MaRJoNa | Дата: Shanba, 16.02.2013, 18:16 | Сообщение # 1 |
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
| ZUHO SURASI Makkada nozil qilingan bu sura o‘n bir oyatdan iboratdir. U Payg‘ambar alayhis-salom shaxsiyatlariga xos bir sura bo‘lib, unda Alloh taolo O’zining so‘nggi payg‘ambariga nasbatan bo‘lgan mehr-muhabbati va rahm-shafqati haqida xabar beradi. So‘ngra u kishiga ilohiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi. Sura o‘zining ilk oyati bilan «Vaz-Zuho — Choshgoh vaqtiga qasam», deb nomlangan.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Choshgoh vaqtiga qasam.2. (O’z zulmati bilan chor-atrofni) qoplab-o‘rab olgan kechaga qasamki,3. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz sizni tark etgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘qdir.I z o h. Ushbu oyatlar Payg‘ambarimizga vahiy kelishi bir necha muddat to‘xtab qolgan va ayrim mushriklar «Mana Muhammadni Parvardigori tashlab ketdi», deb gap tarqatgan vaqtlarida nozil bo‘lgandir. Alloh taolo O’zi yaratgan choshgoh (yorug‘lik) va kecha (qorong‘ulik) haqiga qasam bilan Muhammad alayhis-salomni tark etmagani va yomon ko‘rib qolmagani haqida xabar berish orqali go‘yo oyning (vahiy kelmay qolgan) o‘n beshi qorong‘u bo‘lgan bo‘lsa, qolgan o‘n beshi yorug‘ bo‘lishiga ishora qilayotgandek.4. Albatta oxirat siz uchun dunyodan yaxshiroqdir.5. Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozi bo‘lursiz.6. (Ey Muhammad, Parvardigoringiz) sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi?I z o h. Bu o‘rinda Payg‘ambar alayhis-salom yosh go‘daklik chog‘larida yetim bo‘lib qolganlarida avval bobolari Abdulmuttalib, so‘ngra amakilari Abu Tolib qaramog‘larida tarbiya topganlariga ishora qilinmoqda.7. U zot sizni gumroh-g‘ofil holda topib, (Haq yo‘liga) hidoyat qilib qo‘ydi-ku!8. U zot sizni kambag‘al holda topib, boy qilib qo‘ydi-ku!9. Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang!10. So‘rovchi gadoni esa (biron narsa bermasdan) haydamang!11. Parvardigoringozning (sizga ato etgan payg‘ambarlik va boshqa barcha) ne’mati haqida bo‘lsa, (kishilarga doimo) so‘zlang!I z o h . Ushbu ilohiy yo‘l-yo‘riqlar faqat Payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlariga taalluqli bo‘lmay, balki u zotning barcha ummatlariga ham aloqadordir. Zero har bir iymone’tiqodli kishining burchi o‘zi fazlu marhamatiga muhtoj bo‘lgan eng oliy zot Alloh taoloning unga ato etgan behisob noz-ne’matlarini eslab, o‘ziga muhtoj bo‘lgan yetimbechoralarga zulm qilmay, aksincha ularga qo‘lidan kelganicha yordam berib yurmoqdir.
Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
|
|
| |