Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim.
O'zimga bek, o'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg'izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan, ulug'imsan.
Sen Ho'jandsan, Chingizlarga darvozasin
ochmagan,
Temur Malik orqasidan Sirdaryoga
sakragan.
Muqannasan qorachig'i olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko'rgan cho'pon
cho'lig'imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, onammi,
Ilig'imsan, Vatanim o'zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim, o'zingsan,
Ota desam qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing, ulug'imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon, kim Enasoy
tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda, Boburing –
Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig' deb, yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to'qson olti urug'imsan,
Vatanim.
Qizim desa osmonlarga G'irot bo'lib
uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga qayliq bo'lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib, Ulug'beging
quchgayman,
G'ichir-g'ichir tishimdagi so'lig'imsan,
Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, onammi,
Ilig'imsan, Vatanim o'zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim, o'zingsan, Ota desam qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing, ulug'imsan,
Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, onammi,
Oftobimsan, Vatanim o'zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim, o'zingsan,
Ota desam qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing, ulug'imsan, Vatanim.
Расскажи друзьям:
|