Kapalakday yoningda
parvona
bo'lay,
O'l degan qoshingda tiz cho'kib
o'lay.
O'ch degin mayli shamdayin
so'nay,
Sevma meni lekin alvido dema.
Bilasan mening dardim bedavo,
Hech bo'lmasa o'lgunimcha qil
menga vafo.
Agar tabiblar dardimga topsa
davo,
Ket deginu lekin alvido dema.
Mayli bir zum ox uray
qarshingda
turib,
Mayli keyin uzoq yurtga ketayin
kulib.
Seni eslay mayli oygatermulib,
Yaxshi borgin degin alvido
dema.
Mayli zamin ichra yolg'iz men
qolay,
Mayli barcha aybni o'zimga olay.
Mayli yolg'izlikda sargardon
o'lay,
Omon bo'l deginu alvido dema.
Mayli vaslingga to'ymasin
ko'zim,
Bilaman hammasiga aybdor
o'zim.
Bu dunyodan ketarman eng
so'ngi so'zim,
Tinch bo'lgin deginu alvido
dema.
Mayli ruxim ketsin osmonga
uchib,
Mayli ketay ko'z yoshlarim
yomg'irday sochib.
Mayli o'zga yor ol lek uni quchib,
Xayr deginu Alvido dema
Расскажи друзьям: