Assalomu alaykum forumdoshlar!
Bugun yana bir yangi mavzuni e'tiboringizga havola qilmoqchiman.
Farzand har qancha ota-onasini hizmatini qilsa ham baribir ularni oldidagi burchlarini ado eta olmaydi. Har bir farzand ota-onasi oldidagi burchini bilishi zarur. Bu mavzuda farzandlarning ota-ona oldilaridagi burchlari haqida suhbatlashamiz. (Iltimos mavzudan tashqari gap flood bo'lmasin!) Hurmat ila Muhammad s.a.v ummati!Добавлено (07.02.2012, 19:32)
---------------------------------------------
Ota-onangiz rozimi?
**Imom Nasafiydan rivoyat qilinishicha, farzand ota-onasi oldida oltmish sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni ba’zisini muxtasar holda alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
I. Tan bilan hizmatda bo’lish.
1. Tanu vujudingiz bilan ota-onahizmatida hoziru nozir turing.
2. Gunoh bo’lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so’zsiz bajo keltiring.
3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo’lsangiz ham, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo’lmasa), qayting.
5. Ularni ko’rganda o’rningizdanturing va o’ltirganlaridan keyingina o’ltiring.
6. Otz-ona bilan ko’chada ketayotganda oldinga o’tib ketmay, bir qadam orqada yuring (faqat loy, muzgarchilikda yoki qo’riqlash ma’nosida oldinda yoki yonida yurishga ijozat beriladi).
7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazah qilmang.
8. Ular huzurida qovoq solmang,ho’mrayib qaramang.
9. Chaqirishsa “labbay” deb huzurlariga tez yetib boring.
10. Ular hizmatida ish buyurishsa, erinchoqlik bilan malol ko’rmang.
II. Til bilan hizmatda bo’lish.
1. Ota-onangiz bilan so’zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.
2. So’zlashgan paytda ovozni baland ko’tarmang.
3. Ota-ona huzurida zaruriyatdan ortiqcha gaplarni gapirmang.
4. Gaplashayotganda so’zlarni bo’lib tashlab yoki so’z qistirib ketmang.
5. Ularni so’zlarini also rad qilmang.
6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.
7. Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.
8. Tanbeh bilan gapirmang.
9. Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa. “uf” demang.
Мuslimа :
III. Dil bilan hizmatda bo’lish.
1. Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko’rsating.
2. Ota-onani chin dildan do’st tuting.
3. Ularni shodlik paytlarida hursand bo’ling.
4. Ota-onani g’amgin holatida hamdard bo’ling.
5. Ular tomonidan biror kamchilik o’tsa, ranjimang.
6. Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan gapingiz haq bo’lsa ham, ularga ozor yetkazishdan tiyiling.
7. Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.
8. Ulardan jafo ko’rsangiz ham, umrlari uzun bo’lishini tilang.
IV. Mol bilan xizmatda bo’lish.
1. O’zingiz libos kiysangiz, ota-onangizga ham olib bering.
2. O’zingiz yegan narsalardan ularni ham bahramand eting.
3. Ular bilan ovqatlanganda lazzatli joyini taklif eting.
4. Ular o’zlariga to’q bo’lsa ham, sizga izhor qilolmaydigan hojatlariuchun molingizdan berib turing.
5. Biror orzu-niyatlari bo’lsa, uni barpo qilishga tirishing.
6. Ota-onaning dillari hohlagan narsaga ularni tez-tez taklif qilib turing.
7. Ularning do’stlarini do’st deb yo’qlang va bu bilan yuzlarini yorug’ qiling.
8. Ular bemorligida sog’lig’I uchun sadaqa qiling va Allohdan shifo tilang.
9. Alloh sizga ato etgan mol-dunyo ixtiyorini ularga ham berib qo’ying.
10. Ota-onaning dunyoviy ehtiyojlarini muhayo etishga tirishing.