po‘pisalaridan so‘ng sochlarining orasidan chiqarib beradi. Xat qo‘llariga kelib tekkach, payg‘ambar alayhis-salom Xotibni chaqirib, undan: «Bu qanday qiliq?»— deb so‘raganlarida u shunday javob qiladsh «Yo rasululloh, men Islomga kirganimdan buyon dindan qaytgan ham emasman, sizga xiyonat qilgan ham emasman. Lekin men xijrat qilib chiqar ekanman, bola-chaqalarim Makkada qolgandir. Boshqa muhojirlarning Makkada qolib ketgan bola-chaqa va mol-mulklarini o‘z himoyasi ostiga oladigan qarindosh-urug‘lari bor, ammo mening Makkada biron himoyachim yo‘qdir. Shu sababdan mana bu xatim Makka zodagonlarining qo‘llariga borib tegsa, ular ahli-oilamga homiylik qilishar, deb o‘ylagan edim. Men bu xatni dinimizga biron ziyon yetkazish uchun yozgan emasman». Bu holni ko‘rgan Umar: «Yo rasululloh, ruxsat bering, bu munofiqning boshini tanasidan judo qilay», deganida, payg‘ambarimiz shunday deydilar: «Yo‘q, u «Badr»ga guvoh bo‘lgan (ya’ni musulmonlar hali juda ozchilik va nochor holatdalik paytlarida ular bilan birga Badr jangida kofirlarga qarshi jang qilgan). Sen qaerdan bilursan, ey Umar, ehtimol Alloh taolo Badr jangida ishtirok etgan musulmonlarning barcha qilgan va qiladigan gunohlarini mag‘firat qilib yuborgandir». Mana shu paytda yuqoridagi oyati karima nozil bo‘ldi.2. (Ey mo‘minlar), agar ular (mushriklar) sizlarga zafar topsalar, dushmanlaringiz bo‘lurlar va sizlarga qo‘l va tillarini yomonlik bilan cho‘zurlar (ya’ni sizlarni o‘ldirurlar, haqoratlar qilurlar). Ular sizlarning yana kofir bo‘lishlaringizni istarlar.3. (Qiyomat kunida) sizlarga qarindosh-urug‘laringiz ham, bola-chaqalaringiz ham hargiz foyda bermas! Qiyomat kunida (Alloh) o‘rtalaringizni ajratib qo‘yur. (Bas, nechun o‘sha urug‘-avlodingizni himoya qilish uchun Allohga gunohkor bo‘lmoqdasizlar?!) Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir.4. Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo‘lgan kishilarda (ularning kofirlarga qilgan munosabatlarida) go‘zal namuna bordir. Eslangiz, ular o‘z qavmlariga: «Darhaqiqat, bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan butlaringizdan bezormiz. Bizlar sizlar (ishonib, "ibodat" qilayotgan butsanamlar) ni inkor etdik. Toki sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirgunlaringizcha sizlar bilan bizning o‘rtamizda mangu adovat va yomon ko‘rish zohirdir», dedilar. Faqat Ibrohim o‘z(ining kofir bo‘lgan) otasiga: «Albatta men (Allohdan) sen uchun mag‘firat so‘rayman, (lekin) senga Alloh tomonidan bo‘ladigan biron narsani (azobni qaytarishga) molik emasman», (degan so‘zlarigina sizlarga namuna bo‘lmasin)!I z o h . Ibrohim alayhis-salom otalarining iymonga kelishidan umidvor bo‘lib, unga Alloh taolodan mag‘firat so‘rash haqida va’da qilgan edilar. Ammo uning iymonga kelmasligi aniq ma’lum bo‘lgach, Ibrohim payg‘ambar undan yuz o‘girganlar. Bu haqda «Tavba» surasining 114-oyatida bayon qilingandir. (Ibrohim va u bilan birga bo‘lgan mo‘minlar yana shunday duo qilgan edilar): «Parvardigoro, yolg‘iz O’zingga tavakkul qildik va O’zingga inobat-tavba qildik. Yolg‘iz Sengagina qaytishimiz bordir.5. Parvardigoro, bizlarni bu kofir bo‘lgan kimsalarga maftun-aldanguvchi qilib qo‘ymagin, bizlarni(ng gunoxlarimizni) mag‘firat qilgin. Parvardigoro, albatta Sen O’zing qudrat va hikmat sohibidirsan».6. Darhaqiqat sizlar uchun — Alloh va oxirat Kunidan umidvor bo‘lgan kishilar uchun ularda (Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan birga bo‘lgan mo‘minlarning tutgan yo‘llarida) go‘zal namuna bordir. Kim (Islomdan va mana shu pandnasihatlardan) yuz o‘girib ketsa, u holda albatta Alloh (unday kimsalardan) behojat va maqtovga loyiq zotdir.7. Ehtimol Alloh sizlar bilan (Makka kofirlari orasidagi) sizlar dushmanlashib yurgan kimsalar o‘rtasida — (ularni ham iymon va Islomga muvaffaq qilish bilan) — bir do‘stlikni paydo qilib qo‘yar. Alloh (barcha ishga) qodirdir. Alloh mag‘firatli, mehribondir.8. Alloh sizlarni dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan — ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizda qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni sevar.9. Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda birbirlariga yordamlashgan kimsalardan — ular bilan do‘stlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular do‘stlashsa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalarning o‘zidir.10. Ey mo‘minlar, qachon sizlarga (Makka kofirlarining qo‘li ostida qolgan) mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ular(ning iymonlari)ni imtihon qilib ko‘ringlar (ya’ni ular o‘z erlarini yomon ko‘rib yoki sizlardan birontangizga ishqi tushib qolgani uchun emas, balki faqat dini Islom uchun hijrat qilganlari haqida sizlarga qasam ichsinlar. Alloh ularning (dillaridagi) iymonlarini (ham) juda yaxshi bilguvchidir. Bas, agar sizlar ularning (hahiqiy) mo‘mina ekanliklarini bilsangizlar, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! U mo‘minalar (kofirlar) uchun ham halol emas va u (kofir)lar (mo‘mina)lar uchun halol emasdir, va ularga (ya’ni sizlarning oldingizda qolgan mo‘minalarning Makkada qolgan kofir erlariga mana shu xotinlari uchun) sarflagan mahrlarini (qaytarib) beringlar. Qachon sizlar u (mo‘minalarning er)lariga mahrlarini bersangizlar, sizlarga ularni nikohlaringizga olishda biron gunoh yo‘qdir. (Shuningdek) sizlar ham kofiralarning bilak-qo‘llaridan ushlamanglar (ya’ni, sizlarning xotinlaringiz kofira bo‘lgan hollarida kofirlar bilan qolishni istasa, sizlar ularning yo‘llarini to‘sib nikohlaringizda saqlamanglar, balki ularga uylanmoqchi bo‘lgan kofirlardan) o‘zlaringiz sarflagan mahrni talab qilinglar va ular ham (o‘zlarining nikohidan chiqqan va musulmonlarning oldiga hijrat qilib ketgan mo‘minalarga) talab qilsinlar. Bu Allohning hukmidir. U sizlarning o‘rtangizda hukm qilur. Alloh bilguvchi va hikmat sohibidir.11. Agar juftlaringizdan birontasi kofirlar tomonga o‘tib ketsa-yu, (ammo ular o‘sha xotin uchun berilgan mahrni uning eriga qaytarib bermasalar) so‘ng sizlar o‘ch olsangizlar (ya’ni u kofirlar bilan urushib g‘alaba qilsangizlar va o‘ljalar olsangizlar) u holda (o‘sha o‘ljalardan) juftlari (kofirlar tomonga o‘tib) ketgan kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar! Va o‘zlaringiz iymon keltirguvchi bo‘lgan — Allohdan qo‘rqinglar!12. Ey payg‘ambar, qachon sizning oldingizga mo‘minalar kelishib, sizga o‘zlarining Allohga biron narsani sherik qilmasliklariga, o‘g‘irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, (kambag‘allik yoki sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib) o‘z bolalarini o‘ldirmasliklariga, va qo‘l-oyoqlari o‘rtasida to‘qib oladigan bo‘xtonni qilmasliklariga (ya’ni farzandsizlik sababli o‘z erlaridan ajralib qolmaslik uchun biron tashlandiq bolani topib, go‘yo u qo‘l-oyoqlari o‘rtasidan chiqqandek, ya’ni o‘zlari tuqqandek erlariga «Mana shu bola sendan bo‘ldi», deb bo‘hton qilmaslikka ) hamda biron yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag‘firat so‘rang! Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.
13. Ey mo‘minlar, Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan qavm bilan do‘st bo‘lmanglar! Xuddi barcha kofirlar qabr egalari (ya’ni, o‘liklarning qayta tirilishlari)dan noumid bo‘lganlaridek ularning ham oxiratdan umidlari uzilgandir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 60. "Mumtahana"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:09:02

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.89.200.155
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3