MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:12 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| QADR SURASI Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdan iboratdir. Unda so‘z insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan bir kecha haqida — insonlarga bu hayotidunyodan chin insoniy hayot kechirib o‘tish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradigan so‘nggi mukammal ilohiy dasturul-amal bo‘lmish Qur’oni Karim nozil bo‘la boshlagan nihoyat qadrli bir Kecha va uning fazilatlari haqida boradi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik.2. (Ey Muhammad), Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz?3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.I z o h . Demak u kechada qilingan toat-ibodat ham ming oylik ibodatdan yaxshiroq bo‘ladi. Biz bu kechaning barakoti haqida «Duxon» surasining 2-5 oyatlari tarjimasi va izohida aytib o‘tgan edik. Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha, Qadr kechasi ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir.4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhis-salom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar.5. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |