Дата: Chorshanba, 28.09.2011, 19:03 | Сообщение # 2
Nice_life+Farangiz
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 582
Статус: Saytda emas
Farog’at yo’lida dard chekib biroz, Sarsari gullardan aylab poyondoz. Yetti qat osmonning shiftidan oily, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Bilmama qachon rohat olgan so’ng mahal: Bobom joynamozi eskiribdi sal. Boshqa topolmadim o’rniga badal, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Ko’ngil mehvariga iymon bol quyar, Bul go’zal holatni Ar- Rohman suyar. Yerdan bunyod bo’lgan yerga bosh qo’yar, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Bul amal o’zida barchasin yiqmish, Anga go’zal damlar barobar sig’mish. Hattoki Jibriyl ham o’rtadan chiqmish, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Hamma amallarga bir-bir nazar sol, Barida dunyoviy ulush bor misqol. Biroq sabab yolg’iz – ilohiy visol, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Ashob jam bo’lsa gar; gunohi kabir, Ko’p tarki ishlarni qilishgan ta’bir. Faqat bir amalni deyishgan kufr, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Ro’za ham, zakit ham, haj ham aslida, Farz bo’lmish payg’ambar yerlik holida. Butun insoniyat istiqbolida, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Ko’chada mung’ayib yig’lasa sag’ir, Ko’zingdan yosh sizib oqqusi taxir. Nega e’tiborsiz yuribsan, axir Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Chin mo’min namozga kulib chiqadi, Dunyoni xurjunga solib chiqadi. Alloh huzuriga olib chiqadi, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Dunyodan tinch-totuv o’tganing bo’lsin, Har kunda besh mahal kutganing bo’lsin. Har mahal yodingda tutganing bo’lsin, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Chetlab o’tayotgan bo’lsa-da balo, .Birodar,o’zingcha qilma tavallo. Hazillashib bo’lmas u bilan also, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Ko’nglingdan kibrni irg’it har nafas, Rujuyu, sajdaga aylagin havas. Qandaydir boshliqning oldida emas, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz. Unga vaqting sarfla misoli g’aniy, Sajdaga aylangan ko’ngil malhamiy. Yo jannatiy qilar, yo jahannamiy, Alloh huzurida farz bo’lgan namoz.
Дата: Chorshanba, 21.12.2011, 15:57 | Сообщение # 10
-Sayt_Malikasi-
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 7499
Статус: Saytda emas
Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir. Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi. Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir. Qur’oni karimda namoz o‘qish amr etilgan ko‘plab oyatlar bor (mazmunlari): Ayriliq sevgi uchun - xuddi shamol olov uchun: kuchsizi uni o'chiradi, kuchlisi esa alangatadi.
Дата: Chorshanba, 21.12.2011, 16:01 | Сообщение # 11
-Sayt_Malikasi-
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 7499
Статус: Saytda emas
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).
«Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz!» (Baqara, 110).
«Alloh imonlaringizni (Baytul- Maqdisga qarab o‘qigan namozlaringiz ajrini) zoe ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir» (Baqara, 143).
«(Ey Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna- og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!» (Ibrohim, 31).
"Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o‘qish (farishtalar) hozir bo‘ladigan (namoz)dir. Tunda (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o‘qing! Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan maqomda) tiriltirsa» (Al-Isro, 7879).
«Ahlingizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo‘ling!» (Toha, 132). Ayriliq sevgi uchun - xuddi shamol olov uchun: kuchsizi uni o'chiradi, kuchlisi esa alangatadi.
Дата: Chorshanba, 21.12.2011, 16:06 | Сообщение # 12
-Sayt_Malikasi-
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 7499
Статус: Saytda emas
«Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarga (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardirlar. Ular (barcha) namozlarni (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir» (Mo‘minlar, 12, 9).
«Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!» (Ankabut, 45).
«Bas (ey, Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishidan va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o‘qing)! Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!» (Qof, 3940).
«(Ey Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko‘z o‘ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongdan uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting! Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o‘girgach (botgach saharda) ham Unga tasbeh ayting» (Tur, 48-49).
«Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachonki unga yomonlik (kambag‘allik yoki musibat) yetsa, u o‘ta besabrlik qiluvchidir. Qachonki unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o‘ta man etuvchi (baxil)dir. Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar» (Maorij, 1923). Ayriliq sevgi uchun - xuddi shamol olov uchun: kuchsizi uni o'chiradi, kuchlisi esa alangatadi.
Дата: Chorshanba, 21.12.2011, 16:09 | Сообщение # 14
-Sayt_Malikasi-
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 7499
Статус: Saytda emas
** Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi». Ayriliq sevgi uchun - xuddi shamol olov uchun: kuchsizi uni o'chiradi, kuchlisi esa alangatadi.
Дата: Chorshanba, 21.12.2011, 16:10 | Сообщение # 15
-Sayt_Malikasi-
Группа: Sayt Do'sti (Sd)
Сообщений: 7499
Статус: Saytda emas
* «Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir». Ayriliq sevgi uchun - xuddi shamol olov uchun: kuchsizi uni o'chiradi, kuchlisi esa alangatadi.