Дата: Payshanba, 10.11.2011, 12:20 | Сообщение # 14
Partal Prezidenti
Группа: Sayt Prezidenti (SP)
Сообщений: 4470
Статус: Saytda emas
Uyim ostonasida yomg’irli havoning salqin nafasi bilan lazzatlanib ushbu satrlarni yozyapman. Mana yog’ayotgan yomg’ir tomchilari xuddi mening o’ylarimni eshitib qolganday, bir zumga qulob solib jim turdida, so’ngra yana nimadirlarni pichirlashni davom ettirdi. Eshikka suyanib o’tirar ekanman, aynan shu damda haqiqiy baxt nima ekanlgini xis qilaman.Baxt bu sokinlik, baxt bu ichki hotirjamlik, baxt bu tinchlik… Bir vaqt uy ishkarisidan adamning ovozlari eshitildi. Yerga yopishib qolmasligi uchun tezroq hovlidagi to’plab qo’ygan barglarni yig’ib olish kerakligini eslatdilar. Men uchun eng aziz insonning gaplarini ikki qilmaslik uchun hayol surishni to’xtatdim=)… VUJUDIM ICHIDAGI YURAGIM O'ZING