Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
O'zbekona Forum » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandlik, Habarlar, Fan va Ta'lim » Internet Dasturlar, o'quv kurslar va Fayllar / Games » INTERNETning Asosiy tushunchalari
INTERNETning Asosiy tushunchalari
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:52 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas


Internetdan unumli foydalanish uchun, dastlab, uning tuzulishini tasavvur qilish kerak. Internet – millionlab ishlab turgan, butun dunyo bo`yicha joylashgan va har xil aloqa vositalari yordamida yagona tarmoqqa birlashgan kompyuterlar. Internetga bog`langaningizda mana shu millionlab kompyuterlarda joylashgan ma`lumotlardan foydalana olasiz. Buning uchun kerakli kompyuterning manzilini kiritsangiz bir necha vaqtdan keyin istagan ma`lumotni olishingiz mumkin. Masalan: Hindistonning bir joyida joylashgan yangi musiqani tortib olib, eshitishingiz.
Internet haqida aniq tasavvurga ega bo`lishingiz uchun asosiy tushunchalar bilan tanishish lozim.

Server

Tarmoqqa ulangan, doimiy ishlaydigan va tarmoqning turli xizmatlarini bajaradigan kompyuterga SERVER deyiladi. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirihs darvozalari hisoblanadi.



Server protsessorlari.
Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi.
Ajratilgan server. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi.

Virtual server. Kecha-yu kunduz internetga ulangan kompyuterni ishlatish oddiy foydalanuvchiga qimmatga tushadi. Shuning uchun ular boshqa serverning xotirasidan bo`sh joyni ijaraga olishadi va virtual serverga ega bo`lishadi. Bu xuddi o`zingizning internetda vakolat xonangizga o`xshaganday. Albatta, foydalanuvchi jismoniy server bilan foydalanish huquqiga ega bo`lmaydi, lekin tarmoq orqali virtual serverga kirib, kerakli ma`lumotlarni yozib qo`yishi mumkin. Keyin tarmoqqa kiritilgan ma`lumotlarni boshqa foydalanuvchilar kecha-yu kunduz o’qishi mumkin.
Odatda, bunday xizmatni provayderlar ko’rsatadi va uni “xosting” (inglizcha - hosting) deb atashadi.
Serverdagi xosting xizmatlari ikki xil bo’ladi: pulli va bepul. Pulli xosting xizmatlarga boy va tez ishlaydi, bepulida esa xizmat turlari kam, ishlash tezligi past va saytingizda o`zgalarning reklamalari paydo bo`lib turadi. O`rganishga bepul xosting bo’laveradi, lekin jiddiy loyihalar uchun pulli serverlar zarur.

Proksi-server. Proksi-server – foydalnuvchi va internet orasidagi maxsus vositachi dastur. Uni ishlatish shart emas, lekin bu dastur yordamida web sahifalarining yuklash jarayonini tezlashtirish mumkin. Proksi-server Internetdan ko`p ko`radigan sahifalarni qattiq diskdagi omborga saqlaydi va yana shu sahifalar so`ralganda Internetdan emas, balki xotirasidan ko’rsatadi.
Odatda, proksi-server ajratilgan serverga o`rnatiladi va tarmoq xizmatlarini ham bajaradi: mahalliy tarmoq kompyuterlarini Internetga ulaydi. Tarmoqdagi kompyuterlar internet so’rovlarini ajratilgan serverga uzatishadi, serverda esa proksi dasturi so’rovlarni internetga chiqaradi va tashqaridan kelgan ma’lumotlarni tarmoq kompyuterlariga yetkazib beradi. Yana proksi dasturi yordamida kompyuterlarning tarmoqdagi ish jarayonini boshqarib, kuzatib turish ham mumkin.






Ajratilgan server.

Protokol

Har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir- birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to`plami protokol (bayonnoma) deb ataladi. Hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. Bu protokol funksiyasini oddiy pochta xizmatiga o`xshatsa bo`ladi. Agar siz xatni jo`natmoqchi bo`lsangiz, uni konvertga joylashtirasiz, konvert ustiga jo`natuvchi va qabul qiluvchi manzillarni yozasiz va keyin pochta qutisiga tashlaysiz. Xatingiz qanday qilib manzilga yetadi, qaysi pochta bo`limlarida bo`ladi, qaysi pochtalyon olib boradi sizga farqsiz. Asosiysi xat tez va butun yetib borishi. Huddi shunday TCP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi. Jo`natiladigan ma`lumot paketga joylashtiriladi va paketga jo`natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo’l ko’rsatadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab eng qisqa yo`llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli manzilga yetkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi ma`lumotni yetkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o`lchanadi.
Tarmoqning uzatish yo`llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli katta hajmli ma`lumotlarni kichik qismlarga bo’lib, alohida paketlarda uzatadi. Har bir paket internetda IP protokol xizmati yordamida alohida sayohat qiladi. Paketlar manzilga yetgach, TCP protokoli bo`lingan ma`lumotni yig`adi va boshlang`ich holatiga keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga yetib kelmasa, TCP protokol uni takroran jo`natishni talab etadi, toki ma`lumot butun yetib kelmagungacha. Shuning uchun TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.

Aslida, TCP/IP – bu protokollar oilasi hisoblanadi. Unnig ichida bir necha boshqa protokollar ham mavjud:

* UDP (User Datagram Protokol) – TCP protokoliga o`xshash, lekin ishonchsiz (paket yetib borganini e`tiborga olmasdan ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda ishlaydigan jarayonlarda, masalan, videokonferensialarda va tarmoqning maxsus xizmatlari uchun qo’llaniladi.
* FTP (File Transfer Protokol) – bu fayllarni tarmoqda uzatish protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini yaratadi va o`zining ishida TCP protokoliga tayanadi.
* SMTP (Simple Mail Transfer Protokol) – elektron pochtaning uzatish sodda protokoli. Tarmoqning ikkita ihtiyoriy nuqtasi orasida pochta jo`natuvini ta`minlaydi.
* Telnet – masofadagi kompyuterlarda har xil amallarning bajarilishini ta`minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri terminal (ma`lumot jo`natuvchi) rolini o`ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular masofadagi kompyuterda bajariladi va sizning ekraningizda ularning natijasi namoyon bo`ladi.
* HTTP (Hyper Text Transfer Protokol) – gipermatnni uzatish protokoli. WWW – texnologiyasi asosida ishlaydi.

Bundan tashqari, ko`plab, boshqa protokollar ham mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo`lsa maxsus adabiyotlardan ular haqida ma`lumot olish mumkin.

Internet xizmatlari

Internet fazosida juda ko`p serverlar mavjud va ular o`zaro aloqa yo`llari bilan bog`langan. Serverlarni shaharlarga o`xshatsak, aloqa tarmoqlari esa shaharlararo yo`llarga o`xshaydi. Shaharlararo yo`llar orqali har xil katta va kichik yuklarni jo’natish, tashish, qabul qilish mumkin. Yuk tashishda turli mashinalar xizmatlari mavjud, masalan: taksi, avtobus, yuk mashinasi va hokazo. Shunga o`xshab internetda ham har xil xizmatlar mavjud.

E-mail.
Elektron pochta (elektronic mail) Internetda eng ko`p tarqalgan xizmatlardan biri. Bu oddiy pochtaga o`xshaydi, faqat jo`natiladigan xabarlar elektron ko`rinishda bo`ladi va quyidagi afzalliklarga ega:
* elektron xat masofadan qat`iy nazar bir necha soniyada manzilga yetib boradi.
* Internetda elektron xizmat bepul, foydalanuvchi faqat internetda vaqt o`tkazgani yoki trafik (ma’lumot tortgan hajmi) uchun to`laydi.
* elektron xabarlarga boshqa turli fayllarni qo`shish mumkin. Masalan: rasmlar, musiqa,video va hokazolar.
* elektron manzillar oddiy pochta manzillariga qaraganda qisqa va aniq.
* kelgan va jo`natilgan xatlarni saqlash, saralash va boshqa xizmatlari mavjud.
Foydalanuvchiga ma’lumot to’g’ridan-to’g’ri emas, balki oraliq elektron quti yordamida yetkaziladi. Elektron quti serverda joy hosil qilib, foydalanuvchi pochtasini saqlaydi. Pochtani olish uchun egasi nomi (login) va maxfiy so’zi (password) yordamida serverga ulanib, elektron qutidan maktublarini oladi. Serverga kirish maxsus kliyent dasturlari (Outlook, The Bat va boshqalari) yoki veb brauzerlari orqali amalga oshiriladi.

Elektron qutini veb brauzerlari orqali bepul ochish va foydalanish quyidagi manzillar bo’yicha mumkin:
1) http://gmail.com
2) http://mail.ru
3) http://doda.uz




Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:52 | Сообщение # 2
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas


Gmail.com

FTP
Yuqorida ko`rilgan protokol kabi FTP nomli xizmat, tarmoqda bitta kompyuterdan ikkinchisiga fayllarni uzatish uchun qo`llaniladi. Uzatiladigan fayllar formati ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Tarmoqdan kerakli fayllarni olish uchun masofadagi FTP serverga ulanish zarur. Serverga kirish ikki xil bo`ladi: nom va maxfiy so`z yordamida yoki nomsiz (anonymous). Agar sizga foydalanuvchining nomi va maxfiy so`zi ma`lum bo`lmasa, unda nomsiz ulananish mumkin, lekin bu holda, server xizmatlaridan to’la foydalana olmasligingiz ehtimoli mavjud.
FTP xizmati bilan foydalanishni xodimlarsiz kutubxonaga o`xshatish mumkin, chunki serverdagi fayllarni ko’rish huddi kutubxonaning tokchadalardagi kitoblardan keraklisini qidirishga o’xshaydi: kerakligisini topish uchun navbatma-navbat, bittadan ko’rib chiqish kerak.







FTP jarayoni.
Usenet yoki konferensiyalar






Usenet – muloqot va fayllarni tarmoqda nashr qilish kompyuterlar tarmog’i. Bu tarmoq 1980 yilda, hali Internet ommaviy bo’lishdan oldin paydo bo’lgan va hozirgi kunda Umumjahon tarmoqning bir qismiga aylanib qolgan. Usenet yangilik guruhlaridan tashkil topib, foydalanuvchilar ularga xabarlar (ingl.: posts) yozishi mumkin. Xabarlar ko’plab serverlarda saqlanadi va ular yangiliklarni bir-biriga uzatib, almashtirib turishadi. Internetda ommaviylashgan nik, smayl, moderator, trolling, fleym, ban, FAQ va spam kabi tushinchalari ayni konferensiyalarda paydo bo’lgan.

Hozirgi kunda o’n minglab konferensiyalar mavjud va ularda turli sohalar bo’yicha fikr almashuv guruhlari tashkil qilingan. Bu majlislar hayotda umuman uchrashmaydigan, butun dunyo bo’yicha foydalanuvchilarni bog’lab, turli mavzular bo’yicha fikr va ma’lumot almashtirishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi majlisda qatnashishi, savol berishi, javob yozishi mumkin. Savollar turlicha bo`lishi mumkin, asosiysi majlis mavzusiga to`g`ri kelishi kerak. Bundan tashqari, hayotiy majlisga o`xshab jamoat joylardagi tartib-intizomni saqlash lozim: birovlarni so`kmasdan, haqorat qilmasdan, chiroyli so`zlashish kerak.




Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:52 | Сообщение # 3
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas


Konferensiyalar jarayoni elektron pochtaga o`xshaydi, faqat pochtada muloqot „birga-bir“ mo’ljallangan bo’lsa, konferensiyalar ma’lumotni tarqatishda „birga-ko’p“ g’oyasida ishlaydi. Odatda, majlisda fikr almashuvi uzoq vaqt mobaynida davom etadi, masalan, bir kuni savol yozib, javobini boshqa kuni olish mumkin.
Internet hayotida konferensiyalar juda katta ahamiyatga ega. Tarmoqning yangi g’oyalari ayni konferensiyalarda tug’ilib, tahlil qilinib hayotga tadbiq qilinishi boshlanadi.

Konferensiyalar xizmati pulli va bepul bo’ladi. Bepul xizmatidan foydalanish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Google Groups (http://groups.google.com). Kimda kim o’zbek ochiq dasturiy ta’minot bilan qiziqsa http://groups.google.com/group/floss-uz-l10n manzilini tavsiya etishimiz mumkin.

IRC




Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:53 | Сообщение # 4
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
IRC

Kompyuterlar yordamida so’zlashish.

IRC (ingl.: Internet Relay Chat – eshittiradigan internet suhbat) – Internetning boshqa odamlari bilan real vaqtni o’zida suhbat qilish xizmati.
Chat foydalanuvchilari faqat Internetga ulangan holda so`zlashishadi va konferensiyalardan farqli savolga javob joyida, o’sha vaqtni o’zidayoq olinadi. Birinchi chatni 1988 yili finlandiyalik student Yarkko Oikarinen (Jarkko Oikarinen) yaratgan.





Yarkko Oikarinen


IRC serverlardan tashkil topib, ular o’zaro bog’langan bo’lishi mumkin. Ulangan serverlar majmui IRC tarmog’ini hosil qilib, hozirda, dunyoda o’nlab tarmoqlar mavjud. Eng mashhurlari IRCNet va EfNet. Bu tarmoqlarda ishlash uchun maxsus klient dasturi kerak, masalan, Windows operatsion tizimi uchun mIRC dasturi. Albatta, Umumjahon tarmoqning chatida asosiy suhbat tili – ingliz.
Chat serverlarida suhbatlashish kanallari mavjud. Kanallarni alohida xonalarga o’xshatish mumkin. Kimdur gapirsa, uni xonadagilar barchasi eshitadi. Kanallar nomlangan bo’ladi va nomi, odatda, suhbat mavzusini bildiradi (masalan: #linux, #quake).

Uzbekiston chatlarida suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, maxsus dasturlarsiz, web-brauzer yordamida www.chat.uz -ga kirishni tavsiya qilish mumkin. Farg’ona Internet foydalanuvchilari bilan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz: http://chat.simus.uz -ga yoki http://fargonadan.biz/forum -ga kiring.



Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:53 | Сообщение # 5
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas


Chat.uz

WWW
WWW (World Wide Web) – butun jahon tarmog’i. Ayni mana shu xizmat Internet bilan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to`rtta poydevor mavjud:
1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli).
2. Gipermatn.
3. Hujjatlarni ko`rish uchun maxsus dasturlar.
4. Yagona manzilni ko`rsatish tizimi.
Hujjatlarning yagona formati (shakli).
Internetda barcha hujjatlar HTML (Hyper Text Markup Language – Gipermatnni belgilash tili) formatida tuziladi. HTML yordamida yozilgan hujjatlarni web-hujjat yoki web-sahifa deb atashadi. Birorta foydalanuvchi yoki tashkilotga qarashli bo`lgan, bir-biriga bog`langan web-sahifalar to`plami SAYT deb aytiladi.
Aslida web-sahifa oddiy matndan iborat va uning fayl kengaytmasi “*.htm” yoki “*.html” bo`ladi. Matnning o`lchamini, rangini, shaklini o`zgartirish uchun HTML teg (belgi)lari qo’llaniladi. HTML teglari yordamida sahifaga rasm, video o`rnatish, orqa fon (ko`rinish), musiqaviy ijro va yana ko`p narsalar qo`shish mumkin. Natijada, oddiy matn chiroyli va qulay ravishda taqdim etiladi.

Gipermatn.
WWW xizmatining eng inqilobiy qismi gipermatn orqali umuman klaviaturaga tegmasdan, faqat sichqonchaning chap tugmasini chertish yordamida Internetda sayohat qilish mumkin. Gipermatnning asosiy elementi giperko`rsatkich – tarmoqdagi boshqa hujjatga ko`rsatkich bo’lib, ular ikki xil: matn va grafik. Ko’rsatkichni aniqlash uchun web-sahifa ko’rilyatganda sichqoncha belgisi “qo`l” ko`rinishiga o`zgarsa, demak sichqonchaning tagidagi element giperko`rsatkichdir. Matn ko`rsatkichlar, odatda, oddiy matnlardan ajralib turishi uchun, tagida chiziqchali va boshqa rangda bo`yaladi.




Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:53 | Сообщение # 6
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
Matnli giperko’rsatkich





Grafik ko’rsatkich.

Giperko`rsatkichga chertsangiz, huddi sehrli ravishda boshqa sahifaga o`tasiz. Hech qanday sahifaning manzilini, hech qayerga kiritish shart emas, chunki giperko`rsatkich barcha kerakli ma`lumotga ega.
Brauzer web-sahifalarni ko`rish dasturi.
Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo`yicha ma`lumotni ekranga chiqaradi. Teglar, o`zlari, ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.






Internet Explorer, Opera, FireFox belgilari


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:54 | Сообщение # 7
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas

URL manzili.
Brauserlar yordamida dunyoning barcha web-hujjatlarini ko`rish uchun Internetdagi har bir hujjat takrorlanmas manzilga ega bo`lishi kerak. Mana shunday xususiyatga ega bo`lgan manzil URL (Uniform Resource Locator) – resursga universal ko`rsatkichdir.




URL -ni umumiy ko`rinishi quyidagicha:

Protokol://Domen manzili:Port/Yo`l.

* Protokol – kerakli Internet bayonnomasi. Eng ko`p qo`llaniladigan texnologiya – http, gipermatnli ma`lumotni uzatish bayonnomasi. Yana, tarmoqda ko’p ishlatiladigan protokollaridan biri – ftp, fayllarni uzatish bayonnomasi.
* Domen manzili (domain address) – internetdagi kompyuterning manzili. Uni yana domen nomi (domain name) yoki internet tarmog`ining tugun nomi (host name) deb atashadi.
* Port – odatda, aniq berilmaydi va ko`rsatilmagan holda :80 deb qabul qilinadi. Kompyuterda ma`lumotni uzatish va qabul qilish uchun maxsus mantiqiy bandargohlar mavjud. Bu bandargohlar takrorlanmas raqamalarga ega bo`ladi. Masalan, http-protokoli bo`yicha barcha dasturlar ma`lumotni qabul qilish uchun 80-raqamli portga murojaat qilishadi, fayllarni ftp-protokoli bo’yicha uzatishda 20,21 raqamli portlari qo’llaniladi.
* Yo`l – serverdagi faylgacha manzil yo’li.




Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 17:54 | Сообщение # 8
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
Domen manzili.

Kompyuter domen manzilining namunaviy ko`rinishi quyidagicha:
www.asror.saflor.uz

Namunadan ko`rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O`ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada saflor) – ikkinchi sathi va hokazo.
Internetda manzillar ko`p qavatli domen tizimiga qurilgan. Birinchi sath, umumjahon mavzular yoki geografik joylar boyicha nomlanadi.

Masalan: mavzular bo`yicha bo`lingan domenlar quyidagicha:
* com (commercial) – tijorat tashkilotlar;
* org (organization) – notijorat tashkilotlar;
* edu (educational) – ta`lim tashkilotlari;
* mil (military) – harbiy tashkilotlar;
* gov (goverment) – davlat boshqaruv tashkilotlari;
* net (network) – tarmoqlar.

Geografik domenlar odatda ikki harfdan iborat:
* ru – Rossiya;
* ua – Ukraina;
* uz – O’zbekiston;
* ca – Kanada;
* us – AQSH.
va hokazo.

Tarmoqdagi IP-manzillar.

Domenli manzillar foydalanuvchilarga qulay bo`lishi uchun ixtiro qilingan. Aslida, kompyuterlar o`zaro IP-manzillar bilan ishlashadi. IP-manzil – aynan o`sha domen manzilini o`zi, faqat raqamlar yordamida aks ettirilgan ko’rinishi. IP-manzil namunasi: 213.180.199.11 ga o`xshash bo`ladi. Demak bunday manzil to`rtta raqamdan iborat bo`lib, ular 1 dan 254 gacha bo`lishi mumkin (0 va 255 tarmoq xizmatlari uchun saqlab qo`yilgan). Butun jahon tarmog`ida IP-manzili bo`yicha domen manzilini aniqlash uchun domen nomlarining xizmati – Domain Name Service (DNS) mavjud. DNS serverlari kerakli manzillarni topish uchun maxsus moslashtiruvchi jadvallar yuritishadi. Bu jadvallarda IP-manzilga mos domen manzil saqlanadi.

IP-manzilni domen manzilga o`xshab brauzer oynasiga kiritsa, brauzer kerakli sahifani topib, yuklaydi. Ixtiyoriy kompyuterning IP-manzilini topish uchun Windowsning buyruqlar satrini(“Пуск-Выполнить”) ishga tushurib, masalan, quyidagicha topshiriqni kiritsa:

ping www.yandex.ru

ekranga chiqqan natijada IP-manzilini ko`rish mumkin:

Обмен пакетами с www.yandex.ru [213.180.216.200]…

213.180.216.200 raqamlar yandex.ru serverini IP-manzili bo’ladi.

IP-manzillar ikki xil bo`lishi mumkin: dinamik (o`zgaruvchan) va statik (o`zgarmas). Oddiy foydalanuvchilarga o`zgaruvchan IP-manzillar beriladi. Ular Internetga ulanishganda provayder o`zining sotib olgan IP-manzillarini tejab ishlatish maqsadida foydalanuvchiga bo`sh IP-manzilini taqdim etadi. Boshqa safar foydalanuvchi Internetga ulanganda, provayderning IP-manzillar to’plamidan yana bo’sh IP-manzili taqdim etiladi va bu avvalgi olgan IP-manzilidan ko’ra boshqacha bo’lishi muqarrar. Statik IP-manzilni ishlatish uchun uni sotib olish kerak. Bu holda kompyuter tarmoqqa ulanganda doimiy, o`zgarmas manzilga ega bo`ladi. Bunday IP-manzillar web sayt yoki web server yaratuvchilar uchun kerak bo`ladi.
KAMALOV SULTONHUJA 2008 yil. ANDIJON sh. www.Kamolov.Ucoz.Ru




Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Internet, Games, Sport, Tibbiyot, Pazandlik, Habarlar, Fan va Ta'lim » Internet Dasturlar, o'quv kurslar va Fayllar / Games » INTERNETning Asosiy tushunchalari
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:19:38

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:54.225.56.41
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3