Rayhon Ganiyeva — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Mashhur aktyor Otabek Gaʼniyev oilasida dunyoga kelgan, oʻzbek kino asoschilaridan biri Nabi Gʻaniyevning nevarasi. Rayhonning qoʻshiqchilikka boʻlgan qiziqishi 5 yoshligida onasi unga pianino sovgʻa qilgan damlardan boshlanadi. Keyinchalik u Respublika Musiqa va Rassomchilik maktabini yakunlaydi va boshqa yoʻnalish boʻyicha Jahon Tillari Universitetiga oʻqishga kiradi. 1999-yilda Rayhon «Hayol» guruhida oʻz faoliyatini boshlaydi. Ular ijrosidagi ingliz va oʻzbek tillarida yozilgan «Eslama» nomli qo'shiq hitga aylanadi. 2000-yilda guruh tarqalib ketadi va Rayhon oʻz karyerasini yakkahon tarzda davom ettiradi. [tahrir] Umumiy maʼlumotlar * Ismi-sharifi:Rayhon G‘aniyeva; * Tug‘ilgan yili: 16.09.1978 yil; * Tugʻilgan joyi: Toshkent shahri; * Oilasi: Onasi, singlisi va o‘zi; * Onasi: Tamara Shokirova (aktrisa); * Otasi: Otabek G‘aniyev (aktyor bo‘lgan); * Singlisi: Nasiba, dizayner bo‘lmoqchi; * Maʼlumoti: Jahon Tillari Universitetining ingliz tili filologiyasi; * Ish joyi: Oʻzbeknavo gastrol- konsert birlashmasi; * Dugonasi: Eng yaqin dugonasi Shirin G‘ofurova. «Vodiy sadosi» radiosi boshlovchisi; * Mashinasi: Kulrang «Neksiya». Uni erkalab «qo‘g‘irchog‘im» deydi. * Ammo: o‘zini mohir haydovchi deya olmaydi; * Yoqtirgan taomi: o‘zbek va xitoy taomlari. Shirin sous jon-u dili. * Eng xipchabel sohibasi: beli 55 sm. * Jalb etadigan tomonlari: Shahlo ko‘zlari, sochlari, sahnadan tashqari paytda kiyinishi odmi, yangilikka o‘ch. * Feʼl-atvori: o‘zgaruvchan, muomalaga kirishuvchan, quvnoq, hazilkash. * Yoqtirgan qo‘shiqchilari: Beyons Noulz, Jennefer Lopez, Maykl Jekson. * Shaxsiy sayti: http:// www.rayhon.uz/; (hozircha ishlamayapti) * Albomlari: «Sensiz», «Baxtli bo‘laman», «Faqat muhabbat», «Yodingdami», «Sog‘indim»; * Rayhon faoliyati bo‘yicha direktor: Azizxon Yo‘ldoshxonov. * Yoqtirgan qo‘shig‘i: o‘zining «Sen ketding». Ruhiyatiga yaqin qo‘shiq va saundtreyk; * Ovoz yozish studiyasi: «Panterra»; * Mashhur qo‘shiqlari: «Sevgilim», «Yodingdami», «Asirimsan», «Senga emas», «Ber panoh», «Hech ayrilma», «Seni deb», «Ketaman», «Yolg‘izim», «Sen bo‘lmasang», «Yolvorma»; * Duetdoshlari: Abdulaziz Karim «Erkatoyim», Davron Ergashev «Unday dema»; * Daromad manbai: To‘ylar va konsertlar; * Kosmetik vositalari: «Cristian Dior», «Loreal», «Chanel» mahsulotlari; * Ertalab: nonushtasini onasi tayyorlab beradi. Qizi uchun ko‘p yegulik xarid qilsa-da, Rayhon ko‘p ovqat yemaydi. * Yoqtiradi: «Patrik’s» restoranida ovqatlanishni. Chunki u yerning sokin va tinch bo‘lgani yoqadi. * Milliy sanʼatkorlardan tinglaydi: Munojot Yo‘lchiyeva, Sherali Jo‘rayev; * Ijodini boshlaganiga: 9 yil to‘ldi. Undan oldin musiqachilar guruhida 11 yil o‘qigan; * Bolaligida husnixati xunuk bo‘lgan; * Yoqtirgan fasli: qish, bahor, yoz; * Sochlari: tabiiy jingalak bo‘lganligi uchun silliqlatish maqsadida go‘zallik saloniga boradi. Sochlarining uzun va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun muntazam vitaminlar ichadi. * Sevadi: Allohni, haqiqatni, yaxshilikni, go‘zallikni, uni sevishlarini, ijodida yaxshi qo‘shiqlar yaralsa, uni olqishlashsa, basseynda cho‘milishni, quyoshni, dengiz sohilida o‘tirishni, oilasini, do‘stlarini, bezakli taqinchoqlarni; * Rayhon yomon ko‘radi: barcha hasharotlarni, uy hayvonlarini, xafa qilganlarni, iflosgarchilikni, sovuqni, uni xafa qilishlarini, ikkiyuzlamachilikni, orzulari sarobga aylanishini, qo‘pollikni, yolg‘onni; * Uyquga kech yotadi: undan oldin esa albatta onasiga bugungi kuni qanday o‘tganini gapirib beradi; * Muxlislariga uch tilak: baxt, sevgi va sog‘lik yor bo‘lsin! * Rayhon 2007-yil Zamin film va Oʻzbekiston Maʼdaniyati va Forumi hamkorligida "Kechir" nomli filmda debyut rolini ijro etdi.Filmda Rayhon Samira ismli estrada yulduzi obrazini yaratdi. VUJUDIM ICHIDAGI YURAGIM O'ZING
Rayhonaning rasmiy saytining malumotiga ko'ra, hozirda Rayhon yangi «Nega endi» nomli qo'shig'iga klip suratga olish ishlari bilan band. Ushbu klipda mashhur va sevimli aktyorlarimizdan biri suratga tushmoqda. Bu aktyor kim ekanligi hozircha sir. Yana bir yangilik Rayhon va Ulug'bek Rahmatullayev ijrosidagi duet qo'shiq yozib tugatildi. Tez kundaFM diapazonlari orqali bu qo'shiq muhlislarga taqdim etiladi. Ayriliq sevgi uchun - xuddi shamol olov uchun: kuchsizi uni o'chiradi, kuchlisi esa alangatadi.