Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 52. "Tur"
52. "Tur"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:38 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
TUR SURASI 
Bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U qirq to‘qqiz oyatdir. Sura avvalida Tangri taolo besh narsaga qasamyod qilib, Qiyomat kunidagi kofirlar ustiga tushadigan azob haq ekanligini uqtiradi. So‘ngra Alloh taolodan qo‘rquvchi taqvo egalari uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat va unda kelajak mangu saodatli hayot haqida so‘z boradi. Shuningdek, bu surada Qur’oni Karimga iymon keltirmagan va Muhammad alayhissalomni yolg‘onchi qilgan kimsalarning barcha da’volari puch va asossiz ekanligi rad etib bo‘lmaydigan dalillar vositasida ochib beriladi. Sura nihoyasida payg‘ambar alayhis-salomni Alloh taoloning hukmi ilohiysiga sabr qilishga buyurilib, ertayu-kech Allohni poklab tasbeh aytishga da’vat etiladi. Sura o‘zining ilk oyati nomi bilan «Va-t-Tur» — «Tur tog‘iga qasam», deb atalgandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Tur (tog‘i)ga,2-3. Ochiq sahifaga yozilgan Kitobga (Qur’onga),4. Baytul-Ma’murga (Obod Uyga),5. Baland ko‘tarilgan tomga (osmonga),6. Va to‘lib-toshgan dengizga qasamki,7. Parvardigoringizning azobi shak-shubhasiz voqe’ bo‘lguvchidir!8. Uning uchun biron daf’ qilguvchi – to‘siq yo‘qdir.I z o h. Yuqorida zikr qilingan «Baytul-Ma’mur — Obod Uy»dan murod Alloh taoloning amri bilan Odam alayhis-salom bino qilgan Baytulloh bo‘lib, Nuh payg‘ambar zamonlarida ro‘y bergan to‘fon balosida Alloh taoloning amri bilan farishtalar u uyni yettinchi osmonga olib chiqib ketgan ekanlar. Uning «Obod Uy» deb atalishiga sabab u uyni har kuni yetmish ming farishta tavof qilishidir.9. U Kunda osmon titrab-chayqalur;10. Va tog‘lar ham (o‘rnashgan joylaridan jilib), yo‘lga tushur!11-12. Ana o‘sha Kunda (payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qilguvchi, o‘zlari sho‘ng‘igan noto‘g‘ri yo‘llarida adashib yuradigan kimsalarga halokat bo‘lur!13. U Kunda ular jahannam o‘tiga haydalurlar!14. (Va ularga deyilur): «Sizlar yolg‘on deb yurgan do‘zax mana shudir!»15. Qani, bu (azob) ham sehrmi, yoki sizlar (hayoti dunyoda Haqni ko‘ra olmaganlaringiz kabi bu azobni ham) ko‘rmayapsizlarmi?!16. (Do‘zaxga) kiringiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar, sizlarga barobardir! (Ya’ni u azob sizlardan yengillatilmas). Sizlar faqat o‘zlaringiz qilib o‘tgan qilmishlaringizning jazosini tortursizlar!»17-18. Taqvodor zotlar esa ularga Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurram bo‘lgan hollarida shak-shubhasiz jannatlar va ne’matlar ichra barqarordirlar. Parvardigorlari ularni do‘zax azobidan saqlagandir.19-20. (Ularga): «Sizlar qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli qator tizilgan so‘rilar ustida yastangan hollaringizda ko‘ngildagidek yeb-ichinglar», (deyilur) va Biz ularga shahlo ko‘zlarni jufti halol qilib berdik.21. O’zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini qo‘shdik va ularga qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik. Har bir kishi o‘zi kasb qilgan ishi bilan garovga olinguvchidir — ushlanguvchidir.I z o h . Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: Agar ajdodlar hayoti dunyodan iymon va ezgu amallar bilan o‘tib, Alloh taolo nazdida yuksak darajotlarga erishsalar va ularning farzandlari ham ularga iymon bilan ergashsalar-u, ammo ota-bobolari muyassar bo‘lgan baland maqomlarga ko‘tarila olmasalar-da, Tangri taolo ularni ham otabobolariga qo‘shib, barchalariga O’zi va’da qilgan jannatdan joy ato etadi, ammo farzandlari sababli ajdodlarning ajr-mukofotlarini zarracha kamitmaydi. Chunki har bir jon o‘zi qilgan ishiga javobgardir. Endi quyidagi oyatlarda yana o‘sha ahli jannatga ato etiladigan baxt-saodat va nozne’matlar zikr qilinadi.22. Yana Biz ularni ko‘ngillari istaydigan meva-cheva va go‘sht bilan quvvatlantirdik.23. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib – qo‘lma-qo‘l qilib ichurlarki, u (sharob)da (ya’ni uni ichganlari sababli) na behuda-sergaplik va na gunoh bo‘lar.24. Ularning ustida go‘yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pokiza va xushsurat) g‘ulomlari aylanib (xizmatga hozir bo‘lib) turur.25-26. Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib, deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli-oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohnin azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik.27. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rguzdi va bizlarni samumdan (ya’ni badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi.28. Darhaqiqat bizlar ilgari (hayoti-dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O’zigina marhamatli, mehribondir».29. Bas, (ey Muhammad) siz insonlarga Qur’on oyatlari bilan) pand-nasihat qilavering! Chunki siz Parvardigoringizning ne’mat-marhamati bilan kohinfolbin ham, majnun ham emasdirsiz.30. Balki ular (mushriklar): «(Muhammad), bir shoirdir. Bizlar unga zamon hodisot-balolari (etishi)ni kuturmiz», derlar?!31. Ayting: «Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutguvchilardandirman. (Qani, baloga kim yo‘liqar ekan)».32. Balki ularning «aqllari» mana shunday («dono» so‘zlarni aytishga) buyurar?! Yoki ular tug‘yonga tushgan qavmlar(ki, bunday so‘zlarni aytishlariga sabab o‘sha tug‘yonmi)?!33. Balki ular: (Muhammad Qur’onni) «o‘zi ichidan to‘qib olgan», derlar?! Yo‘q, ular iymon keltirmaslar!34. U holda agar rostgo‘y bo‘lsalar o‘zlari ham o‘sha (Qur’on)ga o‘xshash biron so‘z — kitob keltirsinlar-chi?!35. Balki ular hech narsadan (ya’ni, Yaratguvchisiz) yaralib qolgandirlar?! Yoki ular o‘zlari yaratguvchimikanlar-a?!36. Balki osmonlar va yerni ham ular yaratgandirlar?! Yo‘q, ular ishonmaslar!37. Balki ularning huzurlarida Parvardigoringizning xazinalari bordir?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turguvchimikanlar-a?!38. Balki ularning (osmonga ko‘tarilib, farishtalarning so‘zlarini) eshitib oladigan narvonlari bordir?! U holda ularning eshitib olguvchilari (o‘zlarining haqiqatan Allohning amridan xabardor bo‘lganiga) biron ochiq hujjat keltirsinchi?!39. (Ey mushriklar), balki qizlar U zotniki-yu, o‘g‘illar sizlarnikidir?!I z o h. Ya’ni sizlar «Farishtalar Allohning qizlari», deb da’vo qilasizlar. Qay bir hujjat bilan bunday demoqdasizlar?! Sizlar «dono»liklaringizdan o‘zlaringiz yomon, ko‘radigan va orlanadigan qizlarni Allohniki deb, o‘g‘il bolalarni o‘zlaringizniki qilib olmoqchimisizlar?! Agar shu «dono»liklaringiz bo‘lsa, sizlarning Qur’onni ham, payg‘ambarni ham, o‘lgandan keyin qayta tirilishni ham inkor qilishlaringiz hech tong emasdir!40. (Ey Muhammad), balki siz ulardan (o‘z da’vatingiz uchun) ajr-haq so‘rayotgandirsizki, ular (o‘sha) to‘lov(ni to‘lash)dan qiynalib qolgandirlar (va shu sababli iymon keltirmayotgandirlar)?41. Balki ularning huzurlarida g‘ayb (ilmi — Alloh taoloning O’z bandalaridan yashirgan sirlari) bo‘lib, ular (o‘sha sirlarni) yozib olayotgandirlar (va shu sababli siz keltirgan xabarlarga ishonmayotgandirlar?!) Aslo undoq emasdir! U holda nega ular sizga iymon keltirmaslar?!42. Balki ular (sizni halok qilish uchun) biron hiyla-nayrang qilmoqchidirlar?! U holda o‘sha kofir bo‘lgan kimsalarning o‘zlari hiyla-nayrangga giriftor bo‘lurlar!43. Balki ular uchun Allohdan o‘zga biron «iloh» bordir?! Alloh ularning shirklaridan pokdir!44. Agar ular (ustlariga ularni halok qilish uchun) osmondan bir bo‘lak-parcha tushayotganini ko‘rsalar (o‘shanda ham iymon keltirmaslar, balki «Bu to‘plangan bulutdir», derlar.45. Bas, (ey Muhammad) siz ularni toki o‘zlari halok qilinadigan kunlariga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha tark qiling!46. U Kunda ularning hiyla-nayranglari biron foyda bermas va ularga yordam ham berilmas!47. Albatta zolim-kofir bo‘lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomat kunidan) ilgari mana shu dunyoda) ham azob-uqubat(lar) bordir, lekin ularning ko‘plari (buni) bilmaslar!48. (Ey Muhammad) siz Parvardigoringizning hukmiga (ya’ni mushriklarni darhol azobga duchor qilmaganiga va sizni turli mashaqqatli sinovlar bilan imtihon qilishiga) sabr qiling. Zotan siz shak-shubhasiz Bizning ko‘z o‘ngimizda (ya’ni hifzi-himoyamizda)dirsiz. Va (tongda uyqudan) turgan paytingizda Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha ayb-nuqsondan) poklang!
49. Shuningdek kechadan (bo‘lgan soatlarda) va yulduzlar yuz o‘girib ketgach (ya’ni sahar paytlarida) ham U zotga tasbeh ayting!


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 52. "Tur"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:15:14

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.138.134.107
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3