Ishq sharobin ichib mast bo'ldi qalbim.Bu nurli yuzingdan erigay tog'lar.Sajdada bosh qo'yib so'rayman kechirgin aybim.Biz uchun yaratding jannat deb atalmish abadiy bog'lar... Yana yaratding nafs uni xohlovchi go'zal bir do'zax.Jamiki shahvatlar bilan o'rading uni.Ichkari qarasang olovli va alamli achchiq bir do'zax.O'zingning yo'lingdan adashtirmagan bandalaring o'tajaklar uning ustidan qiyomat kuni.
Sen bizni yaratding faqat ibodat uchun.Hatto yemoq ichmoq ham bir ibodatdir.Bilmadim besh kunlik dunyoga hirs qo'ymoq nechun.Sen farz qilgan ro'za va namoz sengagina itoatdir.
Sen insonni yaratding mukarram qilding maxluqotlar ichidan.Hatto farishtalar ham xizmatdadir ular uchun yozarlar uzzu kun nomai amol.Sen chiqarib qo'yding paygambarlaru avliyolar taqvodor zotlar ichidan.Toki adashmasin yo'limdan ketmasdan zavol.