Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Manzura
9. Dineyra
10. Ruxshona
javascript:; javascript:;
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
96. "Alaq"
MaRJoNaДата: Shanba, 16.02.2013, 18:13 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
ALAQ SURASI 
Makkada nozil bo‘lgan bu sura o‘n to‘qqiz oyatdan iboratdir. Suraning o‘qib-o‘rganishga va Yaratganning qanday zot ekanini, insonning nimadan yaratilganini anglashga da’vat etuvchi avvalgi besh oyati zaminni osmon bilan bog‘lab turguvchi Kalomullohning, barcha insonlar uchun ilohiy dasturul-amal bo‘lmish Qur’oni Karimning ilk oyatlaridir, Alloh taoloning so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhissalomga qilgan ilk ilohiy xitobidir. Suraning keyin nozil bo‘lgan oyatlarida inson tabiatidagi bir qusur — o‘zini boy-behojat ko‘rishi bilan tug‘yonga tushishi to‘g‘risida so‘z yuritilib, ana shunday hadlaridan oshgan kimsalar hali Parvardigor dargohiga qaytib, hisob-kitob berishi borligi haqida ogohlantiriladilar. So‘ngra o‘shalardan biri, o‘zining mol-dunyosi va hamtovoqlarining ko‘pligiga ishonib haddidan oshgan va Payg‘ambarimizga tinimsiz ozor-aziyatlar yetkazgan Abu Jahl (Jaholat otasi) laqabli bir mal’un kofirning kirdikorlari keltirilib, agar u o‘zining kufru tug‘yonidan qaytmasa, oxir-oqibat duchor bo‘ladigan halokati haqida xabar beriladi. Bu surada inson quyuq – laxta qondan yaratilgani to‘g‘risida ilk bora aytilgani sababli, uni «Alaq — Laxta qon» deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. (Ey Muhammad, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo‘lmish Parpardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing!2. U insonni laxta qondan yaratgan (zotdir).3-4. O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni yozishni — xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli zotdir.5. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi.I z o h . Ushbu oyatlar insoniyat hayotiga yangi ilohiy ta’limot va to qiyomat buzilmay saqlanib qoladigan, Alloh taolo yuborgan dinlarning eng so‘nggisi bo‘lgan mukammal bir din — Islom kirib kelgani haqidagi ilk xabarlar edi. Ushbu ilk oyatlardanoq Islom dini insonlarni jaholat-xurofotga emas, balki ilm-ma’rifatga chorlashi va faqat o‘qisho‘ rganish bilan Yaratgan rozi bo‘ladigan Hidoyat yo‘lini topishga da’vat etishi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ham Payg‘ambar alayhis-salom «Ilm istash har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb marhamat qilganlar. Endi quyidagi oyatlarda dinsiz kimsalarni mol-dunyo va mansab-martabalar qanday ko‘ylarga solishi haqida xabarlar beriladi.6-7. Darhaqiqat (kofir) inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar - haddidan oshar.8. (Ey inson), albatta yolg‘iz Parvardigoringga qaytishing bordir! (O’shanda bu tug‘yonlaring uchun hisob-kitob qilinib, jazolanishing aniqdir)!9-10. (Ey inson), bir bandani (ya’ni Muhammad alayhis-salomni) namoz o‘qigan vaqtida (namozidan) to‘sadigan kimsani ko‘rdingmi?!11-12. Xabar bergin-chi, agar u (namoz o‘qiguvchi) o‘zi To‘g‘ri yo‘lda bo‘lsa, yoki (o‘zgalarni) taqvoga (Allohdan qo‘rqishga) buyursa (uni namozdan va taqvodan to‘sgan kimsa halok bo‘lmasmi)?13-14. Xabar bergin-chi, agar u (namozdan to‘sguvchi kimsa Allohning kitobini) yolg‘on, desa va (u Kitobga iymon keltirishdan) yuz o‘girsa, albatta Alloh (uning barcha qilmishlarini) ko‘rib turishini bilmasmi?!I z o h . Bu oyatlar Quraysh zodagonlaridan bo‘lgan Abu Jahl laqabli ashaddiy kofir bir kimsa haqida nozil bo‘lgandir. U Payg‘ambarimizni Masjid-al-Xaromda namoz o‘qishlaridan to‘sib: «Agar Muhammad yana shu yerga kelib namoz o‘qiydigan bo‘lsa, uning bo‘ynini ezib, yuzini tuproqqa belayman», deb o‘zining butlari nomiga qasam ichadi. Yuqoridagi oyatlarda bu kofirning barcha qilmishlarini Alloh taolo ko‘rib turgani aytilgach, endi quyida agar u bunday bema’niliklarini to‘xtatmasa, qanday azobga giriftor bo‘lishi haqida xabar beriladi:15-16. Yo‘q! Qasamki, agar u (bunday gumrohlikdan) to‘xtamasa, albatta Biz uning peshona sochidan — o‘sha yolg‘onchi, adashgan peshona sochidan tutarmiz-da, (jahannamga oturmiz)!17. Bas, u o‘zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!19. Yo‘q! (Ey Muhammad), siz unga itoat etmang va (yolg‘iz) Allohga sajdaibodat qilib, (U zotga) yaqin bo‘ling!I z o h . Ushbu oyati karima Qur’ondagi so‘nggi sajda oyati bo‘lib, bu oyatni o‘qigan yoki eshitgan kishi bir marta Alloh taologa sajda qilishi vojib bo‘ladi. Bu oyatdagi xitob garchi payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salomga qaratilgan bo‘lsa-da, uning hukmi barcha musulmonlar uchun umumiy bo‘lgan hukmdir. Binobarin, Yaratganga ibodat qilishdan to‘sadigan biron kimsaga itoat etmasdan, yolg‘iz Alloh taologagina sajda qilish har bir musulmon uchun farzdir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:05:31

Login: Mehmon
ID: 0
Твой IP:3.149.27.153
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3