Sen bo’lmasang xam yonimda, xayotim davom etadi. Qalbimdagi armonlar bir kun kelib unutiladi. lekin Yuragim tubida izlar baribir qoladi. Ishonaman bir kun kelib meni xam baxtim kuladi. Qani endi o’sha orzular, o’sha biz kutgan baxtli kunlar, Sog’inch azobida qiynalib, o’tmoqdadir tunu kunlar. Aybim neligini bilmayman, sababini hech anglolmayman, Balki vaqt o’tgandan so’ng, men seni unutarman. Oradan yillar o’tib, taqdir uchrashtirganda. Afsuslanmagin aslo, taqdir zarba berganda. Xayotingda dard ko’rma, mayli baxtingga yetgin. Barchasi o’z qo’lingda, xech qachon adashmagin. Sen bo’lmasang xam yonimda, xayotim davom etadi. Qalbimdagi armonlar bir kun kelib unutiladi. lekin Yuragim tubida izlar baribir qoladi. Ishonaman bir kun kelib meni xam baxtim kuladi. Bilaman ko’z ko’zga tushganida qarolmaysan, Qaytging keladi lekin menga qaytolmaysan. Chunki vaqtlar o’tdi, umidim ham so’ndi, Qisqasi kech bo’ldi, ayblaringni yuvolmaysan. Oz bo’lsa xam sog’inganimni bildirmayman, Eski xotiralarni umuman eslamayman. Chunki xammasidan butkul umuman to’yganman. Men sendan kechganman, men sendan kechganman. Oradan yillar o’tib, taqdir uchrashtirganda. Afsuslanmagin aslo, taqdir zarba berganda. Xayotingda dard ko’rma, mayli baxtingga yetgin. Barchasi o’z qo’lingda, xech qachon adashmagin. Sen bo’lmasang xam yonimda, xayotim davom etadi. Qalbimdagi armonlar bir kun kelib unutiladi. lekin Yuragim tubida izlar baribir qoladi. Ishonaman bir kun kelib meni xam baxtim kuladi.
Расскажи друзьям: