Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
57. "Hadid"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:34 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
HADID SURASI 
Yigirma to‘qqiz oyatdan tashkil topgan bu sura Madinada nozil bo‘lgan. U borliqdagi barcha narsa mudom Yaratganga tasbeh aytib, ulug‘lab turishi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shundan keyin Alloh taoloning ilohiy sifatlari bayon qilinadi. Bu suradan mo‘minlarni Alloh ularga ato etgan narsalardan xayr-saxovat qilishga chorlagan oyatlar ham o‘rin olgandir. Sura mo‘minlar bilan munofiqlarning oxiratdagi ahvoli to‘g‘risida xabar berib, u joyda munofiqlar dunyodagi kabi mo‘minlar orasiga qo‘shilib keta olmasdan, ajralib qolishlarini uqtiradi va bu hayoti dunyoning o‘tkinchi ekanligini bahor yomg‘iri ostida to‘rt kun barq urib ochilib, so‘ng yoz issig‘iga bardosh bera olmay qurib, qovjirab qoladigan chechaklarga tashbeh qilinadi. Sura Iyso payg‘ambar yo‘llariga ergashgan ahli kitoblarni Allohdan qo‘rqishga va U zotning so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhis-salomga iymon keltirishga da’vat qilish bilan xotima topadi. Bu surada kishilarning tinchlik-osoyishtalik kunlarida ham, harbu-zarblarida ham birdek zarur va foydali bo‘lgan temir moddasi haqida zikr qilingani uchun u «Hadid»— «Temir» surasi deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Osmonlar va yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytdi. U qudrat va hikmat sohibidir.2. Osmonlar va yer Uning mulkidir. U hayot va o‘lim berur. U barcha narsaga qodirdir.3. Avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham Uning O’zidir. U barcha narsani bilguvchidir.I z o h. Ushbu oyati karimada har bir mo‘min Alloh taoloning bor va birligiga iymon keltirish bilan birga e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan to‘rt ilohiy sifati bayon etildi: Alloh avvaldir, ya’ni U azaliy zot bo‘lib, Undan avval biron zamon o‘tgan emas; Alloh, oxirdir, ya’ni U abadiy-mangu zot bo‘lib, barcha narsa yo‘q bo‘lur, lekin Uning intihosi yo‘qdir; Alloh zohirdir, ya’ni koinotdagi har bir narsa Uning borligiga ochiq-zohir dalolat qilib turadi; Alloh botin-maxfiydir, ya’ni Uning zotini ko‘z bilan idrok etib bo‘lmas va Uning mohiyat-haqiqatiga aql bilan yetib bo‘lmas.4. U osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra O’z arshiga o‘rnashgan zotdir. U yerga kiradigan (yomg‘ir-qor suvi xazinayu-dafina va jasadlar kabi) narsalarni ham, undan chiqadigan (o‘t-o‘lan, nabotot va buloq suvlari kabi narsalarni ham, samodan tushadigan (rizqu nasiba, hayru baraka kabi) narsalarni ham, unga (samoga) ko‘tariladigan (ya’ni amal va duo-iltijo kabi) narsalarni ham bilur. Sizlar qaerda bo‘lsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir.5. Osmonlar va yer Uning mulkidir. Barcha ishlar yolg‘iz Allohga qaytarilur.6. U kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. U dillardagi sirlarni bilguvchidir.7. (Ey insonlar), Allohga va Uning payg‘ambari (Muhammad alayhis-salom)ga iymon keltiringlar hamda U zot sizlarni xalifa qilib qo‘ygan narsalardan (ya’ni vaqtincha qo‘llaringizda turgan erta bir kun sizlar istasangiz-istamasangiz o‘zgalarning qo‘llariga o‘tib ketadigan Alloh bergan mol-davlatdan) infoqehson qilinglar! Bas, sizlardan iymon keltirgan va infoq-ehson qilgan zotlar uchun katta ajr-mukofot bordir.8. Agar sizlar iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar — payg‘ambar (oralaringizda) sizlarni Parvardigoringizga iymon keltirishga da’vat qilib turgani holda (Alloh esa sizlarning ruhlaringizni yaratgan paytidayoq, iymon keltirish haqidagi) ahdu-paymoningizni olgani holda nega sizlar (Allohga) iymon keltirmayapsizlar?9. U O’z bandasi (Muhammad alayhis-salom)ga toki u sizlarni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga olib chiqish uchun aniq-ravshan oyatlarni (ya’ni Qur’oni Karimni) nozil qiladigan zotdir. Albatta Alloh sizlarga mehribon va rahmlidir.10. Nega sizlar Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmayapsizlar?! Holbuki osmonlar va yerning vorisligi yolg‘iz Allohniki-ku (ya’ni oz kunda sizlar bu olamdan o‘tib ketib, qo‘llaringizdagi barcha mol-dunyolaringiz Allohga meros bo‘lib qoladiku)! Sizlardan (Makka) fath bo‘lishidan ilgari infoq-ehson qilgan va (rasululloh bilan birga kofirlarga qarshi) urushgan kishilar (Makka fathidan keyin infoqehson qilgan va urushgan kishilar bilan) barobar bo‘lmas. Ular keyin infoqehson qilgan va urushgan kishilardan ulug‘roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh go‘zal (oqibat-jannat) va’da qilgandir. Alloh kilayotgan amallaringizdan xabardordir.11. Allohga qarzi xasana (ixtiyoriy qarz, ya’ni Uning yo‘lida xayru saxovat) qiladigan kim bor? Bas, U zot o‘sha (kishi)ga bir necha xissa qilib qaytarur va uning uchun ulug‘ ajr-mukofot bo‘lur.12. Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni qilgan yaxshi amallari va nomai a’mollari yo‘llarini yoritib) ketayotganini ko‘radigan Kunni (eslang)! (O’sha Kunda ularga deyilur): «Sizlar uchun Bugungi xushxabar — ostidan daryolar oqib turadigan, (sizlar) mangu qoladigan jannatlardir. Bu ulug‘ baxtning o‘zidir!»13. U Kunda munofiq va munofiqalar iymon keltirgan zotlarga: «Bizga qarab turinglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik», desalar, (ularga) «Ortinglarga qaytib nur istayveringlar», deyilur. So‘ng ular (bilan mo‘minlar)ning o‘rtasiga darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmatjannat, tashqarisida-oldida esa azob-do‘zax bo‘lur.14. Ular (mo‘minlarga) «Biz (hayoti dunyoda) sizlar bilan birga emasmidik», deb nido qilganlarida, (mo‘minlar) derlar: «Ha, (ko‘rinishda biz bilan birga edinglar), lekin sizlar (munofiqlik bilan) o‘zlaringizni fitnaga duchor qildinglar va (bizlarga balo-ofatlar yetishiga) ko‘z tutdinglar hamda (Islomning haq «din ekanligi to‘g‘risida) shubhalandinglar va to Allohning amri (ya’ni o‘lim) kelgunicha sizlarni (hali umr uzoq ekanligi, Alloh har qanday gunohni kechib yuboraverishi kabi) xomxayollar aldadi. Sizlarni Alloh haqida (U zotning karami keng, hech qachon O’zi yaratgan bandalarni azobga giriftor qilmaydi, deb) aldaguvchi (shayton) aldab qo‘ydi».15. Mana Bugun sizlardan ham, (ey munofiqlar), kofir bo‘lgan kimsalardan ham (do‘zax azobidan qutulishlaringiz uchun) biron to‘lov olinmas. Joylaringiz do‘zaxdir! U sizlarga eng munosib joydir! Naqadar yomon oqibat (bu)!I z o h . Mazkur oyatlarda zohirlari mo‘min-u, botinlari munofiq bo‘lgan kimsalarning oxiratda duchor bo‘ladigan oqibatlari bayon qilindi. Endi mo‘minlarga murojaat qilinib, ularni o‘zlaridan avval o‘tgan ahli kitoblar kabi dillari qotib, fosiq-itoatsiz bo‘lib ketmasdan ko‘ngillarini Allohning zikriga va Qur’on tilovatiga moyil qilishga da’vat etiladi.16. Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo‘lgan Haq- Qur’onga moyil bo‘lish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, so‘ng (ular bilan payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va nasroniylardan) ko‘plari fosiq-itoatsizdirlar!17. (Ey mo‘minlar), bilinglarki, albatta Alloh o‘lgan yerni tiriltirur (ya’ni Alloh qurib-qaqshab yotgan yerni yomg‘ir bilan «tiriltirgani» kabi sizlarning dillaringizni ham Allohning zikri va Qur’on tilovati bilan yumshatur). Mana Biz aql yurgizishlaringiz uchun sizlarga (O’z qudrati ilohiyyamizga dalolat qiladigan) oyatlarni batafsil bayon qildik.18. Albatta sadaqa qilguvchi erkaklar va sadaqa qilguvchi ayollar hamda Allohga qarzi xasana berganlar uchun (bergan xayru sadaqalari) bir necha hissa qilib qaytarilur va ular uchun ulug‘ ajr-mukofot bordir.19. Allohga va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar — ana o‘shalar Parvardigorlari huzurida siddiqlar (ya’ni juda rostgo‘y zotlar) va shahidlarning o‘zidirlar. Ular uchun (oxiratda) ajr-mukofotlari va (ularning yo‘llarini yoritib boradigan) nurlari bo‘lur. Kofir bo‘lgan va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalar – ular do‘zax egalaridir!20. Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgi, zeb-ziynat, o‘rtalaringizdagi o‘zaro maqtanish va mol-dunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdir xolos. (U) xuddi bir yomg‘irga o‘xsharki, uning (yog‘ishi sababli unib chiqqan) o‘t-o‘lani kofirlarni hayratga solib (aqllarini band qilib qo‘yur). So‘ngra u qurir, bas uni sarg‘aygan holda ko‘rursiz. So‘ngra u quruq cho‘p bo‘lib qolur. (Hayoti dunyoning holi ham shundan o‘zga emasdir). Oxiratda esa (o‘sha to‘rt kunlik dunyoga aldanib qolganlar uchun) qattiq azob va (iymone’tiqod bilan o‘tganlar uchun) Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Hayoti dunyo esa faqat aldaguvchi matodir.21. (Ey insonlar), Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan mag‘firatga xamda Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltirgan zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, kengligi osmon va yerning kengligi kabi bo‘lgan jannatga shoshilingiz! Bu (ya’ni va’da qilingan mag‘firat va jannat) Allohning fazlu marhamati bo‘lib, uni O’zi xoxlagan kishilarga ato etur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.22. Na yerga va na o‘zlaringizga biron musibat yetmas, magar (etsa) Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta bu Allohga osondir.I z o h. Ya’ni, hayotda sodir bo‘ladigan har bir yaxshi-yomon, katta-kichik voqea-hodisa albatta Alloh taoloning taqdiri azaliysida bitilgan bo‘ladi. Yaratganning amrisiz birovning badaniga bir tikan kirmaydi. Bu haqiqat bayon etilishiga sabab:23. Toki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato etgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar. Alloh barcha kibrhavoli, maqtanchoq kimsalarni suymas.24. Ular baxillik qiladigan va odamlarni ham baxil bo‘lishga buyuradiganchaqiradigan kimsalardir. Kim (baxillik qilib infoq-ehson qilishdan) yuz o‘girib ketsa, u holda albatta Allohning O’zi (barcha olamdan) behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir.25. Qasamki, Biz O’z payg‘ambarlarimizni aniq hujjat-mo‘jizalar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezontarozi tushirdik. Yana Biz temirni tushirdik-yaratdik. Unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh g‘aybda (bandalari ko‘ziga ko‘rinmasdan) turgan holida O’ziga va payg‘ambarlariga (Alloh yo‘lida jihod qilish bilan) yordam beradigan kishilarni bilish uchun (temirni yaratdi). Albatta Alloh kuchli, qudratlidir.I z o h . Ushbu oyati karimada jamiyat intizomi va kishilar osoyishtaligi uchun Allohning kitobi va adolat tarozisi bilan birga yana temir, ya’ni qurolli kuchga ham muhtoj bo‘linishiga ishora qilinmoqda.26. Qasamki, Biz Nuh va Ibrohimni payg‘ambar qilib yubordik hamda payg‘ambarlik va Kitobni (ya’ni, Tavrot, Injil, Zabur va Qur’onni) ham ikkovining zurriyotlariga (ato) qildik. Bas, ularning (ya’ni Nuh va Ibrohim zurriyotlarining) orasida hidoyat topguvchi (kishilar) ham bor, (ammo) ularning orasida ko‘plari fosiq-itoatsizdirlar.27. So‘ngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘ambarlarimizni yubordik va Iyso binni Maryamni ham (ularning) ortidan yubordik va unga Injil ato etdik hamda unga ergashgan zotlarning dillarida mehribonlik va rahm-shafqat (paydo) qildik. Rohiblikni esa ular o‘zlari chiqarib oldilar. Biz ularga (rohib bo‘lishlarini) yozganimiz — buyurganimiz yo‘q, lekin ular o‘zlari Allohning rizoligini istab (rohiblikni odat) qildilar-u, so‘ng unga to‘g‘ri-to‘la rioya qila olmadilar. Bas, Biz ulardan iymon keltirgan zotlarga ajr-mukofotlarini ato etdik. (Ammo) ularning orasida ko‘plari fosiq-itoatsizdirlar.28. Ey (Iysoga) iymon keltirgan zotlar, Allohdan qo‘rqinglar va Uning payg‘ambari (Muhammad alayhis-salom)ga ham iymon keltiringlar, (shunda) U zot sizlarga O’z rahmatidan ikki hissa ato etur va sizlar uchun (Qiyomat kunida oldilaringizda) yuradigan nur (paydo) qilur hamda sizlarni mag‘firat qilur. Alloh mag‘firatli, mehribondir.29. Ahli kitob o‘zlari Allohning fazlu-marhamatidan biron narsaga (etishga) qodir bo‘la olmasliklarini va fazlu marhamat Allohning qo‘lida bo‘lib, uni faqat O’zi xohlagan kishilarga ato etishini bilishlari uchun (Alloh ularga yuqoridagi hukmlarni bayon qildi). Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:18:39

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.143.7.112
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3