MaRJoNa | Дата: Yakshanba, 10.02.2013, 23:06 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| MASAD SURASI Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir. Bu surada garchi o‘zi payg‘ambar alayhis-salomga amaki bo‘lsa ham, payg‘ambarimizga haddan tashqari aziyyatlar yetkazgan «Abu Lahab - do‘zax o‘tining otasi» degan laqabga ega bo‘lgan bir ashaddiy kofir va kufrda undan qolishmaydigan uning xotini haqida so‘z yuritiladi. Sura «Masad — Pishiq tola» deb atalgandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Abu Lahabning qo‘llari qurigay — halok bo‘lgay! (Aniqki) u quridi – halok bo‘ldi!
2. Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo‘q!
3-4-5. Yaqinda u va uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo‘lgan xotini (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!
I z o h. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil doimo kishilarni payg‘ambar alayhis-salomga qarshi gij-gijlab, ularning o‘rtasida adovat o‘tini yoqib yurgani sababli, Qur’on uni «o‘tin orqalagan» deb sifatladi va do‘zaxga ham eri bilan birga xuddi o‘sha holida kirishi haqida xabar berdi.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |