Salom hayolimni o'g'irlagan farishtam, sevgilim, yuragim, keragim, hayotim!!! Men seni juda qattiq sog'indim. Bilasanmi seni shahlo ko'zlaringni sog'inganda, jonim, angladim suv va havodek zarur ekansan. Agar sen mening yonimda bo'lmasang hatto dunyo kerakmas, dunyo begona menga. Sen yo'qligingda nafas yetmay qoladi. Sen mening yolg'izim, yulduzim, borim, beg'uborim, beozorim, betakrorimsan. Lekin buni o'zing bilmaysan. Ahir men seni daryoday toshib, dunyolarga sig'may sevaman. Sen bamisoli oftobsan. Qaynoq nurlaringni sochasan, meni esa sevgim yanada ortib seni bag'rimga bosgim keladi. Menga sendan boshqasi kerakmas. Men uchun sen yagona va betakrorsan. Sensiz men otashlarda qovurilib ado bo'lmoqdaman...