Tekis va chiroyli qorin har bir ayolning orzusi bo`lsa ajab emas. Ozg`in ayollar ham doimo chiroyli ko`rinavermaydi. Bu qorin mushaklari va yog` qavati holati bilan bog`liq. Har bir kishining go`zalligi o`z qo`lidadir. Buning uchun mashg`ulotlar vaqti, ko`rinishini to`g`ri tanlash va ularda ko`rsatilgan talablarga rioya etish kifoya qiladi. Ideal ko`rinishga ega bo`lishni hohlagan ko`pchilik ayollar uchun kuch talab etadigan mashg`ulotlarni bajarish tanlov vositasi emas, balki shartdir. Doimiy, kuchli bajarilgan mashg`ulotlar natijasida yog` qavati kamayib, mushak ko`payadi. Bu holat albatta bir yoki ikki haftada bo`lmaydi. Buning uchun kamida uch oy shunday mashq qilish lozim. Mashg`ulotlar mushaklarda modda almashinuvini kuchaytiradi. Bu esa mushak massasi ortishiga sabab bo`ladi. Lekin, siz hatto aerobika bilan shug`ullansangiz ham yog`lardan qutula olmaysiz. Ammo, mashg`ulotlar natijasida ularni ancha kamaytirish mumkin. Yaxshi samaraga erishish uchun kunora sport zaliga tashrif buyurish lozim. Shuningdek mashg`ulotlar intensivligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Agar mashg`ulot sizda noqulaylik va og`riq tug`dirsa, ulardan voz kechish lozim. Ko`p mashg`ulot polda yotib bajarilihsini nazarda tutgan holda zalga kelishingiz lozim. Hech qachon qorin qiyshiq muskullari bilan mashg`ulot qilmang. Ular sizning belingizni katta qilib ko`rsatadi. Pressga ishlash chog`ida doimiy kuchlanishni saqlang. Mashg`ulot bajarish texnikasini yaxshilab o`rgnib chiqing. Bu mashg`ulot samaradorligini ta`minlaydi. Shuningdek intensivlik bilan mashg`ulot olib boring. Agar uzoq tanaffusdan keyin yoki birinchi marta mashg`ulotga qatnayotgan bo`lsangiz, mashqlarni bosqichma-bosqich oshirib boring. Yodda tuting: mashg`ulotdan keyin albatta dush qabul qiling. Bunda issiq va sovuq suvni navbatma-navbat ochib turing. Bu qon tomirlarni chiniqtiradi. Press sohasiga esa aylana oqimli dush bering. Kontrast dush so`ngida sovuq suvga yuvining. Bularning barchasi qon oqimini yaxshilab, metabolizmni kuchaytiradi. Metro, magazin, bekatda turganingizda ham vaqtni bekorga sarflamang. Bu yerda ko`rinmas mashg`ulot bajarish mumkin. Shugningdek mashg`ulotdan tashqari qorinni sovuq namlangan mato bilan artib turish ham katta ahamiyatga ega. Artish yo`nalishi o`ng yonboshdan chapga bo`lishi lozim. Keyin esa teskarisini qaytarasiz. So`ng aylana harakat bilan artasiz. Bular bilan birgalikda antisellyulit krem qo`llash juda yuqori natija beradi. Ozish uchun olingan uqalash yog`larni kamaytirishi lozim. Yaxshisi massajni gimnastikaga qadar olgan ma`qul. Massajda yumshagan mushaklar gimnastika chog`ida yaxshi faoliyat olib boradi. Agar siz qorin mushaklarini kvadrat ko`rinishida chiqib turishini istasangiz ularga ertalab, ovqatlanishdan oldin mashg`ulot bering. Bunda organizm o`z yog`laridan energiya sifatida ishlashga majbur bo`ladi. Bu press qilinayotgan mushaklarga ham foydalidir. Biroq, mashqlarni kuchli darajada bajarmang. Chunki, bu qorin old devori churrasiga sabab bo`lishi mumkin. Yana bir muhim narsa - kichik mashqlarni qayta-qayta takrorlash uning samaradorligini ta`minlamaydi. Har bir mashqni 16-20 marta bajarib, qiyinrog`iga o`tish lozim. Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?