BU MAVZUDA UY-ROZGORDA, XAYOTDA KERAK BOLADIGAN FOYDALI MASLAXATLARNI YOZIB BORAMIZ.
DIQQAT FLOOD BOLMASIN!!!
SOCH HAM HUSN
· Bir-ikki dona tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq o‘simlik moyi (kanakunjut, zaytun yoxud kungaboqar moyi) bilan obdon aralashtirib, bosh terisiga ishqab surtib, «edirilgach»: ustiga polietilen bilan yopib, sochiq bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir soatdan so‘ng yuvilsa, soch ildizlarini mustahkamlab, o‘sishga yordam beradi. * * * · Sochning sog‘lom o‘sishida uni tarash katta ahamiyatga ega. Sochni siqib o‘rish, qattiq tang‘ib bog‘lash natijasida, qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu esa, o‘z navbatida sochni siyraklashishiga olib keladi.
Guash va akvarel bo‘yoqlari sovuq suvda yaxshi ketadi.
* * *
Matodagi oq yoki qizil vino dog‘larini yo‘qotish uchun uni ichi chuqur idishga solib, ustidan qaynoq suv quyish kerak.
* * *
Agar oppoq dasturxonga qizil vino to‘kilib ketgan bo‘lsa, shu zaxotiyoq dog‘ ustiga suv sepib qo‘ying. Ifloslangan tuzni olib tashlab, yana yangisini seping. Keyin dasturxonni issiq suvda yuvib tashlang.
* * *
Lab bo‘yog‘idan qolgan dog‘ni spirt bilan tozalash mumkin, lak dog‘ini juda extiyotkorlik bilan atseton orqali tozalash mumkin.
Agar mebelingizga yoki kiyimingizga saqich yopishib qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga muz parchasini qo‘yib, bir necha daqiqa ushlab turing.
* * *
Yod dog‘i nashatir spirti yoki tiosulfat natriy (giposulfit) yordamida osonlik bilan ketadi. Agar mato sovuq suvda yuvilib, kraxmal bilan tozalansa, dog‘ ketadi. Bu operatsiyani ikki-uch marotaba takrorlagan holda, tozalangan joyni sovunli suvda yuvib tashlash kerak.
* * *
Kiyimdagi ko‘kat va maysa dog‘larini yo‘qotish uchun salitsil spirti bilan artish kerak, keyin suv bilan yuvib tashlash kerak. Bu dog‘larda yana meditsina efiri va spirti bilan ham ketkizsa bo‘ladi.
* * *
Sut dog‘i sovuq, sovunli yoki nashatir spirti qo‘shilgan suvda ketadi.